Daryo — LIVE
64.3K subscribers
53.8K photos
12.9K videos
71 files
48.5K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
Jahon savdo tashkilotiga aʼzolik yanada jadallashtiriladi

Prezident farmoni bilan ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

🔹bir qator davlat ishtirokidagi korxonalarning maxsus (eksklyuziv) huquqlari bekor qilinadi;

🔹bojxona yig‘imlarining fiskal maqsadlarda undirilmasligi taʼminlanadi;

🔹oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi joriy etiladi;

🔹respublika hududida maishiy elektr priborlarining energiya samaradorlik talabi xalqaro meʼyorlarga muvofiqlashtiriladi.

@daryo_live
O‘zbekistondagi 2025-yilgi Haj mavsumi 13-maydan boshlanadi

28-mayga qadar har kuni mamlakatdan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Ziyoratchilar Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchadi.

@daryo_live
Yashnoboddagi bino hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in natijasida binoning orqa tomonida 10 kv metr maydonda chiqindi yongan, binoga zarar yetmagan.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon orqali muloqotda bo‘lajak uchrashuvlar rejasi muhokama qilindi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

@daryo_live
O‘zbekiston Rossiyadagi mehnat muhojirlarining huquqlari yuzasidan xavotir bildirdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘rtasidagi uchrashuvda Rossiyada O‘zbekistondan kelgan mehnat muhojirlariga nisbatan huquq buzilishlari va qo‘pol muomala holatlari haqida ko‘payib borayotgan xabarlarga eʼtibor qaratildi.

@daryo_live
O‘zbekistonda baxtsiz hodisalar tufayli halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolariga 3,7 mlrd so‘mdan ortiq tovon pullari undirib berildi.

@daryo_live
Bolalar ombudsmani bolalarni tilanchilikka jalb qilayotgan ota-onalarga chora ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

@daryo_live
Farg‘onada 2025-yil may oyi pensiya to‘lovlari uchun mablag‘lar moliyalashtirildi.

Bank plastik kartasi orqali pensiya oluvchilarning plastik kartalariga mablag‘lar to‘liq yuklandi hamda naqd pul shaklda olayotganlarga Xalq bankining sayyor kassalari orqali to‘lovlar amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya.
# 4

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘qon shahrida 1 kg gashish giyohvanlik moddasini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda bola maktabdoshi bo‘lgan qizdan tiz cho‘kib kechirim so‘radi

Holat qizni haqoratlagani natijasida yuzaga kelgan. Maktab direktori o‘rinbosari, sinf rahbari va maktab psixologi bola onasining roziligi bilan uni va opasini o‘quvchi qizning uyiga uzr so‘rash uchun olib borgan.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQSHdan deportatsiya qilingan yuzlab o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Shuningdek, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari ham bo‘lib, ular Toshkent orqali o‘z mamlakatlariga ketgan.

@daryo_live
Toshkentda 61 yoshli o‘qituvchi 17 yashar o‘quvchisiga sevgi izhor qilib, uylanishini aytdi

Dars vaqtlarida ham qizga qarab shahvoniy harakatlar qilib kelgan otaxon 5 kunga qamaldi.

@daryo_live
🍑 Surxondaryoda eksportbop o‘rik hosili pishdi

Har bir tupdan 20–25 kg, har gektardan esa o‘rtacha 20 tonna hosil olinmoqda.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda quvib o‘tish qoidasini buzgan Lacetti haydovchisi devorni buzib o‘tdi

@daryo_live