Daryo — LIVE
63.2K subscribers
54.9K photos
13.3K videos
71 files
49.3K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda skuter haydovchisi Damas urib yuborishidan halok bo‘ldi

YTH 2-iyun kuni kechasi Sergeli tumani Mirzo Tursunzoda-Mehrigiyo ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

@daryo_live
Juda ko‘p miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi AQSHda qo‘lga olinib, deportatsiya qilindi

@daryo_live
Trampning Oq uydagi portreti almashdi

Eski suratda u Amerika bayrog‘i fonida tabassum bilan ko‘rinish bergandi. Yangri portretda esa AQSH prezidenti jiddiy qiyofada gavdalangan.

@daryo_live
🇰🇷 Janubiy Koreyada 3-iyun kuni prezidentlik saylovlari boshlandi

Mamlakat aholisi taxminan 52 mln kishini tashkil etadi. Saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 44,4 mln kishi ovoz berish huquqiga ega.

Saylov byulletenida beshta nomzod borligiga qaramay, asosiy raqobat uchta nomzod o‘rtasida bo‘lishi kutilmoqda.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tojikiston prezidenti Milliy choyxona qurilishini ko‘zdan kechirdi

Emomali Rahmonning matbuot xizmatiga ko‘ra, Dushanbe shahridagi uch qavatli bino naqshinkor keng zallar, zamonaviy ochiq ayvondan iborat bo‘ladi.

@daryo_live
O‘zbekiston davlat sport akademiyasiga rektor tayinlandi

Ushbu lavozimni pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor Ilhomjon Tursunaliyev egalladi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi

Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov parlament Quyi palatasida so‘zga chiqib, prezidentning tegishli farmoni yaqin soatlarda rasman e’lon qilinishini ma’lum qildi.

@daryo_live
O‘zbekistonda 2030-yilgacha 1,5 mln gektarda o‘rmonlar barpo etiladi

3,8 ming gektar o‘rmon fondi yerlarida dorivor va oziq-ovqatbop hamda ziravor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etiladi.

@daryo_live
Rossiya Ukrainaning Sumi shahri markaziga zarba berdi

Hozircha bir kishi halok bo‘lgani va ko‘plab yaradorlar borligi ma’lum. Ikkita fuqarolik avtomobili yonib ketgan.

@daryo_live
Daryo — LIVE
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov parlament Quyi palatasida so‘zga chiqib, prezidentning tegishli farmoni yaqin soatlarda rasman e’lon qilinishini ma’lum qildi. @daryo_live
❗️O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar 1-iyuldan, ish haqi va stipendiyalar 1-avgustdan oshiriladi — Prezident farmoni

🔹yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 so‘m;
🔹nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 so‘m bo‘ladi.

2025-yil 1-avgustdan:

🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so‘m;
🔹bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m etib belgilanadi.

@daryo_live
Daryo — LIVE
❗️O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar 1-iyuldan, ish haqi va stipendiyalar 1-avgustdan oshiriladi — Prezident farmoni 🔹yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 so‘m; 🔹nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 so‘m bo‘ladi. 2025…
Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

▪️ 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun — 360 000 so‘m,
▪️ 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun — 275 000 so‘m,
▪️ oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha — 165 000 so‘m;
▪️ oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha — 110 000 so‘m.

Kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori 420 000 so‘m etib belgilandi.

@daryo_live