Daryo — LIVE
64.3K subscribers
53.8K photos
12.9K videos
71 files
48.5K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
Tilanchi bolalar: O‘zbekistonda bunga qarshi qanday choralar ko‘rilmoqda?

Bolalar ombudsmani Ichki ishlar vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda respublika hududlarida bolalarni tilanchilikka jalb qilish kabi salbiy holatlarni tizimli tarzda tahliliy o‘rganib bormoqda.

@daryo_live
2-may soat 21:30-22:00 oralig‘ida qo‘shni Qirg‘iziston hududida shakllanib Namangandagi chegara hududlaridan oqib o‘tib Norin daryosiga quyiluvchi Tentaksoy soyidan oz miqdorda sel suvlari kelgan va talofatlarsiz oqib o‘tib Norin daryosiga quyilgan.

Soyning O‘zbekiston hududidan oqib o‘tuvchi qismi neytral hudud hisoblanib, ushbu hududda aholi xonadonlari va ekin yer maydonlari mavjud emas.

@daryo_live
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35 daraja issiq bo‘ladi – “O‘zgidromet”

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Miroboddagi ikkita uyda giyohvandlik vositalari yetishtirgan shaxslar ushlandi

Ushbu giyohvandlik vositalari xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olinib, ekspertizaga topshirildi.

@daryo_live
Andijon viloyatining Shaxrixon tumanida kuzatilgan kuchli shamol oqibatida 1 tup daraxt sinib tushgan

Moddiy va jismoniy talofatlar bo‘lmagan.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hindistondagi ibodatxonada tiqilinch oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohat oldi

Fojia shtat shimolidagi Shirgaon ibodatxonasi yaqinida minglab dindorlar ishtirok etadigan yillik yurish paytida sodir bo‘lgan.

@daryo_live
Donald Tramp Rim papasi ko‘rinishidagi suratini e’lon qildi

Rim papasi vafotidan so'ng, u pontifik bo'lish niyati borligini aytib, hazillashgandi.

@daryo_live
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama shitlari, bannerlar va peshlavhalar olib tashlanayotgani maʼlum qilindi

Shahar infratuzilmasi tahliliga ko‘ra, ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama shitlari, bannerlar va peshlavhalar obodonlashtirish qoidalarini buzib, poytaxt ko‘chalari va tumanlarining ko‘rinishini buzmoqda.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda Orlando yonib ketdi

Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

@daryo_live
Uychi tumanida yangi ko‘prik qurilishida ishlayotgan 7 nafar ishchi “Norin” daryosi suvi ko‘payib ketishi oqibatida daryo o‘rtasidagi quruqlikda qolib ketdi

Qutqaruvchilar tomonidan texnika yordamida fuqarolarga yordam berildi.

@daryo_live
Jahon savdo tashkilotiga aʼzolik yanada jadallashtiriladi

Prezident farmoni bilan ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

🔹bir qator davlat ishtirokidagi korxonalarning maxsus (eksklyuziv) huquqlari bekor qilinadi;

🔹bojxona yig‘imlarining fiskal maqsadlarda undirilmasligi taʼminlanadi;

🔹oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi joriy etiladi;

🔹respublika hududida maishiy elektr priborlarining energiya samaradorlik talabi xalqaro meʼyorlarga muvofiqlashtiriladi.

@daryo_live
O‘zbekistondagi 2025-yilgi Haj mavsumi 13-maydan boshlanadi

28-mayga qadar har kuni mamlakatdan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Ziyoratchilar Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchadi.

@daryo_live
Yashnoboddagi bino hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in natijasida binoning orqa tomonida 10 kv metr maydonda chiqindi yongan, binoga zarar yetmagan.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon orqali muloqotda bo‘lajak uchrashuvlar rejasi muhokama qilindi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

@daryo_live
O‘zbekiston Rossiyadagi mehnat muhojirlarining huquqlari yuzasidan xavotir bildirdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘rtasidagi uchrashuvda Rossiyada O‘zbekistondan kelgan mehnat muhojirlariga nisbatan huquq buzilishlari va qo‘pol muomala holatlari haqida ko‘payib borayotgan xabarlarga eʼtibor qaratildi.

@daryo_live