Daryo — LIVE
64.1K subscribers
53.8K photos
12.9K videos
71 files
48.4K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatganlarga 8 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya berildi

2025-yilning birinchi choragida quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasini elektr tarmoqlariga o‘tkazgan 12 746 kishi davlat budjetidan 8 mlrd 147 mln so‘m subsidiya oldi.

@daryo_live
O‘zbek milliy taomlarini xorijda tanitayotgan restoratorlar qo‘llab-quvvatlanadi

Xorijda o‘zbek restoranlarini ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash yo‘lga qo‘yiladi.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Daryo — LIVE
Urganchga Frankfurt, Urumchi, Pekin va Abu Dabidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yilishi mumkin

Prezident Abu-Dabidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys qo‘yish taklifini kiritish, turistik mavsumda Istanbuldan kunlik qatnovni yo‘lga qo‘yishni topshirdi.

@daryo_live
G’azo sektori uchun gumanitar yuk ortilgan kema Malta qirg‘oqlari yaqinida dron hujumi oqibatida cho‘kib ketdi — CNN

Kema bortida 30 kishi, jumladan, taniqli ko‘ngillilar bo‘lgani aytilmoqda.

@daryo_live
Xivadagi barcha davlat tashkilotlari ko‘chiriladi

“Angarik” mahallasidagi bo‘sh maydonda ma’muriy binolar qurilib, shahardagi barcha davlat tashkilotlari shu yerga ko‘chiriladi. Prezident shaharda faqat turistlarga xizmat ko‘rsatadigan obyektlar bo‘lishi kerakligini aytdi.

@daryo_live
Tuproqqal’adagi Damas zavodida 100 mln dollar hisobiga arzon avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi

Avtomobil Yevro-5 ekologik standartiga javob beradi, 7 o‘rindiqqa ega bo‘ladi.

@daryo_live
Tezyurar poyezdda Toshkentdan Urganchga yetib kelish 14 soatdan 7 soatga qisqaradi

Mutasaddilarga kelgusi yilda 6 ta tezyurar elektropoyezd olib kelish topshirildi. Buxorodan Xivaga borish esa 6 soatdan 3 soatga qisqaradi.

@daryo_live
O‘zbekistonning matbuot erkinligi reytingidagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi

“Chegara bilmas muxbirlar” matbuot erkinligi indeksini e’lon qildi. Markaziy Osiyo davlatlaridagi ko‘rsatkich quyidagicha:

🇰🇿Qozog‘iston — 141-o‘rin (142-o‘rin edi)
🇰🇬 Qirg‘iziston — 144-o‘rin (120-o‘rin edi)
🇺🇿 O‘zbekiston — 148-o‘rin (o‘zgarishsiz qoldi)
🇹🇯Tojikiston — 153-o‘rin (155-o‘rin edi)
🇹🇲Turkmaniston — 174 (175-o‘rin edi)

Tarixda ilk bor dunyodagi matbuot erkinligi holati “og‘ir” deb tasniflanmoqda.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☀️ O‘zbekistonda dam olish kunlari yoz mavsumidek issiq bo‘ladi

Prognozlarga ko‘ra, 3—4-may kunlari havo harorati ko‘tarilishi davom etadi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

🇺🇸 dollar 12 915,07 soʻm (+15,07)
🇪🇺 yevro 14 659,90 soʻm (+64,84)
🇷🇺 rubl 156,43 soʻm (-0,89)

@daryo_live
Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan o‘zbekistonlik erkak umrbodga qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi 6 yil ichida sakkiz nafar Ukraina fuqarosi, o‘zbekistonlik, litvalik va gruziyalikni o‘ldirgan.

Qurbonlar orasida 35 yoshdan 81 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va ayollar bor.

@daryo_live
Rossiya armiyasida Ukrainaga qarshi urishayotgan o‘zbekistonliklarga tegishli tartibda choralar ko‘riladi — TIV

O‘zbekiston fuqarolarining ishtiroki bo‘yicha tekshiruv boshlandi.

@daryo_live
📹 JONLI EFIR BOSHLANDI

Asosiy mavzular:

— Rossiya-Ukraina: resurslar bo‘yicha bitim tinchlik kafolati bo‘ladimi?
— Hindiston-Pokiston nizosi ortidagi geosiyosiy maqsadlar
— Markaziy Osiyo-Xitoy muloqot formatining institutlashuvi
— Ozarbayjonning Xitoy va Eron bilan yaqinlashuvi

🎙 Ekspertlarimiz: siyosatshunoslar Muxtor Nazirov va Bektosh Berdiyev

📹 HOZIROQ JONLI EFIRNI KO‘RISH

👉 Obuna bo‘ling
- @daryo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoyda robot to‘satdan injenerlarga hujum qildi

Ba'zi dasturchilarning aytishicha, robot ishlab chiquvchilardan shu tariqa qasos olishga qaror qilgan.

Eng mantiqiy tushuntirish shuki, robot yiqilib tushishga yaqin holatda ilgakka osilib turgan edi, shuning uchun u qo‘llarini harakatlantirib, muvozanatni saqlashga uringan.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda YPX xodimini urib, kiyimlarini yirtib tashlagan ayollar uzr so‘radi

Haydovchi xodimlar uni to‘xtatgan vaqt ayoli, qaynotasi, qaynopasi va qaynukalarini chaqirgan.

Ular inspektorni bo‘ynidan bo‘g‘ib, xodimlarga kuch ishlatgan va body kamerasini yulib olgan.

@daryo_live
O‘zbekistonda 24 ta yer osti piyodalar o‘tish yo‘li quriladi

2024-yilda jami 7 ta yer osti piyodalar o‘tish yo‘llari foydalanishga topshirilgan.

@daryo_live