Daryo — LIVE
63.5K subscribers
54.7K photos
13.2K videos
71 files
49.1K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
Buzish ishlari oxirlab qolgan “Chorsu” mehmonxonasi

@daryo_live
Iroq 19 mingdan ortiq mahbusni, jumladan, ISHID sobiq a’zolarini ham ozod qildi

Mamlakatda qamoqxona tizimidagi bosimni yumshatish uchun keng qamrovli amnistiya qonuni imzolandi.

@daryo_live
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi “layk”lar uchun qamoqqa olishni bekor qildi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda 1,5 mingdan ortiq odam hukumat ekstremistik deb hisoblagan postlarga layk bosgani va sharhlagani uchun sudlangan.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Tuproqqal’adagi Damas zavodida 100 mln dollar hisobiga arzon avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi Avtomobil Yevro-5 ekologik standartiga javob beradi, 7 o‘rindiqqa ega bo‘ladi. @daryo_live
Damas zavodida ishlab chiqariladigan yangi avtomobil modeli iste’molchilar istak va ehtiyojlarini inobatga olgan holda tanlanadi

“O‘zavtosanoat” vakilining Daryo”ga ma’lum qilishicha, ayni paytda texnik xususiyatlarning mahalliy foydalanish sharoitlariga mosligi, ishonchliligi va qulayligi bo‘yicha potensial avtomobil modellari o‘rganilmoqda.

@daryo_live
Toshkentdagi maktablarda o‘quvchilarning telefonlari tekshirilmoqda

Poytaxt Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining bildirishicha, o‘quv yili davomida haftada bir kun “Davomat”, “Tig'” tadbirlari o‘tkazib kelinadi. Bu tadbirlar doirasida maktab Ota-onalar kuzatuv kengashi vakili, ichki ishlar xodimi, o‘qituvchi guvohligida o‘quvchilarning yot g‘oya va salbiy ta’sirlardan himoya qilish maqsadida ularning mobil aloqa vositasini tekshirish ham ko‘zda tutilgan.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💸 O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi

🇺🇸 dollar 12 980,16 soʻm (+44,89)
🇪🇺 yevro 14 606,57 soʻm (+239,37)
🇷🇺 rubl 161,63 soʻm (+1,16)

@daryo_live
Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va YI o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish imkoniyatlari, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlik ochiq muhokama qilindi.

Xususan, xotin-qizlar tadbirkorligini va ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari, suv resurslari bilan bog‘liq masalalar hamda mintaqalararo aloqalar e’tibor markazida bo‘ldi.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida tabiatga 137,4 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Holat yuzasidan hujjatlar huquqiy baho berish va chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi.

@daryo_live
Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Xo‘jalik rahbari quvvati 60 kVt bo‘lgan 8 ta suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari ulagan.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Jasliq" qamoqxonasi 1999-yilda yashirin holatda ochilgan edi" — A’zam Farmonov

"O‘zbekiston 24" telekanalida efirga uzatilgan "Davra" podkastida A’zam Farmonov dunyoga o‘zining yomon nomi bilan mashhur bo‘lgan "Jasliq" qamoqxonasi haqida gapirib berdi.

@daryo_live
Davlat xavfsizlik xizmatining Call-markazi ishga tushdi

Call-markazga 1520 qisqa raqami orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Xususan, quyidagi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi:

🔹 O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga bo‘lgan tajovuzlar haqida;
🔹 Davlat chegarasini qo‘riqlanishi va himoya qilinishiga bo‘ladigan tahdidlar;
🔹 Qurolli Kuchlar va mudofaa-sanoat majmuasida davlat xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar;
🔹 terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoiy guruhlarga oid;
🔹 qurol-yarog‘, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga doir jinoyatlar haqida;
🔹 davlat manfaatlariga tahdid soluvchi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar;
🔹 milliy, etnik va diniy adovatni targ‘ib etish;
🔹 davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga doir boshqa axborotlar.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"O‘zbekiston 24" telekanalida efirga uzatilgan "Davra" podkastida A’zam Farmonov "Jasliq" qamoqxonasidagi mahkumlarning xat yozish jarayoni haqida gapirib berdi.

@daryo_live
Qozog‘iston parlamenti deputatlari ChatGPT yordamida yozilgan she’rlarni bir-biriga o‘qib berishdi

Qozog‘iston Respublikasi Parlamentining Majlisi deputatlari 14-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan asarlarga mualliflik huquqi masalasini ko‘tarishgan. Yig‘ilish davomida Majlis a’zolari ChatGPT’dan she’r yaratib berishini so‘rashgan.

@daryo_live
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax shahar filiali xodimasi Zominda yashovchi fuqaroni ishga kiritib qo‘yish evaziga 1000 dollar olgan vaqtida ushlandi.

Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

@daryo_live