Daryo — LIVE
70.7K subscribers
42.3K photos
9.67K videos
55 files
40.2K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
Download Telegram
Kanada 2035-yildan boshlab ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni sotishni taqiqlaydi

Yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar allaqachon ichki yonuv dvigatelli transport vositalarini bosqichma-bosqich tugatishni rejalashtirmoqda.

Mazkur choralar natijasida 2035-yilgacha 430 million tonna issiqxona gazlari atrofga tarqalishining oldi olinishi kutilmoqda.

@daryo_live
Margʻilon shahar bolalar shifoxonasi texnik xodimi shifoxona hududida daraxt kesgani oqibatida 45 mln soʻm tovon toʻlab, 100 tup daraxt ekadigan boʻldi

@daryo_live
Hindistonning Oʻzbekistondagi elchisi Manish Prabxat oʻz missiyasini yakunladi

@daryo_live
HAMAS Gʻarb davlatlarini Gʻazoga havodan yordam yuborishni toʻxtatishga chaqirdi — CNN

Oldinroq, Gʻazoning shimoliy qirgʻogʻida kamida 12 kishi nomaʼlum davlat tomonidan dengizga tashlangan joʻnatmalarni olish paytida dengizda choʻkib ketgani xabar qilingan edi.

@daryo_live
2024-yil 1-iyuldan boshlab yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida, kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida, yoʻl-transport hodisalari oʻchoqlarida, temir-yoʻl kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari bosqichma-bosqich oʻrnatiladi

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent hayvonot bog‘ida tomoshabin tufayli emu jabrlandi

Qush operatsiya qilingan. Sababi qonni to‘xtatishning imkoni bo‘lmagan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

@daryo_live
Samarqandda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olganlar 6 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda .

@daryo_live
Surxondaryoda arxeologik yodgorlikni molxona uchun buzib yuborgan fuqaro 23 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Bosh prokuratura hududlarda aniqlangan shu kabi holatlarni ma’lum qildi.

@daryo_live
Xorazmda ikki kelin o‘z sarpolarini erining uyidan MIB orqali qaytarib oldi

Ulardan birining mol-mulklari qiymati 26 million so‘mdan oshiq bo‘lgan.

@daryo_live
Toshkent shahrining Chilonzor va Uchtepa tumanlarida ertaga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

@daryo_live
Respublika hududida joylashgan binolar devorlarida ishlangan mozaika kompozitsiyalari Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari roʻyxatiga kiritiladi

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Piyodalar yoʻlakchasida harakatlangan Damas jarima maydonchasiga qoʻyiladigan boʻldi

Haydovchining aytishicha, u dastlab piyodalar yoʻlakchasiga qaragan va hech kim yoʻqligiga ishonch hosil qilgach harakatlangan. U bu ishni yoʻl tirband boʻlgani uchun qilganini aytdi.

@daryo_live
Toshkentda avtomashinalarni 3 oy muddat ichida avtosalondan chiqarib, yetkazib berishni aytib, fuqarolardan 6,1 mlrd soʻmni aldab olgan shaxslar qamaldi

@daryo_live
Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov hokimlik binosi xarajatlari uchun 7 mlrd 349 mln 756,4 ming so‘m mablag‘ ajratdi

Qaror ilovasida ko‘rsatilgan xarajatlar smetasiga ko‘ra, xizmat avtomobillariga yoqilg‘i quyish uchun 690 mln so‘m, ularga texnik xizmat ko‘rsatish uchun 150 mln so‘m ajratiladi.

@daryo_live
Bugun Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ertalab baʼzi joylarda yomgʼir yogʼadi. Harorat 20-25 daraja iliq bo‘ladi — “O‘zgidormet”

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoyda maktab o‘quvchilarining smartfonlari bolg‘a bilan sindirildi
Harbiy kiyimdagi xodimlar maktabda smartfonlarni qat’iy taqiqlash maqsadida noodatiy tarbiya usulini qo‘lladi.

@daryo_live
Toshkentning Chilonzor, Uchtepa, Mirzo Ulug’bek tumanlarida 27-mart kuni 10:00 dan 18:00 gach gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi

@daryo_live
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent shahri va respublika viloyatlaridagi 157 ga yaqin mozaik panno monumental san’at yodgorliklari sifatida Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritildi.

@daryo_live
Rossiya Jahon oziq-ovqat dasturi orqali Afg‘onistonga 1 mln dollar yordam ajratdi

Bu 150 ming odamni oziq-ovqat bilan ta’minlashga yordam beradi. Rossiyaning Afg‘onistonga so‘nggi uch yilda bergan umumiy yordami 4 mln dollarga yetdi.

@daryo_live