Daryo — LIVE
69.2K subscribers
46.5K photos
10.8K videos
62 files
43.4K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
Download Telegram
Dok-1 Maks” sudida yana bir bor hindistonlik sudlanuvchiga qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirish so‘raldi

Sudning 19-yanvar kuni davom etgan navbatdagi majlisida Quramax Medical MCHJ direktori, hindistonlik sudlanuvchi S.R.P. ga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasiga o‘zgartirish so‘raldi.

Mazkur iltimosnoma sudlanuvchining advokati Davron Ahmadov tomonidan kiritildi. Bunga sudlanuvchining tergov hibsxonasidagi ovqatlarni iste’mol qilolmasligi oqibatida 15 kg vazn yo‘qotgani, sog‘lig‘idagi muammolari sabab qilib ko‘rsatildi.

Sud mazkur iltimosnomani yana rad etdi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Senatining qirq to‘qqizinchi yalpi majlisida Jizzax viloyati hududidan o‘tuvchi umumiy foydalanishdagi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R36 M39 (“Jizzax shahri-Yangiqishloq-Qizilcha-Qizilqum”) avtomobil yo‘li 50-yildan buyon ta’mirlanmagani tanqid qilindi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Nazarov byudjetidan 114 kilometr yo‘lni ta’mirlash uchun mablag‘ ajratib berish imkoniyati yo‘qligini ma’lum qildi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suv kodeksi loyihasi ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi” — senator Boriy Alixonov

@daryo_live
O‘zbekistonda dronlardan birinchi marta noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni yengillashtirish (jinoiy javobgarlik o‘rniga ma’muriy javobgarlik) ko‘zda tutilgan qonun Senat tomonidan ma’qullandi

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kasallar, qiynalgan odamlar orqasidan noinsoflik qilib pul topadigan shifokorni ham, dorixonani ham boridan yo‘g‘i yaxshi” — Surxondaryo viloyati hokimi

Hokim Ulug‘bek Qosimov aholini bepul, sifatli va kafolatlangan tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini ta’minlash uchun barcha choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

@daryo_live
Qozog‘iston o‘z tinchlikparvar kuchlaridan 430 nafargacha harbiyni Yaqin Sharq va Afrikaga yuboradi. Ular BMT missiyalarida ishtirok etadi

Bunday taklif prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan deputatlar muhokamasiga kiritilgan.

@daryo_live
Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudova lavozimidan ozod etildi

U 2023-yilda prezidentlik saylovida nomzod sifatida ishtirok etgandi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ichki ishlar organlariga qidiruvda ommaviy axborot vositalaridan bepul foydalanish huquqi berilmoqda

“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga asosan endilikda ichki ishlar organlari o‘z vakolatlari doirasida jinoyatlar holatlarini, ularni sodir etgan shaxslarni aniqlash, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan, surishtiruv, tergov organlaridan, suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazoni va ma’muriy jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni, shuningdek, bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish uchun davlat organlari tomonidan ta’sis etilgan ommaviy axborot vositalari bilan bir qatorda boshqa tashkilotlarning (nodavlat tashkilotlar) ham ommaviy axborot vositalaridan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lmoqda.

@daryo_live
O‘zbekistonda Senat a’zolari 100 nafardan 65 nafarga qisqartiriladi

Bunda, har bir ma’muriy-hududiy birlikdan 4 nafardan senator saylanishi, 9 nafari prezident tomonidan tayinlanishi belgilanmoqda.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Netanyaxu AQSHning Falastin davlatini tuzish tashabbusini ochiqchasiga rad etdi. U Falastin davlatini yaratish g‘oyasi Isroil xavfsizligi bilan to‘qnash kelishini aytdi.

“30 yil davomida men juda sobit bo‘lib keldim va oddiy narsani aytaman — bu mojaro Falastin davlatining yo‘qligi emas, balki yahudiy davlatining mavjudligi masalasi.

Kelajakda qanday kelishuv bo‘lmasin, Isroil Iordanning g‘arbiy qismidagi barcha hududda xavfsizlik nazorati o‘rnatilishiga muhtoj. Bu zaruriy shart va u suverenitet g‘oyasi bilan to‘qnashadi. Shunda sizning qo‘lingizdan nima keladi? Men bu haqiqatni amerikalik do‘stlarimizga aytyapman. Men Isroil xavfsizligiga ziyon yetkazadigan haqiqatni bizga singdirishlariga urinishni to‘xtatdim. Bosh vazir ittifoqchilarga “yo‘q” deyishni bilishi kerak – zaruratga qarab “yo‘q” yoki “ha” deya olishi kerak”,
—dedi u.

@daryo_live
O‘zbekistonda havo sifatini yaxshilash bo‘yicha mutaxassislardan 10 ta birlamchi takliflar ishlab chiqildi

🔹daraxtlar va ko‘p yillik o‘tlarni ekish orqali “yashil belbog‘” yaratish;
🔹ko‘p qavatli va noturar binolar qurilishiga moratoriy joriy etish;
🔹havoni ifloslantiruvchi manbalarni (korxona, zavod, issiqxona) monitoring qilish;
🔹keng ko’lamli targ‘ibot ishlarini o‘tkazish;
🔹barcha transport vositalarini, jumladan, traktor va texnikalarni rejadan tashqari texnik ko‘rikdan o‘tkazish;
🔹ijtimoiy ahamiyatli obyektlarda havoni tozalovchi tizimlar o‘rnatish;
🔹bino va ofislar ichkarisida havoni tozalash;
🔹favvora va suv havzalari sonini ko‘paytirish;
🔹tibbiy niqob taqish;
🔹yong‘inning oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish.

@daryo_live
O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan 22-yanvarda amalda boʻladigan qiymati

🇺🇸 dollar 12 407,00 soʻm (-13,15)
🇪🇺 yevro 13 502,54 soʻm (-16,79)
🇷🇺 rubl 140,22 soʻm (-0,03)

@daryo_live
Japan Airlines aviakompaniyasi ilk bor ayol kishini prezident lavozimiga tayinladi

Bu dunyodagi eng yirik aviatashuvchilardan biri uchun kutilmagan qadamdir. Mitsuko Tottori 1985-yilda kompaniyada styuardessa bo‘lib ishlay boshlagan va so‘nggi o‘n yilliklar davomida yuqori lavozimlarni egallagan.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 248-moddasiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun yuzasidan Senat raisi Tanzila Norboyeva o‘z munosabatini bildirdi:

Kodeksga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha ham masʼul xodimlar o‘qitilishi shart. O‘ylaymankki, tegishli tizimlar xodimlarini o‘qitish dasturiga xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qabul qilingan qonunlarni alohida kiritib, doimiy ravishda malakasi oshirib boriladi”.

@daryo_live
Rossiya Afg‘onistonga 33 tonna oziq-ovqat bo‘lgan gumanitar yuk jo‘natdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi “do‘st Afg‘oniston xalqini” qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qildi.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yaxshi serial ishlab, telekanalga olib borsak, 18+ joyi bormi, deb so‘rashdi”. Gulasal Rahmonova uyatsiz sahnali seriallar zamoni kelgani haqida (video)

“Teatrlarda yaxshi spektakllar qo‘yilyapti, agar nomaqbul biror sahna bo‘lsa tezda ogohlantirish bo‘ladi. Nega tegishli tashkilotlar o‘sha jamoalar, seriallar yoki blogerlarga qarshi biror chora ko‘rolmayapti? ” — deydi aktrisa.

@daryo_live
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva:

Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish — iqtisodiy siyosatimizning asosiy mo‘ljallaridan biri.

Bu boradagi islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash maqsadida milliy qonunchiligimiz Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirilmoqda.

@daryo_live