Daryo — LIVE
63.6K subscribers
54.5K photos
13.1K videos
71 files
49K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 26 ta mayning ferma fosh qilindi

Ular faoliyatini amalga oshirish uchun 58,2 mlrd so‘mga teng bo‘lgan, 145 mingta xonadonning bir oylik iste’mol ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasini o‘g‘irlagan.

@daryo_live
✈️ Moskvadan Termizga uchayotgan samolyot yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Aqto‘bega qo‘ndi

@daryo_live
O‘zbekistonda gepatitni aniqlash uchun o‘tkazilgan tekshiruv natijalari e’lon qilindi

2023-yilning hozirgi davriga qadar aholining 696 147 nafari gepatit “B” turiga va 696 045 nafari gepatit “C” turiga skrining tekshiruvidan oʻtkazildi. Ularning 22 307 nafarida gepatit “B” va 22 157 nafarida gepatit “C” turlari aniqlandi.

@daryo_live
Eronning Taybad chegara xizmati Afg‘onistondan Eronga kirmoqchi bo‘lgan yuk mashinasida 20 kilogrammga yaqin giyohvand moddalar topilganini ma’lum qildi

Mashina haydovchisi afg‘onistonlik ekani va mashinani tashlab Afg‘onistonga qochib ketgani aytildi

@daryo_live
Markaziy bank xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 6-dekabrda amalda boʻladigan qiymatini e’lon qildi

🇺🇸 dollar 12 289,40 soʻm (+17,40)
🇪🇺 yevro 13 311,88 soʻm (-33,92)
🇷🇺 rubl 134,17 soʻm (-1,39)

@daryo_live
Dunyodagi eng katta toshbaqa Jonatan o‘zining 191 yoshini nishonladi

Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra, Jonatan dunyodagi eng qari quruqlik hayvoni. U Seyshel orollarida yashaydi.

@daryo_live
Avstraliya fuqarolaridan Afg‘onistonga bormaslikni so‘radi

Avstraliya Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarini Kobulda keng miqyosli terrorchilik hujumlari xavfi borligidan ogohlantirdi va ulardan xavfsizlik bilan bogʻliq muammolar tufayli Afgʻonistonga sayohat qilmaslikni soʻradi.

Bundan tashqari, Afg‘onistondagi Avstraliya fuqarolari o‘g‘irlanish va hibsga olish kabi jiddiy xavfga duch kelayotgani aytiladi

@daryo_live
Isroil fuqarolarini O‘zbekiston va boshqa davlatlarga borishdan ogohlantirdi

Isroil Milliy xavfsizlik kengashi Markaziy Osiyo mamlakatlariga sayohat qilish uchun uchinchi xavf darajasini belgiladi. Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Braziliya, Argentina, Avstraliya va Rossiya uchun sayohat qilishda tahdid darajasi 2-darajaga ko‘tarildi.

Isroilliklarga ushbu mamlakatlarga zarur bo‘lmagan taqdirda sayohat rejalarini qayta ko‘rib chiqish maslahat berilgan

@daryo_live
❗️“Yil imomi-2023” tanlovi g‘olibi e’lon qilindi va unga haj safari yo‘llanmasi berildi

Tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar sovrinli o‘rinlarga munosib topildi:

1-o‘rin — Toshkent shahridagi “Xolid ibn Valid” jome masjidi imom-xatibi Isroiljon domla Ismoiljonovga I darajali diplom va haj safari yo‘llanmasi;

2-o‘rin — Andijon viloyatidagi “Mirzaxoliq ota” jome masjidi imom-xatibi Muhammadiyxon domla Hojiyevga II darajali diplom va 15 million so‘m pul mukofoti;

3-o‘rin — Samarqand viloyatidagi “Shayx Xudoydod Vali” jome masjidi imom-xatibi Anvar domla Ahmedovga III darajali diplom va 12 million so‘m pul mukofoti topshirildi.

@daryo_live
🏷 “Uzbekistan Airways” talabalar uchun 50 foiz chegirma e’lon qildi

Undan joriy yilning 23-dekabridan kelasi yilning 7-yanvarigacha bo‘lgan mahalliy yo‘nalishlardagi parvozlar uchun foydalanish mumkin.

@daryo_live
☀️ O‘zbekistonda 2023-yilning noyabri kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi

Ob-havo sharoitiga ko‘ra, bu haqiqatan ham baxmal (barxat) mavsumi bo‘ldi

O‘tgan yilning noyabr oyida respublika hududi bo‘yicha hech bir joyda maksimal havo haroratining rekord darajadagi yuqori ko‘rsatkichlari kuzatilmagan

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eron va Rossiya sanksiyalarga qarshi kurashish bo‘yicha kelishuv imzoladi

Eron tashqi ishlar vaziri Abdullohiyan Moskvada rossiyalik hamkasbi Lavrov bilan bir tomonlama sanksiyalarga qarshi kurashish deklaratsiyasini imzoladi

@daryo_live
G‘azo sektoridan uchirilgan raketa Ashkelon shahridagi turar-joy binosiga tushgani aytilmoqda

@daryo_live
Erondan bir kunda 2 mingdan ortiq afg‘on muhojirlari vataniga qaytdi

Islom qal’a nazorat-o‘tkazish punkti orqali 2 ming 123 nafar afg‘on muhojirlari mamlakatga kirgan. Bir qator migrantlarning Afg‘onistonga qaytishi ixtiyoriy boʻlgan, ba’zilari esa majburan deportatsiya qilingan

@daryo_live
Toshkentda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Latviya Moliya va shartnomalar markaziy agentligi hamkorligida tadbir tashkil etildi

Unda diplomatik korpus vakillari hamda Angliya, Germaniya, Latviya, Fransiya, BAA, Koreya, Singapur, Turkiya, Ozarbayjon kabi mamlakatlardan soha ekspertlari, davlat xizmatchilari ishtirok etmoqda

@daryo_live
Makron Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirishi masalasini hal qilish uchun Orbanni Parijga taklif qildi — Politico

Manbalarga ko‘ra, Yelisey saroyi Vengriyani Ukrainaning Yevroittifoqqa kirishini qo‘llab-quvvatlashga ishontirishi mumkin. Vengriya Ukrainaga 50 mlrd yevro ajratilishiga qarshi chiqqandi

@daryo_live