Daryo — LIVE
68.4K subscribers
47.8K photos
11.1K videos
65 files
44.2K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
Download Telegram
Navalniyning o‘limi munosabati bilan Rossiya shaharlari aholisi piketlarga chiqdi

Murmanskda “Aleksey Navalniy o‘ldirildi” plakati bilan piketga chiqqan qiz qo‘lga olingani haqida xabar berildi. Shuningdek, Novosibirskda "Keyingisi kim?" degan plakat ko‘targan ayol ham ushlangan.

Rossiyaning ko'plab shaharlarida odamlar siyosiy qatag'on qurbonlari yodgorliklariga gullar olib kelishmoqda. Shu tariqa ular Aleksey Navalniyning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor qilishmoqda.

@daryo_live
2024-yilning yanvar oyida 468,4 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari chet elga safarga chiqqan

Ulardan:

🔸 dam olish – 73,9 ming nafar;
🔸 qarindoshlarni yoʻqlash – 388,1 ming nafar;
🔸 davolanish – 2,4 ming nafar;
🔸 oʻqish – 3,1 ming nafar;
🔸 xizmat – 0,9 ming nafar.

@daryo_live
Pentagon Rossiya Ukrainadagi urushga 211 mlrd dollar sarflaganini da’vo qilmoqda

“Iqtisodiy o‘sishning yo‘qolishi nuqtayi nazaridan, urush Rossiyaga 1,3 trln dollarga tushdi”, — deya qo‘shimcha qildi Pentagon vakili.

@daryo_live
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Toshkent aeroportida quyidagi parvozlar kechiktirilmoqda:

TK-4331 Toshkent - Anqara;
SU-1975 Toshkent - Moskva (17-fevralga koʻchirildi);
OZ-574 Toshkent - Seul;
HY-5351 Toshkent - Jidda;
UT-806 Toshkent - Moskva;
HY-77 Toshkent - Qarshi;
KE-992 Toshkent - Seul.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rus muxolifatchisi Aleksey Navalniyning o‘limi ortida kim turibdi?

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❄️Qorga burkangan Toshkent

Video - Madina Nurman

@daryo_live
Namanganda DXM xodimi ming dollar pora bilan ushlandi

Adliya boshqarmasi tomonidan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan .

@daryo_live
Bugun Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat shimolda 3-8 daraja sovuq bo‘ladi — “O‘zgidromet”

@daryo_live
Sanksiya ostidagi shaxslarga O‘zbekiston banklarida hisob-varaq ochish taqiqlanishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi mazkur qonun loyihasining mazmun-mohiyati noto‘g‘ri talqin qilinayotgani yuzasidan axborot berdi.

@daryo_live
Rossiyaning sakkizta shahrida Navalniy xotirasiga bag‘ishlangan mitinglarda 120 dan ortiq odam hibsga olindi

Ularning aksariyati Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridagi mitinglarda qo‘lga olingan. Bu haqida "OVD-Info" xabar qildi.

@daryo_live
O‘zbekiston mobil internet tezligi bir yilda 32 pog‘onaga yuqoriladi

Mamlakatda yanvar oyida mobil internet orqali o‘rtacha yuklab olish tezligi 26,97 Mbit/s, yuklash tezligi esa 11,25 Mbit/s ni tashkil qilgan.

@daryo_live
“O‘zgidromet” kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi

Respublikaning shimoliy qismida harorat 15-20 daraja sovuq bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi va hududlarda yaxmalak hosil bo‘lishi mumkin.

@daryo_live
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2024-yil 1-avgustga qadar taʼlim sifati monitoringi hamda akkreditatsiya va tegishli sertifikatlar berish elektron platformasini ishga tushiradi.

@daryo_live
Sud Trampni qariyb 355 million dollar to‘lashga majbur qildi va unga Nyu Yorkda biznes yuritishni taqiqladi

Sudya qarorida aytilishicha, Tramp va ish bo‘yicha boshqa ayblanuvchilar harakatlari noto‘g‘ri ekanini tan olmagan.

@daryo_live
❗️Toshkentdan 17-fevral kuni Jidda, Novosibirsk, Olmaota, Pekin va Istanbulga, shuningdek, Urganchdan Jiddaga uchishi kerak bo‘lgan reyslar kechiktirildi

@daryo_live
Andijonda tadbirkor murojaatiga oʻz vaqtida javob qaytarmagan boshqarma boshligʻi javobgarlikka tortildi

Biznes-ombudsmanga ko‘ra, Andijonda tadbirkor viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasiga murojaat qilgan va oradan ikki oy o‘tsada, unga javob yuborilmagan.

Shu bois boshqarma boshlig‘i ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

@daryo_live