Daryo — LIVE
64.3K subscribers
53.6K photos
12.8K videos
71 files
48.4K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
❗️Haydovchilar uchun jarima ballari 1-maydan boshlab kuchga kirmaydi

YHXXga ko‘ra, jarima ballarini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat belgilangan tartibda ishlab chiqilmoqda. Shu bois, tegishli hujjat qabul qilinganidan so‘ng, yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun beriladigan jarima ballarining hisoblanish muddati va tartibi aniq belgilanadi.

@daryo_live
Migrantlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha delegatsiya O‘zbekistondan Rossiyaga yo‘l oldi

Ishchi delegatsiya tarkibiga Bosh prokuratura, DXX, Migratsiya agentligi, TIV, IIV, SSV vakillari kiritilgan.

@daryo_live
Qamchiq dovonida Isuzu yuk mashinasi YTHga uchradi

28-aprel kuni transport vositasi yo‘l o‘rtasidagi to‘siqqa borib urilgan. Mashina kabinasida qisilib qolgan haydovchi FVV qutqaruvchilari tomonidan chiqarib olinib, birinchi yordam ko‘rsatilgan. YTH yuk mashinasi tormoz tizimidagi nosozlikdan kelib chiqqan.

@daryo_live
Rossiyada marhum Jirinovskiyning “zagran” pasporti 1,1 million rublga (13 ming dollardan ortiq) sotildi

Sovet namunasidagi pasport Sankt-Peterburgdagi kimoshdi savdosiga qo‘yilgan.

@daryo_live
Toshkentda gullar festivali sabab ayrim ko‘chalar 5 kunga yopiladi

29-apreldan 3-maygacha xaritada belgilangan ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi.

@daryo_live
💸 Global harbiy xarajatlar yuqori ko‘rsatkichga yetdi

Ukrainadagi urush, shuningdek, AQSHning NATO doirasidagi ittifoqchilik majburiyatlariga sodiqligiga shubhalar Yevropada xarajatlar oshishiga ta’sir qildi.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turkiya prezidenti mamlakatdagi migrantlar sonini ma’lum qildi

Erdo‘g‘onga ko‘ra, Turkiyadagi migrantlar soni 4 million 33 ming nafarni tashkil etadi. Shundan 2 million 768 ming nafari vaqtinchalik maqomga ega suriyaliklardir.

@daryo_live
Qirg‘iziston Rossiyaning “S-300” zenit-raketa komplekslarini oldi

Zenit-raketa komplekslari 8-may kuni Bishkekda bo‘lib o‘tadigan harbiy paradda namoyish etilishi mumkin. U ballistik va aerodinamik nishonlarga zarba berishga qodir.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Rim papasi Fransisk 88 yoshida vafot etdi @daryo_live
Vatikanda yangi Rim papasini saylash bo‘yicha konklav 7-may kuni bo‘lib o‘tadi — Reuters

@daryo_live
Daryo — LIVE
Buxoroda 20 yoshli talaba yigit o‘z joniga qasd qildi O‘limidan avval yozib qoldirgan xatida hech kimni ayblamasligini bildirib, ota-onasidan kechirim so‘ragan. @daryo_live
Buxoroda yana bir 20 yoshli talaba yigit o‘z joniga qasd qildi

Marhum Instagram’dagi sahifasida 27—28-aprel kunlari 3 marotaba o‘z joniga qasd qilish mazmunidagi lavhalarni joylagan. Bosh prokuraturaning “Daryo”ga ma‘lum qilishicha, hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi

🇺🇸 dollar 12 948,10 soʻm (-9,04)
🇪🇺 yevro 14 696,09 soʻm (-6,38)
🇷🇺 rubl 156,93 soʻm (+0,37)

@daryo_live
❗️Putin 9-may munosabati bilan sulh e’lon qildi

O’t ochishni to’xtatish 7-8-may yarim tundan 10-11-may yarim tungacha amal qiladi.

@daryo_live
Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Belgiya kabi Yevropaning bir qator davlatlari elektr energiyasiz qoldi

Ba’zi shaharlardagi aeroportlar va metrolar faoliyati to‘xtatilgan, ko‘chalarda svetoforlar ishlamayotgani tufayli tirbandliklar yuzaga kelgan. Elektr energiyasining uzilishiga kiberhujum sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

@daryo_live
Samarqandda 6 kishini 12,7 ming dollar evaziga Germaniya va Angliyaga, Toshkentda esa 5 kishini 12 ming dollar evaziga Germaniyaga ishga yuborish va viza olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

@daryo_live