Daily thinking
64 subscribers
114 photos
27 links
Reklama olinmaydi.

Kunba kun yaxshilanishga urinayotgan biri...

Fikr mulohazalar uchun: https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=de23c25321e346
Download Telegram
Qur'on yodlashga kirishgan odam: #hofizga

- uyqu va taomini tartiblaydi;
- ko'z-qulog'i, tili va qalbini asraydi;
- libosini tuzatadi;
- internet va ijtimoiy tarmoqni cheklaydi;
- har yerga boravermaydi;
- yig'in-majlislarni e'tibor bilan tanlaydi;
- lag'udan tiyiladi;
- ashula eshitmaydi;
- ko'ngilxushlikni yo'qotadi (dam olishni emas);
- ko'p kulavermaydi;
- har ishini rejali va ongli qiladi;
- zikr va ilmni lozim tutadi;
- bo'sh qoldimi, Qur'ondan vazifasini takrorlaydi/yodlaydi.

© ULUL ALBAB yozdi
8
Forwarded from Qizingiz yozdi...
Har kim turlicha sinaladi.

Kimdir tabiiy ofat bilan.
Boshqalar haqiqiy zulm bilan.

Ayrimlar ulardan nafratlanuvchi yov bilan.
Boshqalar esa ularni yaxshi ko‘rmaydigan mahbub bilan.

Ba'zilar ko‘z qamashtiruvchi boylik bilan. Ayrimlar chirmab oluvchi qashshoqlik bilan.


Sening burching sinovlarni solishtirmoq emas.

Burching — o‘z imtihoningdan o‘tmoqdir.

Va shu qadarni peshonangga bitgan Zotdan rozi bo‘lish, ana o‘shagina seni bularning baridan olib o‘toladi.

©Omar Suleiman

@qizingizyozdi
6
Sabr va shukur. Abu Homid G'azzoliy.

Yo Robbiy, O'zingga, O'zing rozi bo'ladigan adadda va shaklda hamd va sano aytaman.
2
#tafakkur

Borgan sari qisqarib boradi.
Yoki Qur’on o’qishga vaqt ajrata olasan, yoki do’stlaringga.
Yo Qur’on, yo ovqat
Yo Qur’on, yo uyqu
Yo Qur’on, yo…
Endi o’zing tanla. Faqat, bugun tanlaganing, umring so’nggida qarshingdan chiqishi mumkin…
6
#strong_think

Ey nafsim, o'limingga qarab ketyapsan.
O'tayotgan kunlar daqiqama daqiqa, soatma soat seni u tomon eltyapti.

Hali har lahzangdan so'ralasan...
O'sha kun juda oz qoldi...

Endi ham dunyoga, g'am-anduhlarga berilasanmi?
Tur-da, oxirating uchun solih amal qil, tavba qil, ibodat qil, taqvo qil. Allohning zikrini ko'paytir. Anashunday qilmog'ing o'zing uchun yaxshi, bilsang.
4🔥1
#ilm

Jahannam qattiq qalblarni eritish uchun yaratilgan...
Toshga suv quysa oqib ketadi, gubkaga suv quysa shimib oladi. Qattiq qalb ham shunday mavizani qabul qilmaydi, yumshoq qalb singdirib oladi.

Tazakkur — har kuni Alloh taoloni zikr qilish uchun vaqt ajratish. Xuddi namozga, Qur'onga ajratgan kabi ajratish kerak.
Qalb qotishi 4 ta narsani hojatidan ko'p ishlatsa kelib chiqadi.

1. Taom
2. Uyqu
3. Gap
4. Aralashishning ko'pligi.

(M.u)
👍2🔥1
#help_self #ustozdan

Ibodat+ilm+tavba

*Ya'ni bularni davomiy qiling demoqchilar.
2🔥2
Forwarded from Daily thinking
#tafakkur

Bir ishni qasd qilamiz ammo qayta qayta urunishda ham o'xshamaydi.
Yoki imtihonlar betinim kelaveradi.

Bu aslida, e'tiqodimizda jiddiymizmi yoki yo'qmi, shuni tushunib olishimiz uchundir...
Ba'zida bir onlik havas kichik bir qiyinchilikda ham, shamol barglarni sovurib yuborgan kabi qalbimizdan uchadi ketadi. Ammo haqiqiy maqsadlar xuddi olov temirni toblagandek, mashaqqatlarda toblanib qimmatbaho buyumga aylanadi.
Nubuvvatning ilk yillari, tahajjud barchaga farz bo'lgani ham bejizga emasdir...

*E'tiqod keng ma'noda tushunilsin, faqat bir ma'noda emas.

@daily_thinking
🔥1
#tafakkur

U mendan: odam ko'p gunoh ish qilsa va umri oxirida tavba qilib, Qur'on yodlasa jannatga kiradimi deb so'radi?
Men unga 99 ta odamni o'ldirib, rohibning yoniga kelgan kishi haqidagi hadisni aytib berdim.

Keyin yana: Qur'on yodlab, yaxshi amal qilsayu umri oxirida gunoh qilib tavba qilmasa nima bo'ladi dedi?

Men amallari xabata bo'lishi mumkin, yana Alloh taolo nimani xohlasa shuni qiladi dedim...

O'sha paytda u atigi 10 yoshda edi. Unga ilhom bergan Alloh taolodir...

SubhanAlloh. O'zi gunohlarimizni kechirsin, dunyoda ham oxiratda ham musulmonlardan qilsin. Musulmon holimizda yashatib, musulmon holimizda o'ldirsin va musulmon holimizda tiriltirsin. Xotimamizni Firdavs etsin, amiyn amiyn, amiyn.
🔥1
«Бизнинг (йўлимизда) жидду жаҳд қилганларни Ўз йўлларимизга ҳидоят этурмиз. Албатта, Аллоҳ чиройли амал қилгувчилар биландир». [29-69]
🔥1
#ilm

Zamonining Allomasi Abulabbos al-Marsiydan G'azzoliy haqidagi fikrlarini so'rashganda, u bunday deb javob bergan:

"Men G'azzoliyning siddiqlarga xos eng yuksak maqomga chiqqaniga guvohlik beraman.
Qutblar uchdir:

1. Ilmlar qutbi — G'azzoliy.
2. Hollar qutbi — Boyazid Bistomiy.
3. Maqomlar qutbi — Abdulqodir Jiyloniy.

Bu hukm "Ал-қасд ваъс-саодат" nomli asarda yozilgan".

Soadatga eltuvchi ilm. Abu Homid G'azzoliy.
1🔥1
#ilm

"Ihyou ulumiddin" asari 4 qismdan iboratdir:

a) Ibodat
b) Odat
v) Muhliqot
g) Munjiyot

Har qismi — 10 kitob, jami 40 kitobdan iborat.
4🔥1
#tafakkur

Kurashuvchan, taslim bo'lmas va Alloh taologa suyanuvchan bo'l. Qaydan bilasan, balki seni shunday bo'lishing atrofdagilarga dalda, o'rnak berar, uddalasa bo'larkan degan his yo ishtiyoq berar.

Insonlarga ish o'rgatarkansan, faqat "ish" o'rgatma balki qanday yaxshi inson bo'lishni, qanday yashashni o'rgat. Shunda ular ishda ham, hayotda ham qiynalishmas balki..

Bular uchun Alloh taolodan o'zingga madad va ularga yordam so'ra.
🔥2
Kechadan buyon qattiq o'ylantirib qo'ygan fikr. Haqiqatan, Alloh taolo Abu Homid G'azzoliy rohimahullohga juda daqiq fahm, aql-idrok berganiga yana bir bor amin bo'lasan kishi...
🔥2
Yozish yaxshi mashg’ulot. Uni har kim har xil shaklda ifoda etadi. Kimdir uzun, kimdir qisqa jumlalardan foydalansa, kimdir sodda, kimdir murakkab fikrlarni keltiradi. Sodda so’zlar orqali ma’noni tushuntira olgan odam esa haqiqiy olim kishidir.

Hozirgi davr uchun kitob o’qish kamyob holat bo’lib, yozish esa undan ham ozroq foizni tashkil etadi. Nega desangiz, inson o’qigandan ko’ra ko’proq yozganida juda ko’p ma’lumotlarni ko’rib chiqishiga to’g’ri keladi, ularni filtirlaydi, qayta ishlaydi, tahlil etadi. Shunday kuchli “point” haqida gapiryapmiz ya’ni yozish haqida. Inson qancha ko’p yozgan sari tafakkuri ochilib boraveradi, chunki u yozish davomida tafakkurini bor bo’y basticha ishga soladi. Tasavvur qiling, suv haqida maqola yozmoqchisiz. Ko’z oldingizga ummon yoki stakanda turgan suvni keltirasiz, ummondagisi moviy, stakandagi oq, shaffof. So’ng sizda savol paydo bo’ladi, nega suv ba’zan oq ba’zan moviy. Anashu yerda tafakkur qilish boshlanadi. Chunki ummonga osmonning aksi tushib turadi, osmon esa moviy rangda, tunda bu suv qora rangga kiradi sababi tunda osmon to’q moviy - qoraga yaqin rangda bo’ladi. Stakan rangi esa oq. Demak, suv o’zida, jismlarning rangini akslantiradi. Buyerda fizik hodisa ro’y beryapti. So’ng Qur’oni Karimga qaraymiz, suv, osmon haqidagi oyatlar bormi, bo’lsa unda nima deyilgan, mufassir uni qanday sharhlagan vahokazo. Shu tarzda tafakkur davom etaveradi va siz har kuni bitta mavzuni tafakkur etish asnosida olamning mohiyatini tushunishga harakat qilib boraverasiz.

14.08.2026
6
#tafakkur

O'zingni amalda ekanligingga, ularning g'aflatda ekaniga ishonib qolma. Dunyo bir ters aylanib, sen amalingdan, ular g'aflatidan judo bo'lishi mumkin. O'rniga o'zing uchun ham ular uchun ham duo qil.
Shundan, Alloh duolaringni ijobat qilsa...
🔥2
#tafakkur

Soniyalaring nimada o'tsa, umring o'shangga sarf bo'ladi.
Soniyalaringga boq; u nimalar bilan to'ldirilgan.
Bizga Abu Hanifalarni tarbiya qilguvchi ota-onalar kerak emas.
Bizga o'zlari Abu Hanifa bo'lguvchi ota-onalar kerak.
Avval o'zing qori-qoriya bo'l.
Avval o'zing vaqtingni to'g'ri taqsimla.
Avval o'zing hissiy stabil bo'l.
Avval o'zing shaxsiy rivojlan.
Avval o'zing "Oliy Maqsad" sari yugurib-yel.
Ana undan keyin zurriyotlaring haqlariga duo qil. Axir Allohning kitobida o'qimaganmisan?:

«Деворга келсак, у шаҳардаги икки етим боланики бўлиб, унинг остида икковларининг хазинаси бор эди. Уларнинг оталари солиҳ одам эди. Бас, Роббинг икковларининг вояга етишини ва хазиналарини чиқариб олишини ирода қилди. Бу, Аллоҳнинг раҳмати ила бўлди. Мен ўзимча қилганим йўқ. Мана шу, сен сабр қила олмаган нарсанинг таъвийлидир». [18-82]

Otalari solih odam edi...
🔥1
#satrga_siğmaganlar...

Mandat chiqibdi. Hamma har xil narsani yashayotgani aniq.
Birinchi yili eng yuqori ball, baliga ishonish va umid bilan soniyalarni sanagandim. Ammo... Yuqori ball bilan yiqildim. Ikkinchi yili ham...
Uchinchi yili 3 martadagi eng past ballni to'pladim ammo kirdim...

Biz xohlaymiz, siz xohlaysiz ammo Xudo xohlagani bo'ladi.
Birinchi yili tarjimon, ikkinchi yili ingliz tili filologi bo'lishim mumkin edi ammo taqdir mendan yaxshi adabiyotshunos yasadi. Alhamdulillah)

Adabiyotshunos darajasida emasu ammo shu yo'ldagi kishi. Kim bilsin 1 yildan so'ng butunlay boshqa sohada bo'larman?

G'amga botmang)
Toki kirguningizga qadar harakat qilavering, lekin siz o'qimoqchi bo'lgan soha sizga qanchalik kerak? Shuni aniqlashtirib oling)
🔥4
#ilm

@maqsadobunabot

@parallelmuhit_bot

Shu darslarda o'qishni maslahat beraman. Odatiy hayotda maslahat berishdan qochaman. Ammo bu arziydi.