Daryo — LIVE
68.7K subscribers
47.3K photos
11K videos
62 files
43.9K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
Download Telegram
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi eski parranda fabrikasida gaz portladi

Viloyat FVBga ko‘ra, buning oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan, vafot etgan va tan jarohati olganlar haqida xabarlar kelib tushmagan.

@daryo_live
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun dissertatsiya yoqlamoqda

Dissertatsiya mavzusi — «Yuqori sinf o‘quvchilarida vatanparvarlikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik muammolari»

@daryo_live
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va YATTlarga 1-apreldan qishloq xo‘jaligi texnikasi va agregatlarini lizingga berishga ruxsat etiladi

@daryo_live
Farg‘ona viloyati Rishton tumanida joylashgan markaziy istirohat bog‘idagi attraksiondan 17 yoshli qiz tushib ketdi

Aniqlanishicha, attraksion qo‘lbola usulda yasalgan bo‘lib, undan shu kungacha tegishli ruxsatnoma olinmasdan foydalanilgan

@daryo_live
O‘zbekiston davlat qarzi 2022-yilda 29,2 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu rekord ko‘rsatkichdir.

Mamlakatda davlat qarzi 2022-yilda 2017-yilga nisbatan 17,6 mlrd dollarga ko‘paygan.

@daryo_live
O‘zbekistondagi umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan 1700 nafarga yaqin o‘qituvchi 9 oy davomida maoshiga qo‘shimcha tarzda 5 million so‘m miqdorida qo‘shimcha ustama puli ham oladi. Bu haqda “Daryo”ga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati xodimi Laylo Rustamova xabar berdi.

@daryo_live
“Qilayotgan ishlarimiz ko‘p, xalqimizning o‘zi bu o‘zgarishlarga adolatli bahosini beradi” — prezident

Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

So‘nggi olti yilda Qoraqalpog‘istonda 15 trillion so‘m investitsiya hisobiga 5 300 dan ziyod loyiha amalga oshirildi. Tadbirkorlar soni 2 baravar ko‘payib, 46 mingta doimiy ish o‘rni yaratildi. Ilgari sanoati eng past bo‘lgan 6 ta tumanda ishlab chiqarish 2-3 baravar oshib, Qoraqalpog‘istondagi ulushi 12 foizga yetdi.

@daryo_live
Daryo — LIVE
“Qilayotgan ishlarimiz ko‘p, xalqimizning o‘zi bu o‘zgarishlarga adolatli bahosini beradi” — prezident Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. So‘nggi olti yilda Qoraqalpog‘istonda…
❗️Qoraqalpog‘istondagi 452 ta mahallaning har biriga 500 million so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi

Davlat rahbari Qoraqalpog‘iston mahallalarini obod qilish, suv, yo‘l, elektr taʼminotini yaxshilash, maktab, bog‘cha va tibbiyot punktlarini qurish va taʼmirlash uchun 2023-yilda 1,5 trillion so‘m berilayotganini taʼkidladi.

Bundan tashqari, 452 ta mahalladagi sharoiti og‘ir 21 mingta xonadon taʼmirlanadi, 709 ta uylar yangitdan qurib beriladi. Bunga byudjetdan 132 milliard so‘m, Toshkent shahri va viloyatlardan 232 milliard so‘m ajratilyapti.

@daryo_live
Daryo — LIVE
❗️Qoraqalpog‘istondagi 452 ta mahallaning har biriga 500 million so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi Davlat rahbari Qoraqalpog‘iston mahallalarini obod qilish, suv, yo‘l, elektr taʼminotini yaxshilash, maktab, bog‘cha va tibbiyot punktlarini qurish va…
Prezident o‘ziga hududlardan uy-joylar kadastri masalasida juda ko‘p murojaatlar bo‘lishini aytdi

“Qoraqalpog‘istonda ham 47 ming uy-joy va ko‘chmas mulklarning kadastri yo‘q. Bu – odamlarimizni ipoteka olish, tomorqasida dehqonchilikka kredit, subsidiya olish, yashayotgan boshpanasini farzandlariga meros qoldirish imkoniyatini cheklayapti. Ko‘p o‘ylab, Qoraqalpog‘iston aholisiga shu masalada yengillik yaratmoqchiman”, — dedi davlat rahbari.

Prezident Jo‘qorg‘i Kenges raisiga ikki oyda 38 ming odamning qo‘liga kadastri to‘liq qilib berish yuzasidan topshiriq berdi.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Prezident o‘ziga hududlardan uy-joylar kadastri masalasida juda ko‘p murojaatlar bo‘lishini aytdi “Qoraqalpog‘istonda ham 47 ming uy-joy va ko‘chmas mulklarning kadastri yo‘q. Bu – odamlarimizni ipoteka olish, tomorqasida dehqonchilikka kredit, subsidiya…
Davlat rahbari Qoraqalpog‘istonda yiliga 6,5-7 mingta uy-joyga talab borligini alohida qayd etdi

“Shu bois, 2023-yil o‘tgan yilga nisbatan 2 baravar ko‘p yoki 4 mingta uy-joy quriladi. Bunga qo‘shimcha qilib, faqat Qoraqalpog‘iston aholisi uchun yangi imkoniyat yaratamiz. Yaʼni, zamonaviy loyiha asosida 4 ming yakka tartibdagi uy-joy qurishga 4 sotixdan yer ajratiladi. Infratuzilmasini ham qilib beramiz. Bunday imkoniyatni boshqa hududlarimizga bermaganmiz”, — dedi davlat rahbari.

@daryo_live
Rossiyada AQSH fuqarosi, The Wall Street Journal muxbiri Evan Gershkovich josuslikda ayblanib hibsga olindi

Jurnalist “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi va “maxsus operatsiya” haqida material yozish uchun Yekaterinburg shahriga safar qilganidan keyin qo‘lga olingan.

Rossiyada josuslik moddasi bilan ayblov 20 yilgacha qamoqni nazarda tutadi.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Kegeyli tumanidagi “Aqtuba tekstil” korxonasiga tashrif buyurdi

Korxona yiliga 3 million donadan ziyod trikotaj ishlab chiqarish quvvatiga ega. Buning uchun Germaniya, Yaponiya va Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib oʻrnatilgan. 500 ta ish oʻrni yaratilgan. Yiliga 6 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Davlat rahbari Qoraqalpog‘istonda yiliga 6,5-7 mingta uy-joyga talab borligini alohida qayd etdi “Shu bois, 2023-yil o‘tgan yilga nisbatan 2 baravar ko‘p yoki 4 mingta uy-joy quriladi. Bunga qo‘shimcha qilib, faqat Qoraqalpog‘iston aholisi uchun yangi imkoniyat…
“Qoraqalpog‘istondagi har bir tuman hokimi 2023-yilda 50 mln dollardan qo‘shimcha investitsiya olib kelishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident yig‘ilish davomida Jo‘qorg‘i Kenges raisi va tuman hokimlari qator masalalar yuzasidan o‘z rejalarini aniq hisob-kitoblar bilan tushuntirishi lozimligini aytdi.

Qoraqalpog‘istonda 168 ming tonna kartoshka, 48 ming tonna mol va parranda go‘shti, 90 million dona tuxum tanqisligi mavjud. Davlat rahbari aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlanishi bo‘yicha topshiriq berdi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirdi

@daryo_live
Daryo — LIVE
“Qoraqalpog‘istondagi har bir tuman hokimi 2023-yilda 50 mln dollardan qo‘shimcha investitsiya olib kelishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev Prezident yig‘ilish davomida Jo‘qorg‘i Kenges raisi va tuman hokimlari qator masalalar yuzasidan o‘z rejalarini aniq hisob…
1-maydan “G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beynov” yo‘lining Ellikqalʼa, To‘rtko‘l, Beruniy hududidan o‘tgan 25 kilometri rekonstruksiya qilinadi

Prezident mutasaddilarga Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan masalalar yuzasidan qator topshiriqlar berdi. Xususan, yil yakuniga qadar Milliy bank tashabbusi asosida boshqa tumanlarga biriktirilgan banklar ham kamida uchtadan katta sanoat loyihasi amalga oshiriladi.

@daryo_live
Daryo — LIVE
1-maydan “G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beynov” yo‘lining Ellikqalʼa, To‘rtko‘l, Beruniy hududidan o‘tgan 25 kilometri rekonstruksiya qilinadi Prezident mutasaddilarga Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan masalalar yuzasidan qator topshiriqlar…
Amudaryo, Bo‘zatov, Chimboy, Ellikqalʼa, Qonliko‘l, Kegeyli, Taxiatosh, Qorao‘zak, Xo‘jaylida yil yakunigacha:

1 tadan 100-150 o‘rinli bog‘cha davlat hisobidan qurib beriladi;

barcha maktablar va shifoxonalarni taʼmirlashga, shu jumladan issiqlik taʼminotini qilib berishga qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

@daryo_live
Toshkentning Mirobod tumanida O‘zbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan sanitar-gigiyenik shoxobcha ishga tushirildi

@daryo_live
Shayxontoxur tumani Toshkent xalqa aylanma yo‘lida joylashgan binoda yong‘in sodir bo‘lmoqda

Ayni vaqtda 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari tomonidan yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.

@daryo_live