Daryo — LIVE
64.3K subscribers
53.6K photos
12.8K videos
71 files
48.4K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
“O‘zgidromet” hafta uchun ob-havo prognozini e’lon qildi

Unga ko‘ra, dushanbada yoz kabi issiq boʻladi. Seshanba va chorshanba kulari havo harorati pasayadi, haftaning ikkinchi yarmidan harorat yana koʻtarila boshlaydi.

@daryo_live
Pokiston armiyasi Hindiston bilan chegaraga Xitoyda ishlab chiqarilgan Sh-15 o‘ziyurar gaubitsalarini joylashtirdi

Mazkur tizim yuk mashinasi shassisiga asoslangan bo‘lib, 50 kilometr masofadagi nishonlarga zarba bera oladi.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Haydovchilar uchun jarima ballari 1-maydan boshlab kuchga kirmaydi

YHXXga ko‘ra, jarima ballarini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat belgilangan tartibda ishlab chiqilmoqda. Shu bois, tegishli hujjat qabul qilinganidan so‘ng, yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun beriladigan jarima ballarining hisoblanish muddati va tartibi aniq belgilanadi.

@daryo_live
Migrantlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha delegatsiya O‘zbekistondan Rossiyaga yo‘l oldi

Ishchi delegatsiya tarkibiga Bosh prokuratura, DXX, Migratsiya agentligi, TIV, IIV, SSV vakillari kiritilgan.

@daryo_live
Qamchiq dovonida Isuzu yuk mashinasi YTHga uchradi

28-aprel kuni transport vositasi yo‘l o‘rtasidagi to‘siqqa borib urilgan. Mashina kabinasida qisilib qolgan haydovchi FVV qutqaruvchilari tomonidan chiqarib olinib, birinchi yordam ko‘rsatilgan. YTH yuk mashinasi tormoz tizimidagi nosozlikdan kelib chiqqan.

@daryo_live
Rossiyada marhum Jirinovskiyning “zagran” pasporti 1,1 million rublga (13 ming dollardan ortiq) sotildi

Sovet namunasidagi pasport Sankt-Peterburgdagi kimoshdi savdosiga qo‘yilgan.

@daryo_live
Toshkentda gullar festivali sabab ayrim ko‘chalar 5 kunga yopiladi

29-apreldan 3-maygacha xaritada belgilangan ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi.

@daryo_live
💸 Global harbiy xarajatlar yuqori ko‘rsatkichga yetdi

Ukrainadagi urush, shuningdek, AQSHning NATO doirasidagi ittifoqchilik majburiyatlariga sodiqligiga shubhalar Yevropada xarajatlar oshishiga ta’sir qildi.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turkiya prezidenti mamlakatdagi migrantlar sonini ma’lum qildi

Erdo‘g‘onga ko‘ra, Turkiyadagi migrantlar soni 4 million 33 ming nafarni tashkil etadi. Shundan 2 million 768 ming nafari vaqtinchalik maqomga ega suriyaliklardir.

@daryo_live
Qirg‘iziston Rossiyaning “S-300” zenit-raketa komplekslarini oldi

Zenit-raketa komplekslari 8-may kuni Bishkekda bo‘lib o‘tadigan harbiy paradda namoyish etilishi mumkin. U ballistik va aerodinamik nishonlarga zarba berishga qodir.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Rim papasi Fransisk 88 yoshida vafot etdi @daryo_live
Vatikanda yangi Rim papasini saylash bo‘yicha konklav 7-may kuni bo‘lib o‘tadi — Reuters

@daryo_live
Daryo — LIVE
Buxoroda 20 yoshli talaba yigit o‘z joniga qasd qildi O‘limidan avval yozib qoldirgan xatida hech kimni ayblamasligini bildirib, ota-onasidan kechirim so‘ragan. @daryo_live
Buxoroda yana bir 20 yoshli talaba yigit o‘z joniga qasd qildi

Marhum Instagram’dagi sahifasida 27—28-aprel kunlari 3 marotaba o‘z joniga qasd qilish mazmunidagi lavhalarni joylagan. Bosh prokuraturaning “Daryo”ga ma‘lum qilishicha, hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

@daryo_live