Daryo — LIVE
64.2K subscribers
53.9K photos
12.9K videos
71 files
48.5K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
Moskva aerportida Ozarbayjon deputati Azer Badamov ushlandi

U Rossiya tomonidan Astraxan viloyatiga Haydar Aliyev tavalludining 102 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarga taklif etilgandi. Biroq aeroportda deputatga Rossiyaga kirish taqiqlangani aytilgan va u Bokuga qaytib ketgan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷 Turkiyada muxolifat yetakchisi O‘zgur O‘zelga noma’lum shaxs musht tushirdi

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya buni qoralab, hujum qilgan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pokiston 450 kilometrga uchadigan “Abdali” ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

27-aprel kuni Hindiston kemaga qarshi raketalarini sinovdan o‘tkazgan edi.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qora dengiz hukmdori. Italiyada yasalgan, urushda qahramonlik ko‘rsatgan “Toshkent” haqida

"Qizil inqilob" g‘oyasini butun dunyoga eksport qilish istagi sovetlarni shiddat bilan qurollanishga undadi. Ammo Qora dengiz floti uchun 1929–1934 yillarda qurilgan esminetslar sovet kemasozligining muammolarini ochib berdi. Shundan so‘ng Moskva G‘arbga, aniqrog‘i, Rimga yuzlandi.

⚓️ Italiyada qurilgan “Toshkent” lider esminetsi Ikkinchi jahon urushi yillari Germaniya va ittifoqchilariga qarshi jang qildi. Yirik harbiy amaliyotlarda qatnashdi, bir necha bor jiddiy shikastlandi. Korpusni bo‘yashda ishlatilgan ranglar sabab mahalliy aholi uni “Moviy kreyser” deb atardi.

Biroq kema intihosi o‘z shon-shuhratiga munosib bo‘lmadi.

📰 Maqolada shular haqida so‘z boradi.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yerga yaqin kunlarda og‘irligi qariyb yarim tonna keladigan sovet planetalararo kosmik apparati qulab tushadi

1972-yilda “Kosmos-482” texnik nosozlik tufayli Veneraga yetib bormagan va Yer orbitasida qolib ketgan. Qurilma aynan qachon sayyora yuzasiga tushishi noma’lum, ammo bu, taxminan, 8—14-may kunlari sodir bo‘ladi.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Erondagi portlashda halok bo‘lganlar soni kamida 70 kishiga yetdi Mamlakat Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, portlash sababi xavfsizlik choralarining buzilishi va ehtiyotsizlik bo‘lgan. @daryo_live
Eron hukumati portda sodir bo‘lgan portlash bo‘yicha ikki kishini hibsga oldi

Qo‘lga olinganlardan biri xususiy kompaniyada ishlaydi, ikkinchisi davlat xizmatida ro‘yxatda turadi. Portlash oqibatida kamida 70 kishi halok bo‘lgandi.

@daryo_live
☀️ Bugun harorat 33-38 daraja, janubda va cho‘l hududlar ba’zi joylarida 40 darajagacha issiq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi — “O‘zgidromet”

@daryo_live
Ukraina Isroildan Patriot zenit-raketa kompleksini oladi

Tizim Isroilda kapital ta’mirdan o‘tmoqda, u yozga qadar Ukrainaga yetkaziladi. Har qanday Patriot kompleksini yetkazib berish AQSH tasdig‘ini talab qiladi.

Zelenskiy mamlakatni to‘liq himoya qilish uchun 25 ta shunday tizim kerakligini aytgan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boysundagi gaz konidan yana vodorod sulfid otilib chiqayotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda quduqdan gaz chiqayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Aytishlaricha, holat 5-may kuni soat 6:00 larda boshlangan. Rasmiylar hozircha holatga izoh bermadi.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi “Yunusobod” bozori bir qismida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda

Avval ushbu hududda 180 ta avtomobil uchun to‘xtash joylari mavjud edi. Ahmad Donish ko‘chasi bo‘ylab yo‘l o‘tkazgich ostida 350 ga yaqin to‘xtash joyi tashkil etildi.

Ilgari avtoturargohda avtomobillardan tartibsiz savdo amalga oshirilgan. Endilikda avtomobillardan savdo qilganlar 50 metr ichkariga, maxsus tashkil etilgan hududga ko‘chirilmoqda.

@daryo_live
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan quyidagi kunlari dam olinadi:

🔹9-may (juma) — Xotira va qadrlash kuni;
🔹10-may (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
🔹11-may (yakshanba) — dam olish kuni.

@daryo_live