Daryo — LIVE
63.9K subscribers
54.1K photos
13K videos
71 files
48.7K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreyani “asosiy dushman” deb atadi va “urushdan qochish niyati yo‘qligini” aytdi, deb xabar bermoqda Yonhap

@daryo_live
Samarqandda pora olgan soliq inspeksiyasi ikki xodimi 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

@daryo_live
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori Tohir Musoyev 44 yoshida vafot etdi

@daryo_live
Daryo — LIVE
🇺🇿 O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra salkam 36,8 mln kishini tashkil etdi Aholi soni har kuni o‘rtacha 2,1 ming kishiga oshmoqda. @daryo_live
O‘zbekistondagi ayollar va erkaklar soni:

🔴 ayollar — 18 274 745 nafar;
🔵 erkaklar — 18 525 011 nafar.

2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 250 266 nafarga ko‘p.

@daryo_live
TIV huzuridagi Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga Sanjar Valiyev rahbar etib tayinlandi

U bunga qadar Prezident Administratsiyasi Tashqi aloqalar xizmatida ishlab kelgan.

@daryo_live
Toshkentda havoning mayda chang zarralari bilan ifloslanishi

▪️Yunusobod tumani “Bodomzor” yo‘lida – 56 mkg/m3;
▪️Chilonzor tumani Xalqlar do‘stligi maydonida –59 mkg/m3.

Ushbu hududlarda havodagi chang miqdori AQI — РM 2,5 ko‘rsatkichi bo‘yicha havoning “nosog'lom” darajadagi ifloslanish toifasiga kiradi.

@daryo_live
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha davom etayotgan sudda avvalgi jinoyat ishiga yangi jinoyat ishi qo‘shilib, bitta ish yurituviga biriktirilgani, holat yuzasidan 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar berilgandi.

Sudning 10-yanvar kuni davom etayotgan navbatdagi majlisida 23 nafar sudlanuvchilarning shaxsiga aniqlik kiritilib, ularning huquq va majburiyatlari haqida tushuntirilmoqda.

O‘zbekistonda rasmiylarga ko‘ra, 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgani aytilayotgan “Dok-1 Maks” siropidan yana 16 nafar bola og‘ir, 2 nafari yengil tan jarohati olgan, 3 nafar bola esa zaharlanish oqibatida vafot etgan.

@daryo_live
Qo‘qondagi qandolatchilik korxonasida mayning ferma tashkil qilingani aniqlandi

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan ushbu korxonaga jami 4 mlrd so‘mlik qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirilgan.

@daryo_live
Toshkentda “Jiguli” yonib ketdi

Yong‘in avtomobil elektr simlaridagi qisqa tutashuvdan kelib chiqqan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

@daryo_live
Dok-1 Maks” sudidagi davlat ayblovchisi sirop sabab vafot etgan bolalar 68 nafar ekanini rasman e’lon qildi

“Dok-1 Maks” sudida rasmiylar, xususan davlat ayblovchisi O‘zbekistonda mazkur siropdan vafot etgan bolalar soni 68 nafar ekanini ma’lum qilib, dastlab Oliy sud tomonidan e’lon qilingan raqamlar o‘zgarganini tasdiqladi.

Biroq, sirop bo‘yicha bo‘lib o‘tgan sud majlislarining birida Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Mamatqul Azizov siropdan vafot etganlar 66 nafar ekanini, vafot etgan bolalar ro‘yxatidan tushib qolgan yana bir marhum bola borligini ochiqlagandi.

@daryo_live
O‘zbekistonda 11-yanvar kuni harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Moskvadagi do‘konda spirtli ichimlik ichgan qirg‘izistonlik erkak 6 yoshli qizga hujum qilib, bo‘ynini sindirmoqchi bo‘ldi

Erkak qo‘lga olindi, unga odam o‘ldirishga urinish moddasi bo‘yicha ish qo‘zgatildi, bu 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

@daryo_live
Jizzax viloyati Forish tumanida kuchli shamol hokimlik binosi tomini uchirib yubordi

Tunika va taxtalar uchib, hokimiyat avtoturargohida bo‘lgan 6 ta avtomashina ustiga tushib, zarar yetkazgan.

@daryo_live