Daryo — LIVE
68.7K subscribers
47.6K photos
11K videos
65 files
44.1K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
Download Telegram
Moskva viloyatidagi Wildberries omborida migrantlarga qarshi reyd o‘tkazilmoqda

Xodimlarning pasportlari, migratsiya kartalari, yashash uchun ruxsatnomalari, vaqtinchalik propiskalari va harbiy guvohnomalari tekshirilgan. 21 kishi qo‘lga olingan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qozog‘istonda poyezdning 8 ta vagoni relsdan chiqib ketdi

Guvohlar ijtimoiy tarmoqlarda Aqto‘be viloyatida yuk poyezdi halokati aks etgan videoni bo‘lishmoqda.

“Shalkar – Jem” uchastkasida 58 ta vagondan 8 tasi relsdan chiqib ketgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

@daryo_live
O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi 12 600 so‘mga yetdi

🇺🇸 dollar 12 600,14 soʻm (+10,14)
🇪🇺 yevro 13 642,17 soʻm (+23,02)
🇷🇺 rubl 135,92 soʻm (-0,05)

@daryo_live
Farg‘onada soy arig'iga suyuq maishiy chiqindilarni to‘kib, suvni ifloslantirgan fuqaro 1 020 000 so‘m jarimaga tortildi

@daryo_live
Qashqadaryoda o‘smir qiz onasining o‘limidan so‘ng otasi unga va singlisiga shilqimliklar qilayotganini aytdi

Holat bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

@daryo_live
Axsikentda sayyohlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda

Farg‘ona vodiysidagi ushbu noyob arxeologik yodgorlik viloyatdagi eng yirik sayyohlik markaziga aylanishi mumkin.

@daryo_live
Rossiya Ukrainaning Xarkov viloyatiga havo hujumi uyushtirdi

Xarkov viloyatiga hujumlar 2022-yilning fevralida Moskva Ukrainaga bostirib kirganidan beri muntazam ravishda davom etmoqda.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovining offlayn mashgʻulotlarida ishtirok etayotgan afgʻonistonlik qizlar

Afgʻonistonlik Azizi Sadiya darslar va jarayonlar haqida tassurotlari bilan boʻlishdi.

@daryo_live
Niger rejimi rahbari Vladimir Putin bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik oʻrnatmoqchi — The Moscow Times

Dunyoning eng qashshoq davlatlaridan biri boʻlgan Niger Sahel hududidagi terrorchilarga qarshi kurashda hozirga qadar Gʻarb bilan hamkorlik qilib kelgan edi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekistonning yangi elchisi Hindiston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Ikki tomonlama hamkorlikning zamonaviy holati yuqori baholanib, barcha sohalarda oʻzaro manfaatli aloqalar yanada rivojlanishiga ishonch bildirildi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shimoliy Koreya davlat televideniyesi britaniyalik boshlovchining jinsi shimini xiralashtirib ko‘rsatdi

BBC telekanalining “Bog‘ sirlari” dasturi Shimoliy Koreya davlat televideniyesida namoyish etilayotganda boshlovchi Alan Titchmarshning jinsi shimlari xiralashtirib ko‘rsatildi. Chunki Shimoliy Koreyada jinsi shimlar AQSH imperializmining ramzi hisoblanadi.

Mamlakatda 1990-yillardan beri jinsi shimlar kiyish taqiqlangan, hatto sayyohlar ham ularni kiyishlari mumkin emas.

@daryo_live
Britaniyaning 130 dan ortiq deputati Isroilga qurol sotishni taqiqlashga chaqirdi

“Bugungi kunda Isroil harbiylari tomonidan sodir etilgan zo‘ravonlik darajasi ancha yuqori, ammo Buyuk Britaniya hukumati bunga e’tiborsizlik qilmoqda”, — deyiladi deputatlar yo‘llagan maktubda.

@daryo_live
29-mart, juma kuni Toshkent shahrida “Аvtomobilsiz kun” tadbiri o‘tkaziladi

@daryo_live
Farg'onada 80 yoshdan oshgan otaxonga tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma berildi

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Islom Karimovning jurnalist va OAVga munosabati qanday bo‘lgan?

“Tadbir boshlangach, kutilmaganda zalga Islom Abdug‘aniyevich kirib keldilar-da, kelib mening oldimga o‘tirib, barcha jurnalistlarning savollariga ochiq javob berdilar. Agar Islom aka jurnalistika va OAVning jamiyatda o‘rni yo‘q, deb hisoblaganlarida, bu tadbirga kelmagan bo‘lar edilar. Islom Abdug‘aniyevich jurnalistlar bilan qanday ishlash kerakligini juda yaxshi bilar edi”, – deydi “Yangi media” taʼlim markazi direktori Beruniy Alimov.

📹 To‘liq video

@daryo_live
Gʻazoda Isroil hujumidan halok boʻlganlar soni 32 490 nafarga yetdi — Al Jazeera

Arab nashrlari oxirgi 24 soat ichida 76 kishi halok boʻlgani va 102 kishi yaralangani haqida xabar bergan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusini bildirgan edi.

@daryo_live