Daryo — LIVE
69K subscribers
46.9K photos
10.9K videos
62 files
43.7K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
Download Telegram
Chotqol davlat biosfera qo’riqxonasiga qarashli Maydontol bo‘limi “Yaylovcha” hududida yong‘in sodir bo‘ldi

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Saudiya Arabistonida haj safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari prezident saylovida ovoz bermoqda

@daryo_live
Kitob tumani tibbiyot birlashmasida ayni kunda salomatligini tiklayotgan hamda ilk bor onalik baxtiga erishgan ayyollar ham bugungi prezidentlik saylovida o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi

Ular uchun tumandagi 483-saylov uchastkasi tomonidan sayyor quti tashkil etilib, muassasadan ovozlar yig‘ildi.

@daryo_live
Prezident saylovida soat 13:00 ga kelib jami saylovchilarning 52,16 foizi — 10 052 289 nafari ishtirok etdi

Eng yuqori ko‘rsatkich Jizzax viloyatida, eng past ko‘rsatkich — Toshkent shahrida.

@daryo_live
Andijonlik 101 yoshli Sapura ona Usmonova ham saylovda ishtirok etdi

U Marhamat tumanidagi “Rovot” mahallasida yashaydi. 560-saylov uchastkasi a'zolari onaxonga fuqarolik huquqidan foydalanishi uchun imkoniyat yaratib, yashash hovlisida ovoz berish jarayonlarini amalga oshirdi.

@daryo_live
Bekobodliklar ham siyosiy jarayonda faol ishtirok etmoqda

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 46 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan bo‘lib, tumanda qariyb 97 ming 506 nafar fuqaro konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda mazkur jarayonda ovoz bermoqda.

Qayd etilishicha, tumanda 722 nafar yosh birinchi bor ovoz bermoqda.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Asaka tumanida yashovchi 95 yoshli Shirmonxon aya saylovda ovoz berdi

Shirmonxon aya Mallaboyeva bu yil o‘zining 95 yoshini qarshiladi. U saylovda ishtirok etish uchun 272-saylov uchastkasi aʼzolariga murojaat qildi. Uchastka a'zolari uning xonadoniga borib, saylovchining ovoz berishi uchun imkon yaratib berdi.

@daryo_live
Shvetsiyadagi qashqadaryoliklar ham prezidentlik saylovida ishtirok etdi

Shvetsiyada mehnat qilayotgan qashqadaryolik yoshlar mamlakat poytaxti Stokgolm shahridagi saylov uchastkasida bo‘lib, o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.

@daryo_live
Navoiyda 103 yoshli otaxon prezidentlik saylovida ishtirok etdi

Viloyatning Karmana tumani “Do‘rmon” mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 103 yoshli Pirnazar bobo Turdiyev tumandagi 96-saylov uchastkasiga kelib, o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.

@daryo_live