Daryo — LIVE
68.4K subscribers
47.8K photos
11.1K videos
65 files
44.2K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
Download Telegram
❗️Marokashda zilzila qurbonlari soni 2012 kishiga yetdi

2059 kishi jarohat olgan, ulardan 1404 nafarining ahvoli og‘ir. Qirol Muhammad VI mamlakatda uch kunlik milliy motam e’lon qildi va omon qolganlarga boshpana, oziq-ovqat va boshqa yordam ko‘rsatishni buyurdi.

Jahon banki
Marokashdagi zilzila qurbonlariga har tomonlama yordam ko‘rsatishga va’da berdi

@daryo_live
Qarshi shahri hokimi o‘zini rag‘batlantirish uchun 75 million so‘m mablag‘ ajratdi

Shahar hokimi Normo‘min Xolboyev “E-qaror” elektron tizimiga joylashtirilgan mazkur hujjatni 2023-yilning 25-avgust kuni imzolagan.

@daryo_live
Ukraina armiyasi qish boshlanganidan keyin ham qarshi hujumni davom ettiradi” — Budanov

Sovuq, nam va loyda jang qilish qiyinroq. Janglar, qarshi hujum davom etadi”, — dedi Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanov

@daryo_live
Daryo — LIVE
📌 Qizlari bilan xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilari aʼzosi boʻlgan oʻzbekistonlik ayol qidirilmoqda @daryo_live
Xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga qo‘shilgan o‘zbekistonlik erkak va uning o‘g‘li qidiruvga berildi

Erkak Toshkentdagi sheriklari bilan birga jamoat yig‘ilishlari tashkil etib, yer yuzida yagona halifalik davlati barpo etish maqsadida da’vatlar qilib kelgan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bayden G20 sammitida Saudiya valiahd shahzodasi ismini talaffuz qila olmadi

“Bosh vazir Modi va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muham bin Salomga minnatdorlik bildiraman”, — dedi Bayden.

AQSH prezidenti xatosini tuzatishga urindi, lekin yana talaffuzda adashdi. Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud hisoblanadi

@daryo_live
❗️Rossiya tunda Kiyevga kamikadze dronlari bilan hujum qildi

Ukrainaga jami 32 ta Shahed dronlari uchirilgani, ularning 25 tasi urib tushirilgani ma’lum qilindi. Reuters nashri dron hujumi aks etgan rasmlar bilan bo‘lishdi

@daryo_live
Janubiy Afrikalik faxriy siyosatchi va Zulu shahzodasi Mangosuthu Buthelezi 95 yoshida vafot etdi

@daryo_live
Daryo — LIVE
❗️Marokashda zilzila qurbonlari soni 2012 kishiga yetdi 2059 kishi jarohat olgan, ulardan 1404 nafarining ahvoli og‘ir. Qirol Muhammad VI mamlakatda uch kunlik milliy motam e’lon qildi va omon qolganlarga boshpana, oziq-ovqat va boshqa yordam ko‘rsatishni…
❗️Krishtianu Ronaldu Marokashdagi mehmonxonasini zilzila qurbonlari uchun boshpanaga aylantirdi

Portugaliyalik hujumchining Pestana CR7 Marrakech mehmonxonasi Marrakeshda joylashgan va to‘rt yulduzli reytingga ega. Unda fitness markazi, restoran va ochiq basseyn mavjud

@daryo_live
“Navoiyuran” bosh direktori Jahongir Hasanov boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi

Uning vazifasini bajarish togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari Jamol Fayzullayev zimmasiga yuklatildi.

@daryo_live
🇨🇳🇺🇿 Xitoyning Xian Free Trade Port Construction and Operation Co.Ltd kompaniyasi O‘zbekistondagi infratuzilma loyihalarida ishtirok etmoqchi

@daryo_live
Farg‘ona viloyatida qoʻlbola aroqdan zaharlanib vafot etganlar soni to‘rt kishiga yetdi

Dastlab yetti kishi zaharlangani, ulardan biri vafot etgani ma’lum qilingandi.

@daryo_live
O‘zbekistonda yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzishning oldini olish maqsadida nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqilishi kutilmoqda

@daryo_live
Biznes-ombudsman 2023-yilning 8 oyida sudlarga kiritgan 96 ta shikoyatning 68 tasi qanoatlantirildi

Tizimlar kesimida:
▪️soliq — 20 ta;
▪️hokimliklar — 13 ta;
▪️obodonlashtirish — 8 ta;
▪️maktabgacha ta’lim — 7 ta;
▪️unitar korxona — 17 ta.

Eng ko‘p qayd etilgan masalalar: shartnomaviy munosabat (66 ta), moliyaviy jarimani qo‘llash qarorini bekor qilish (15 ta).

@daryo_live
O‘zbekistondagi maktablar kuz-qish mavsumiga tayyormi?

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda 10 104 ta umumta’lim maktablari mavjud bo‘lib, ulardan 486 tasi markaziy isitish tarmog‘i orqali, 9 467 tasi lokal isitish tarmog‘i, 151 tasi esa qo‘lbola pechlari orqali isitilishi uchun zarur choralar ko‘rilgan.

@daryo_live
Daryo — LIVE
⚡️Narxni bozor tamoyillariga o’tkazmasdan elektr energiyasidagi muammolarni hal qilish imkonsiz Elektr va gaz narxlari bosqichma-bosqich erkinlashtiriladi. So’nggi marta O’zbekistonda gaz va elektr energiyasi tariflari 2019-yilning avgust oyida o’zgargan…
O‘zbekistondagi gaz zapravkalarda narxlar oshib ketishini oldini olish bo‘yicha qatʼiy choralar ko‘rilishi kutilmoqda

Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, kelgusi 6 oyda gazning eng baland chakana narxi 3 250 soʻmdan oshib ketmasligi nazoratga olinadi.

@daryo_live
Toshkentdagi Kichik halqa yoʼli ko‘chasining bir qismi issiqlik quvurida nosozlik yuzaga kelgani sabab 11-sentabr soat 4:00 gacha yopildi

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar saltanatigacha"

Prezident matbuot xizmati tomonidan O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosiga bag‘ishlangan "Xazinalar saltanati" filmi tayyorlandi. Film bugun soat 20:20 da “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatiladi.

Shuningdek, film Prezident matbuot xizmatining Facebook va Youtube’dagi rasmiy sahifalarida ham namoyish etiladi.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Energetika tizimiga bozor tamoyillari joriy etiladi. Davlat subsidiyasiga o'tirib qolgan tizim inqirozga yuz tutishi aniq.

@daryo_live