Daryo — LIVE
68.5K subscribers
47.7K photos
11.1K videos
65 files
44.2K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
Download Telegram
25-fevral, yakshanba kuni harakatlanadigan mahalliy yo‘lovchi poyezdlar qatnov jadvali e’lon qilindi

@daryo_live
Toshkent havosidagi PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori soat 20:00 holatiga koʻra JSST tavsiyalaridan 6,4 marta oshdi

@daryo_live
❗️“Aleksey Navalniyning jasadi onasiga topshirildi” — siyosatchining matbuot kotibi Kira Yarmish

@daryo_live
Qozog‘istonga Starlink uskunasining birinchi partiyasi yetib keldi

Ilon Mask kompaniyasining kutilayotgan 2000 ta sunʼiy yoʻldosh tizimidan 500 tasi respublikaga olib kelingan. 20 kun ichida jami toʻplam yetib kelishi kutilmoqda. Bu Qozog‘istondagi 2000 ta qishloq maktablarini yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlaydi.

@daryo_live
Andijonda reyd tadbirlari boshlandi

Viloyat YHXB tomonidan 24-25-fevral kunlarida nazorat reyd tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i xodimlari o‘tlab yurgan 12 bosh Sibir tog‘ echkisini tasvirga oldi

@daryo_live
Qashqadaryoda TikTok va YouTube'da Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qilib kelgan tiktoker yigit qamaldi.

Unga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

@daryo_live
Sherzod Shokirov Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

@daryo_live
Afg‘onistonda to‘yda qatnashgan yigitlarning sochi kalga olindi

“Tolibon” Badaxshon viloyatidagi to‘yda musiqa chalgan 12 yigitni hibsga olib, ularning sochini kalga oldirdi. Hozirda yigitlar ozodlikda ekani aytilmoqda

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isroilda yuzlab odamlar Netanyaxuning iste’fosini va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini talab qilib, namoyishga chiqdi, deb yozmoqda “RIA Novosti”

@daryo_live
Daryo — LIVE
❗️Isroil Rafahga zarbalar berdi Hodisa oqibatida 100 ga yaqin odam halok bo’ldi, 230 dan ortiq odam yaralandi, deya xabar bermoqda Al Mayadeen. Ma’lumot uchun, Misr bilan chegaradosh G’azoning Rafah shahrida 1,3 mln falastinlik boshpana topgan @daryo_live
🇮🇱 Netanyaxu yaqin kunlarda G‘azo sektori janubidagi Rafah shahridan aholini evakuatsiya qilishni o‘z ichiga olgan harakatlar rejasini vazirlar mahkamasi tasdiqlashi uchun taqdim etishini aytdi.

Rafah G‘azo sektori shimolidan evakuatsiya qilingan 1,3 milliondan ortiq falastinlik uchun boshpana hisoblanadi. Ularning aksariyati chodir lagerlarida yoki BMT boshpanalarida yashaydi.

@daryo_live
🌦 Bugun ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 0-5 daraja iliq bo‘ladi“O‘zgidromet”

@daryo_live
O‘zbekistonda byudjet xarajatlari haqida aholi tushunishi uchun oson usulda e’lon qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

@daryo_live
Samarqandning Paxtachi tumanida harakatlanib ketayotgan “benzovoz”da yong‘in chiqdi. Jarohat olganlar yo‘q

@daryo_live
O‘zbekiston aholisi suv tanqisligidan jiddiy aziyat cheka boshlaydi

Dunyo resurslari instituti tadqiqotiga ko‘ra, 2040-yilga borib O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekistonda 80 foizdan ortiq aholi suv tanqisligidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aziyat cheka boshlaydi. Bu dunyo bo‘yicha eng yuqori xavfli hududdir.

@daryo_live
Toshkentga to‘rt vagonli yangi 3 ta metro harakat tarkiblari olib kelindi

Ushbu harakat tarkiblari 8-10 kun texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ng yo‘lovchilarga xizmat qilishi yo‘lga qo‘yiladi.

@daryo_live
O‘zbekistonda 26-fevral kuni ham ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin

@daryo_live
Toshkentda o‘rta sig‘imli yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqqani aytilmoqda

@daryo_live
Saida Mirziyoyeva Qatar poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan dizayn biyennalesida ishtirok etmoqda

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan birgalikda Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads ko‘rgazma loyihasi taqdim etilmoqda.

@daryo_live