Daryo — LIVE
69.2K subscribers
45.9K photos
10.6K videos
62 files
43K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
Download Telegram
Xitoyda yo‘l o’pirilishi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

Hodisa Guandun provinsiyasidan Futszyan provinsiyasiga olib boruvchi avtomagistralda yuz bergan.

@daryo_live
Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida 3—5-may kunlari qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi

@daryo_live
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida 3—6-may kunlari sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Biz o‘z maqsadimizdan voz kechmaymiz!" — Olimpiada yo‘llanmasini hal qiluvchi o‘yin oldidan bosh murabbiy Timur Kapadze futbolchilarga nimalar degandi?

@daryo_live
Nodira Umarova Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari v.v.b. etib tayinlandi

Tayinlovga qadar Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy bank xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 2-mayda amalda boʻladigan qiymatini e’lon qildi

🇺🇸 dollar 12 632,22 soʻm (+22,05)
🇪🇺 yevro 13 478,58 soʻm (-48,35)
🇷🇺 rubl 134,39 soʻm (-0,85)

@daryo_live
O‘zbekiston turistik salohiyati malayziyada targ‘ib etilmoqda

Kuala-Lumpur shahrida “O‘zbekiston: sivilizatsiyalar chorrahasi” mavzusida roud-shou tashkil etildi.

@daryo_live
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkakka Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi

Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi.

@daryo_live
Rossiyaning Odessadagi raketa hujumi oqibatida 3 kishi halok boʻldi

Rossiya harbiylari Odessa tomon uchta “Iskender-M” ballistik raketasi uchirgani xabar qilingan.

@daryo_live
Turkiya maxsus kuchlari Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 5 nafar terrorchini yoʻq qildi

Terrorchilarga qarshi maxsus operatsiya Iroq shimolidagi Hakurk mintaqasida amalga oshirilgan.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining boʻlajak navbatdagi yigʻilishi kun tartibini tayyorlash, eng avvalo, kooperatsiya loyihalarining yangi portfeli va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

@daryo_live
Gruziyada hukumat qaroridan norozi boʻlib, namoyishga chiqqan 63 nafar fuqaro hibsga olindi

Namoyishchilar parlament binosiga kirish va chiqish yoʻllarini toʻsib qoʻyishgan.

@daryo_live
⛽️ Toshkent viloyatida joylashgan avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shaxobchasiga (AGTKSh) muvofiqlik sertifikatisiz mahsulot uchun jarima qo'llanildi.

@daryo_live
Yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida 63,8 mln nafar yoʻlovchi tashilgan

Bir kunda esa oʻrtacha 700,8 ming nafar yoʻlovchilar tashilgan boʻlib, 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 64,7 foizga oshgan.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Davlat rahbari suv taʼminoti, energetika, yoʻl infratuzilmasi, “yashil” shaharlarni rivojlantirish borasida yangi loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini taʼkidladi. Boʻlajak Xorijiy investorlar kengashi majlisining kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.

@daryo_live
AQSHning Kolumbiya universitetida yana 200 dan ortiq talaba hibsga olindi

Shuningdek, Janubiy Florida universitetida 10 nafar, Tulane universitetida esa 14 nafar talaba hibsga olingani xabar qilingan.

@daryo_live
Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar joriy yilning birinchi choragida 23,6 mlrd soʻm soliq toʻlagan.

@daryo_live
📚 Toshkentdagi 340 ta maktabga “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidagi 6800 ta kitob-albomlar topshirildi

@daryo_live
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari koʻrgazmasi oʻtkazildi

NATO harbiy texnikalari koʻrgazmasi 32 ta turli xil zirhli texnikani oʻz ichiga olgan.

@daryo_live