Daryo — LIVE
70.8K subscribers
43.8K photos
10.1K videos
59 files
41.5K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
Download Telegram
Pokistondagi portlashda 5 nafar Xitoy fuqarosi halok bo‘ldi

Halokatga uchragan xitoylik muhandislar Islomoboddan Xayber-Paxtunxva viloyatining Yuqori Kohiston tumanidagi Dasu shahriga ketayotgan bo‘lgan.

@daryo_live
Kinematografiya agentligi tomonidan shifokorlar hayoti haqida hikoya qiluvchi “Qariqiz” milliy ko-produksiya filmi suratga olinmoqda.

Aytilishicha, film hayotda oʻz yoʻlini izlayotgan boʻlajak shifokorning hayotiy sinovlari haqida hikoya qiladi.

@daryo_live
“Crocus’dagi terakt islomiy radikallar tomonidan tayyorlangan, Ukraina maxsus xizmatlari ularga bu borada yordam bergan.

Hozirda Rossiya Federatsiyasida yangi terrorchilik harakatlari xavfi saqlanib qolmoqda”, — dedi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillar instituti kampusi qurilishining borishi hamda Yangi Namanganni barpo etishga oid taqdimot bilan tanishdi

Bu shahar 200 ming aholiga moʻljallangan. Unda bogʻcha, maktab va boshqa ijtimoiy muassasalar, ish oʻrinlari uchun sanoat zonasi boʻladi. “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” ham shu yerda barpo etiladi. Davlat rahbari bu qulaylik, xavfsizlik, sifatli ekspluatatsiyani mujassam etgan aqlli shahar boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Parijdagi mashhur madaniy maskanlaridan birida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Bu yilgi tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Erondan kelgan san’atkorlar ishtirok etdi. Fransuz raqs ixlosmandlari lazgining tarixi va turlari bilan tanishdilar, shuningdek, Dilnoza Ortiqova ko‘magida Xorazm raqsining ba’zi elementlari va plastikasini o‘rgandi.

@daryo_live
Tailand Myanmaga gumanitar yordam yetkazib berishni boshladi

Guruch, quritilgan oziq-ovqat va boshqa zarur narsalar solingan 4000 dan ortiq yordam qoplari Myanma Qizil xoch jamiyatiga topshirigan.

@daryo_live
Braziliyada suv toshqinlari oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi

Braziliya prezidenti Lula da Silva jabrlanganlarga hamdardlik bildirgan va uning hukumati mahalliy hamda shtat hokimiyatlari bilan birgalikda toshqindan zararlanganlarni himoya qilish, toshqin oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ish olib borayotganini aytgan.

@daryo_live
❗️Tojikistonda 17:23 da 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

@daryo_live
O‘zbekistonliklar Saudiya Arabistoniga ishga taklif qilinmoqda. Maosh ming dollardan boshlanadi

Ovqatlanish va yotoqxona ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

@daryo_live
Sirdaryodagi oila 4 qizdan so‘ng uch egizakli bo‘ldi: ikki nafar qiz, kenjasi esa o‘g‘il.

@daryo_live
“Gʻazo Falastinning ajralmas qismi” — Falastin prezidenti

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining Gʻazoda sulh boʻyicha yaqinda qabul qilingan rezolyutsiyasiga toʻxtalar ekan, Mahmud Abbos uni amalga oshirish muhimligini taʼkidlagan.

@daryo_live
Namangan xalqaro aeroportida chiptalar narxini aholiga qulay qilish asosiy vazifa etib qo‘yildi

Shavkat Mirziyoyev aeroportni modernizatsiya qilish loyihasi bilan tanishdi.

@daryo_live
Isroil kuchlari bosib olingan Gʻarbiy Sohilda 30 nafar falastinlikni hibsga oldi

Asosan Ramallah shimolidagi Jalazon lagerida, shuningdek, Xevron, Tulkarim, Nablus, Jenin va Tubas hududlarida aholi hibsga olingan.

@daryo_live
“Crocus City Hallʼga hujum ortida AQSH, Buyuk Britaniya va Ukraina turibdi” — Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari

“Ukrainaga oʻz imkoniyatlarini namoyish qilish uchun nima kerak edi? Albatta raqib ortida sabotaj va qoʻporuvchilik sodir etish. Ukraina maxsus xizmatlari rahbariyati ham, Britaniya maxsus xizmatlari ham aynan shuni maqsad qilgan. AQSH maxsus xizmatlari bunga yoʻl ochgan”, — degan Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov.

@daryo_live
Polsha ukrainalik askarlarni tayyorlashda yetakchilik qilmoqda

“Barcha mashg‘ulot o‘tagan askarlarning uchdan bir qismi Polsha qurolli kuchlari tomonidan tayyorlangan askarlardir”, — dedi Polsha vaziri.

@daryo_live
Crocus City Hall'dagi terakt Rossiya ichida tartibsizlik keltirib chiqarish uchun amalga oshirilgan — Rossiya xavfsizlik xizmati rahbari

“Qayiqni silkitish, jamiyatda vahima qoʻzgʻash! Jang chizigʻi boʻylab nima boʻlayotganini koʻrib turibsiz. Ukrainaning qarshi hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchradi va ular oʻzlarining qadr-qimmatini koʻrsatish uchun nimadir qilishlari kerak edi”, — degan Bortnikov jurnalistlarga.

@daryo_live
Suriyada terrorchilar safiga borib qoʻshilgan jizzaxlik yigit 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

@daryo_live
Rossiya Ukrainada 15 mingdan ortiq texnikasini yoʻqotdi — The Kyiv Independent

Harbiy harakatlarda Rossiya 2856 ta tank, 135 ta vertolyot, 106 ta samolyot, 20 ta dengiz kemasi va bitta suvosti kemasini yoʻqotgan.

@daryo_live
Ukraina maxsus kuchlari Poltavada temir yoʻl liniyasini portlatmoqchi boʻlgan diversantlarni qoʻlga oldi

Ukraina rasmiylari hibsga olinganlarning mobil telefonlarini musodara qilib, tekshirganda ular FSB bilan bevosita aloqador ekanligi maʼlum boʻlgan.

@daryo_live