Daryo — LIVE
64.3K subscribers
53.6K photos
12.8K videos
71 files
48.4K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
Daryo — LIVE
🇮🇷 Erondagi portlash aks etgan kadr @daryo_live
Eronda ko‘ngillilar portlash oqibatida jarohatlanganlarga qon topshirmoqda.

@daryo_live
Eron prezidenti portlash yuz bergan Bandar Abbos shahriga keldi

Mas’ud Pezeshkiyon qurbonlarning oilasiga hamdardlik bildirdi. Prezident jarohatlanganlar holidan xabar oldi.

Eronda 28-aprel portlashda halok bo‘lganlar xotirasiga milliy motam kuni deb e’lon qilindi.

@daryo_live
AQSH prezidentining o‘g‘li kichik Donald Tramp hamkorlari bilan Vashingtonda o‘ta boy odamlar uchun klub ochishga qaror qildi — Politico

Xabarga ko‘ra, klubga faqat taklif bo‘yicha va 500 ming dollardan ortiq to‘lov asosida kirish mumkin bo‘ladi.

@daryo_live
Rossiyadagi koloniyadan Xitoy fuqarosi qochib ketdi

Mahbus qochib ketgan koloniyada mahkumlar qo‘riqchisiz, ammo nazorat ostida saqlanadi. Hozirda xitoylik erkakni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Rossiyada 2025-yil boshiga kelib qamoqxonalar va koloniyalarda 30 mingdan ortiq chet ellik saqlangan. Ularning qariyb 70 foizi Markaziy Osiyodan kelganlardir.

@daryo_live
Turkiya Pokistonga harbiy samolyot jo‘natdi — OAV

Turkiyadan uchgan S-130 harbiy-transport samolyoti Pokistonga qo‘ngani aytilmoqda.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Turkiya Pokistonga harbiy samolyot jo‘natdi — OAV Turkiyadan uchgan S-130 harbiy-transport samolyoti Pokistonga qo‘ngani aytilmoqda. @daryo_live
Harbiy samolyotda qurol-aslahalar, elektron urush tizimlari, samolyotga va tankka qarshi raketalar bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda OAV.

@daryo_live
❗️BAA O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqlamagan

TIV matbuot kotibi Axror Burhonovning “Daryo”ga bildirishicha, O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi mavjud vizasiz tartib o‘z kuchida qolmoqda.

@daryo_live
☀️Bugun harorat 33-38 daraja bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlar ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin — “O‘zgidromet”

@daryo_live
Toshkentda qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonada yong‘in chiqdi

FVVga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish uchun voqea joyiga 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib bordi.

@daryo_live