Daryo — LIVE
64.2K subscribers
53.9K photos
12.9K videos
71 files
48.5K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari ishga jalb qilish mumkinmi? Huquqshunos tushuntirish berdi

O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam oladi. Biroq shu dam olish kunlarini ham ko‘p ko‘radigan rahbarlar yo‘q emas.

Videoni to'liq ko'rish

@daryo_live
Rim papasi Qozog‘iston xalqi uchun duo qilishga chaqirdi

Fransisk toshqindan aziyat chekkan qozog‘istonliklarga hamdardlik bildirdi. U 2022-yilda Qozog‘istonga tashrif buyurganini eslab, respublika xalqiga “ma’naviy yaqinlik” his qilishini aytdi.

@daryo_live
“Pentagon Ukrainaga Starlink yetkazib bergani uchun Maskka 23 million dollar to‘lagan” — Bloomberg

Bloomberg taʼkidlashicha, SpaceX Ukrainaga kamida 24 ming Starlink stansiyalarini taqdim etgan.

@daryo_live
Xitoy Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlikka boshqalar aralashishiga toqat qilmaydi — Xitoy TIV

“Xitoy AQSHni ‘olovga moy sepishni’ bas qilishga chaqiradi”, — dedi Xitoy TIV matbuot kotibi.

@daryo_live
❗️Qashqadaryoda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Soat 18:08 da Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida zilzila qayd etildi. Magnituda М=3,8. Chuqurlik 15 km. O‘zbekiston hududida sezilish kuchi: Mirishkor tumanida 3 ball.

@daryo_live
Yevrokomissiya aprel oyida Ukrainaga 1,5 milliard yevro to‘laydi

Bu pul 2027-yil oxirigacha 50 milliard yevrolik byudjet yordam dasturi doirasida ikkinchi transh shaklida o‘tkaziladi.

@daryo_live
🇨🇳 Xitoyda 5,7 magnitudali zilzila sodir bo’ldi

Yer silkinishi 102 ming aholiga ega Kucha shahrida sezilgan.

Zilzilani janubi-sharqiy Qozog‘iston aholisi ham his qilgan. Epitsentr Olmaota shahridan 484 km janubi-sharqda joylashgan.

@daryo_live
🌤Bugun faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat janubda 32 darajagacha bo‘ladi — “O‘zgidromet”

@daryo_live
Toshkent supermarketlarida ayrim mahsulotlar narxi arzonlashdi

Limon narxi 18,8 foiz, bodring narxi 17,6 foiz, tuxumning narxi 17,3 foiz, bananning narxi 13,5 foiz, tovuq go‘shtining (file) narxi 6,8 foiz, sariq piyozning narxi 5,4 foiz pasaygan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suriyada diniy-ekstremistik oqimi aʼzosiga aylangan o‘zbekistonlik erkak qidiruvga berildi

Fuqaro aqidaparastlik gʻoyalariga berilib ketganidan oradan uzoq vaqt oʻtishiga qaramay oilasi bilan aloqaga chiqmagan. Birgina 2020-yilda sinfdosh doʻsti bilan Telegram orqali gaplashgan Oʻlmasov Suriyadaligini isbotlovchi rasmni joʻnatgan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Istanbul aeroportida terapevt-itlar ish boshladi.

5 nafar “maxsus xodimlar” yo'lovchilarga parvozdan oldingi stress va xavotirni yengishga yordam beradi.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda hokimlik zaxirasidagi 20 sotix yerni 180 mln so‘mga sotishga uringan ayol va yigit ushlandi

@daryo_live
Isroil hujumida HAMAS yetakchisining uch o‘g‘li halok bo‘ldi

Haniya yaqinlarining o‘limi davom etayotgan sulh muzokaralaridagi HAMASning pozitsiyasini o‘zgartirmasligini ta’kidlagan.

@daryo_live
❗️DXX Andijonda qiymati 42 mlrd soʻmlik loyihani olib bermoqchi boʻlgan shaxslarni ushladi

Ular Asaka tumanidagi “4R-112” avtomobil yoʻlining 4 km qismiga asfaltobeton qoplamasini yotqizish boʻyicha loyihani olib berish evaziga, loyiha uchun ajratiladigan 42 mlrd soʻmning 10 foizini (4,2 mlrd soʻm) berishini talab qilgan.

@daryo_live
O‘zbekistonda 12-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi 19-21 daraja bo‘ladi.

@daryo_live
Navalniyning o‘limi bo‘yicha tekshiruv muddati 20-aprelga qadar uzaytirildi

Marhumga tasdiqlanmagan bir qator o'lim tashxislari qo'yilgan. Tibbiy o‘lim guvohnomasida esa siyosatchi “tabiiy sabablar” tufayli vafot etgani aytilgan edi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Dam olish kunlari xodimlarni majburiy ishga jalb qilish jinoiy javobgarlikkacha olib borishi mumkin” — huquqshunos

Saydali Muxtoraliyevning tushuntirishicha, rahbarlar xodimni dam olish vaqtida ishga jalb qilishi juda nozik masala ekanini bilishi shart.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Rossiyaning Samara viloyatida Oʻzbekiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus YTHga uchradi Oqibatda 2 kishi halok boʻldi, 10 kishi jarohatlandi. @daryo_live
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botir Asadov Samara viloyatidagi shifoxonaga borib, YTH oqibatida jabrlangan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat bilan tanishdi

Jarohat olgan 18 kishining ahvoli o‘rtacha og‘ir, ikki nafariniki qoniqarli va yana ikki nafarini holati barqaror og‘ir deya baholanmoqda.

@daryo_live
O‘zbekistonga 2024-yilning yanvar—fevral oylarida 16,9 ming nafar chet el fuqarosi tijorat maqsadida tashrif buyurdi

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,5 ming nafarga yoki 3,1 barobarga oshgan.

@daryo_live
Qoraqalpog‘istonda 588 mln so‘mlik qo‘lqoplarning mamlakatga noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Qozog‘istondan kirib kelgan MAN rusumli yuk avtotransport vositasi Nukus shahridagi bojxona omborlaridan birida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Natijada bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida yo‘l yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan qiymati 588 million so‘mga teng bo‘lgan 168 ming juft “Rezina qoplamali trikotaj qo‘lqop” tovarlarini bojxona rasmiylashtiruviga taqdim qilmasdan, mamlakat hududiga olib kirish holati aniqlangan.

@daryo_live