Daryo — LIVE
70.9K subscribers
43.8K photos
10.1K videos
59 files
41.4K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
Download Telegram
Zelenskiy Saudiya Arabistonida

Ukraina prezidenti valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan muloqot olib boradi. Tinchlik formulasi, mahbuslar va deportatsiya qilingan shaxslarni qaytarish, iqtisodiy hamkorlik va Saudiya Arabistonining Ukrainani qayta tiklashdagi ishtiroki muhokama qilinadi.

@daryo_live
⚡️BMT Bosh Assambleyasi Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilgan “2027-yil - Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili” rezolyutsiyasini bir ovozdan maʼqulladi

@daryo_live
Daryo — LIVE
⚡️BMT Bosh Assambleyasi Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilgan “2027-yil - Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili” rezolyutsiyasini bir ovozdan maʼqulladi @daryo_live
Hujjatda ekologiya, bioxilma-xillikni asrash va atmosferaning ifloslanishini kamaytirish yoʻlida “yashil” turizmni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan

Rezolyutsiya BMTning Jahon sayyohlik tashkilotini hukumatlar, BMT tizimidagi tuzilmalar, mintaqaviy tashkilotlar bilan birgalikda yilni muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun kompleks choralar koʻrishga chaqiradi.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Hujjatda ekologiya, bioxilma-xillikni asrash va atmosferaning ifloslanishini kamaytirish yoʻlida “yashil” turizmni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan Rezolyutsiya BMTning Jahon sayyohlik tashkilotini hukumatlar, BMT tizimidagi tuzilmalar, mintaqaviy…
Rezolyutsiyada Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, iqtisodiy oʻsish, toʻliq bandlikni taʼminlash, qishloq hududlarini rivojlantirish va qishloq aholisining yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiluvchi ekoturizmni rivojlantirish muhimligi taʼkidlanadi

@daryo_live
Janubiy Koreya Afg‘onistonga 4 mln dollar ajratdi

Koreya tegishli summani Jahon oziq-ovqat dasturi orqali yuborgan. Moliyaviy yordam muhtoj odamlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash va Afg‘onistondagi ocharchilikning oldini olishga sarflanadi.

@daryo_live
Toshkent – Xojikent yoʻnalishidagi elektropoyezdlarda ATTO transport kartalari yoki bank kartalaridan foydalangan holda toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati ishga tushirildi

Tez kunlarda Toshkent – Bekobod, Toshkent – Xovos va Toshkent – Angren yoʻnalishlaridagi elektropoyezdlarda ham elektron toʻlov tizimini ishga tushiriladi.

@daryo_live
Buxoroda 7—8-may kunlari O‘‌zbekiston—Germaniya ruhiy salomatlik anjumani o‘tkaziladi

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbariyati Germaniyada bo‘ldi. Xizmat safari davomida:

• Sharite universiteti klinikasi;
• Germaniya ruhiy salomatlik markazi;
• Bonn universiteti klinikasi;
• Ushtspring Salus klinikasi;
• Salus Lindov reabilitatsiya markazi mutaxassislari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kelishib olindi.

@daryo_live
2-3-may kunlari uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtadi

Anʼanaga muvofiq, uning dasturiga davlat rahbari darajasidagi yalpi majlis, turli masalalar muhokamasiga bagʻishlangan ekspertlarning 50 dan ortiq uchrashuvlari, jumladan panel munozaralari, davra suhbatlari va b2b muzokaralari kiritilgan.

@daryo_live
Navalniyning advokati hibsga olindi — OAV

Vasiliy Dubkov o‘tgan hafta Navalniyning onasi bilan marhumning jasadini olish uchun Salexardga birga borgan edi

@daryo_live
Buxoro viloyatida yashovchi 15 yoshli o‘g‘il bola onasining ustidan bolalar ombudsmaniga shikoyat qildi.

Onasi unga uzoq vaqt davomida tazyiq o‘tkazib kelgan, shu sababli bola 2023-yildan buyon onasidan alohida buvisi qaramog‘ida yashab kelgan.

@daryo_live
❗️26-fevral kuni Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan metan zapravkada janjal sodir boʻlgan

Dastlabki maʼlumotga koʻra, vafot etgan fuqarolar yoʻq. Holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan nazoratga olinib, hududiy IIB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va hozirda tergov-surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Navalniyning advokati hibsga olindi — OAV Vasiliy Dubkov o‘tgan hafta Navalniyning onasi bilan marhumning jasadini olish uchun Salexardga birga borgan edi @daryo_live
Navalniyning advokati politsiya bo‘limidan qo‘yib yuborildi

Dubkov hibsga olinishi sabablariga izoh bermadi va bu hodisani yuridik amaliyotga to‘sqinlik qilish deb bilishini aytdi.

@daryo_live
Toshkentda ikki issiqxonada 1,1 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanib kelinayotgani aniqlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

@daryo_live
🌦 Bugun kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻladi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 2-7 daraja iliq boʻladi“O‘zgidormet”

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Londonda “Har bir musulmonning Oʻzbekistonga tashrif buyurishi uchun 5 sabab” mavzusida taqdimot oʻtkazildi

@daryo_live
Navoiy shahrida sinov tarzida kommunal to‘lovlarni birlashtiruvchi yagona to‘lov tizimi joriy etiladi

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Poytaxtda 500 gektardan ortiq hudud renovatsiyaga tushgan” — Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov

@daryo_live
O‘zbekistonda fiskal tartib-qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori kamaytirildi

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda advokat jinoyat ishi doirasida tadbirkorga prokuratura organlaridagi mansabdor tanishlari orqali yengillik yaratib berish maqsadida 100 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

@daryo_live
✈️ “Azimut” aviakompaniyasining Namangan—Moskva reysi parvozi texnik sabablarga ko‘ra 10 soatdan ortiq kechiktirildi

@daryo_live