Kiberxavfsizlik markazi
5.95K subscribers
869 photos
136 videos
2 files
809 links
“Kiberxavfsizlik markazi” DUKning telegramdagi rasmiy kanali.

Veb-sayt: www.csec.uz
Facebook: https://www.facebook.com/csec.uz
Youtube: https://www.youtube.com/@csecuz

📞+998 55-502-10-10
Download Telegram
#CyberLibrary #Kiberkutubxona

🔴 Aziz kitobxon! Sizga tavsiya qilinayotgan kitoblarni mutolaa qilyapsizmi?

📚"Linux" operatsion tizimini o'rganish uchun tavsiya qilinadigan kitoblar ro'yxati:

"The Linux Command Line" – William Shotts
Boshlovchilar uchun juda mos bo'lib, terminaldan foydalanishni o'rgatadi.

"How Linux Works: What Every Superuser Should Know" – Brian Ward
Bu kitob tizim ichki ishlashiga qiziqqanlar uchun bo'lib, Kernel, init, disk, protsesslar va soha doirasidagi kerakli ma'lumotlar jamlanmasi.

"Linux Pocket Guide" – Daniel J. Barrett
Mazkur ixcham va juda foydali qo‘llanma bo‘lib, Linux tizimi bilan ishlashda eng ko‘p ishlatiladigan buyruqlar va asosiy funksiyalarni tezkor tarzda o‘rganish uchun mo‘ljallangan.

"Linux Bible" – Christopher Negus
Serverlar, xavfsizlik, bash scriptlar, tarmoqlar. Umuman olganda "Linux" operatsion tizimi bo‘yicha eng mashhur va chuqur qo‘llanmalardan biridir.

"UNIX and Linux System Administration Handbook" – Evi Nemeth
Mazkur kitob UNIX va Linux tizimlarining chuqur boshqaruvi bo‘yicha dunyodagi eng obro‘li va klassik qo‘llanmalardan biridir. Kitob ko‘p yillik tajribaga ega mualliflar tomonidan yozilgan bo‘lib, amaliy, zamonaviy va real muhitga yaqin uslubda yozilgan.

O‘qish va izlanishdan hech qachon to‘xtamang!

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍107😢5🔥1🏆1
Forwarded from UzCERT Live
🫥 Sertifikatni e’tiborsiz qoldirish nimalarga olib keladi?

🛡 Zamonaviy internet infratuzilmasida SSL sertifikatlari har joyda – veb-saytlardan tortib API, mobil ilovalar, ichki vositalar va CI/CD jarayonlarigacha qo‘llaniladi. Ammo ko‘pchilik IT mutaxassislari bu sertifikatlarning ahamiyatini anglagan bo‘lsada, ularni boshqarishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yishmoqda.

⚠️ Oddiy xatolik, masalan, sertifikatning muddati o‘tib ketishi yoki e’tiborsiz qolganda, phishing (firibgarlik) va Man-in-the-Middle (MITM) hujumlariga keng yo‘l ochadi. Eng og‘ir kiberhujumlar aynan sertifikatlarni noto‘g‘ri boshqarish oqibatida sodir bo‘lgan.

📱 Batafsil

#Sertifikat #zaiflik #SSL #API #ilovalar #sayt
🚀 UZCERT xizmatining rasmiy telegram sahifasiga a’zo bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥31😱1
🟦🟦🟦🟦

Uy routerini kiberxavflardan himoya qilishning 5 usuli

🌐Bugungi kunda zamonaviy uylar tobora ko‘payib bormoqda va u internetga doimiy ravishda ulangan kichik "aqlli" markazga o'xshaydi. Bunga telefonlar, kompyuterlar, televizorlar, aqlli karnaylar, kuzatuv kameralari va ba'zan choynaklar va muzlatgichlar kiradi. Har bir yangi qurilma xakerlar uchun potensial "eshik" ochishi mumkin. Shu bilan birga ko‘pchilikning xonadoniga internetdan faol va tezroq foydalanish uchun Wi-Fi routeri kirib bormoqda.

🔵Ma'lumotlarga ko'ra, uyda ishlaydigan routerga 24 soat ichida o'rtacha o'n marta kiberhujum uyushtiriladi.

🟡Router - bu global tarmoqqa qurilmangizni ulaydi va barcha ma'lumotlar o'tadigan vositadir. Uni himoya choralarini ko‘rish bo‘yicha Sizga 5 ta yo‘nalishni tavsiya qilamiz.

1.Kompyuter dasturi va dasturiy taʼminotni yangilab turish
Avtomatik yangilanishlar: Ko‘pgina zamonaviy routerlar avtomatik yangilash funksiyasini qo'llab-quvvatlaydi.
Agar avtomatik o'rnatish mavjud bo'lmasa, dasturiy ta'minotni qo'lda yangilashingizga to‘g‘ri keladi. Buning uchun odatda yo'riqnoma veb-interfeysiga (administrator paneli) o'tishingiz kerak. Brauzerning manzil satriga ko'pincha 192.168.0.1 yoki 192.168.1.1 kabi ko'rinadigan IP-manzilni kiriting. Keyinchalik, "dasturiy ta'minotni yangilash" bo'limida ishlab chiqaruvchining veb-saytidan so'nggi versiyasini yuklab oling va ko'rsatmalarga amal qiling.

🔘Batafsil mutolaa uchun

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥1
🔗 Internetda shubhali saytlarni tekshirish mumkinligini bilarmidingiz?

Har kuni 50 mingdan ortiq yangi xavfli sayt yaratilmoqda! Aytish kerakki, shubhali saytlarning xavfli ruxsatlar so‘rashi foydalanuvchilar uchun jiddiy tahdidga aylanib bormoqda.

“Kiberxavfsizlik marazi” DUK mutaxassislari tomonidan fuqarolarimizning ilova va saytlardan yanayam xavfsizroq foydalanishi uchun https://xavfsizlink.uz/ tashkil etildi.

✔️”URL”ni virus va qora ro‘yxatlarga tekshiradi
✔️Havola ochilganda sayt qanday ruxsatlar so‘rayotganini aniqlaydi
✔️Havola yuklansa — tizim uni yuklab olib, xavfsizligini tekshiradi
✔️Havolaga kirganda fayl yuklab olish holati bolsa, uni yuklab oladi va tekshiriladi.

Havolaga bosishdan oldin mutaxassislar tekshiruvidan o‘tkazing.

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍95🔥2👾1
👾 Markaz mutaxassislari tomonidan @Cyberqalqonbot ga kelib tushgan 3700 dan ortiq havola va ilovalar tekshirildi.

Eng ko'p tarqalgan virusli ilovalar quyidagicha:


🔴ToygaTaklifnoma.apk
🔴Photo.apk
🔴fotosurat(7).apk
🔴РасмийДастурТаклиф.apk
🔴Video_07_08_2025.apk

Yuqorida keltirilgan shubhali ilovlarning barchasi hozirda bloklangan.

@Cyberqalqonbot kelgusidagi jabr va zararlarning oldini oling.

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8😢41🔥1👾1
Forwarded from UzCERT Live
✉️ Yangi “aqlli” fishing hujumi: Yaponcha “ん” belgisi yordamida soxta URL yaratilmoqda

⌨️ Kiberxavfsizlik tadqiqotchilari internet foydalanuvchilarini hatto hushyor holatda ham chalg‘itishi mumkin bo‘lgan, murakkab va vizual jihatdan mukammal niqoblangan yangi fishing hujumini aniqlashdi.

📱 Batafsil

#fishing #zaiflik #soxta #URL #hujum
🚀 UZCERT xizmatining rasmiy telegram sahifasiga a’zo bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5😱4🤔3👍1
🟦🟦🟦🟦

FIRESIGHT – veb-ilovalarning zamonaviy va ishonchli himoya tizimi!

🛡Bugungi kunda veb-sayt tashkilotlarning onlayn yuziga aylanib, uning himoyasi ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Mukammal himoya tizimi nafaqat xavfsizlikni ta’minlaydi, balki tashkilotning obro‘sini mustahkamlash, foydalanuvchi ishonchini oshirish va shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi uchun xizmat qiladi.

➡️Mazkur xizmat turining asosiy vazifalari tashkilotlarning axborot tizimlari va resurslariga uyushtiriladigan kiberhujumlarni real vaqt rejimida aniqlash (monitoring) va bartaraf etish hamda ularning kiberxavfsizlik darajasini oshirishdir.

Veb-ilovalarni “Firesight” himoya tizimiga ulash xizmatining afzalliklari quyidagicha:

"OWASP Top-10" zamonaviy kiberhujumlardan himoyalanish
DoS/DDoS kabi kiberhujumlaridan himoyalanish
Veb-resurs ish faoliyatini optimallashtirish (caching)
Bepul SSL xavfsizlik sertifikatlari
24/7 rejimida texnik qo‘llab quvvatlash
Kiberhujumlar to‘g‘risida statistik ma’lumotlarni olish (mijozlar uchun)
Kiberxavfsizlik hodisasini tekshirish va tegishli tavsiyalar taqdim etish

☎️Batafsil ma'lumot olish uchun +99871-203-00-83 raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥32
CYBERFACT

👾Raqamli dunyoda har kuni nechta sayt buzilishini bilarmidingiz?

Ma’lumotlarga ko'ra, xakerlar tomonidan har kuni 30000 dan ortiq veb-sayt buzib kiriladi.

Kiberhujum qurboniga aylangan veb-saytlarning egasi katta ehtimol bilan ma’lumotlarining sizdirilishi va moliyaviy zararga uchrashi mumkin. Bu esa veb-saytning obro'siga keskin putur yetkazadi.

Shuningdek, hozirgi kunda xakerlar nishoniga ko‘proq kichik biznesga ixtisoslashgan veb-saytlar tushib, bu umumiy kiberhujumlarning qariyb 43 foizini tashkil qilmoqda.

Batafsil

Xo‘sh, Sizning veb-saytingiz xavfsiz ekanligiga ishonchingiz komilmi? ⁉️

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢74👍2🔥2😱1
#tezkor #diqqat

Moliyaviy firibgarlikdan ogoh bo‘ling!


🔴Hurmatli fuqarolar!
So‘nggi kunlarda Telegram messenjerida faoliyat yuritayotgan “@manageruzbank_bot” nomli telegram boti orqali fuqarolarni aldash yo‘li bilan moliyaviy firibgarlik holatlari aniqlanmoqda!

Firibgarlar o‘zlarini go‘yoki “Kam foizli kredit ajratishda ko‘maklashuvchi xizmat” deb tanishtirib:

🔴 F.I.Sh.
🔴 Pasport ma’lumotlari
🔴 Bank karta raqami
🔴 Kredit miqdori va muddati
kabi shaxsiy ma’lumotlarni talab qilmoqda.

So‘ngra, firibgarlar tomonidan “kredit tasdiqlandi” degan yolg‘on xabar yuborilib, “xizmat haqi” sifatida 450 000 so‘m pulni B.M nomiga rasmiylashtirilgan karta raqamiga o‘tkazishingiz so‘raladi:

💳 9860 ** ** **19 (B.M)

Aytish kerakki, tegishli tashkilotlar tomonidan olib borilgan tahlil natijasida ushbu hujjatlarning hech qanday yuridik kuchga ega emasligi va rasmiy moliyaviy tashkilotlarga aloqasi yo‘qligi aniqlandi!

Firibgarlarga aldanmang!
➡️ Hech qachon shaxsiy ma’lumotlaringizni noma’lum shaxslarga yubormang!
➡️Rasmiy kreditlar faqat litsenziyaga ega tashkilotlar orqali beriladi.
➡️Ushbu holat bo‘yicha duch kelgan bo‘lsangiz, darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling!

🛡Kibermakonda o'zingiz va yaqinlaringizni asrang!

🌐Website | 💬 Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🔥3😱2
#tezkor #diqqat

Yana bir moliyaviy firibgarlikdan ogoh bo‘ling!


🔴Hurmatli fuqarolar!
So‘nggi kunlarda Telegram messenjerida faoliyat yuritayotgan “@Muslimakreditbot” nomli telegram boti orqali fuqarolarni aldash yo‘li bilan moliyaviy firibgarlik holatlari aniqlanmoqda!

🔴Firibgarlar o‘zlarining kam foizli kredit ajratishda ko‘maklashuvchi xizmatini taklif qiladi va foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga (F.I.Sh, pasport ma’lumotlari, bank karta raqami, kredit miqdori va muddati) ega chiqishga harakat qiladi.

Firibgarlar tomonidan “kredit tasdiqlandi” degan yolg‘on xabar yuborilib, “xizmat haqi” sifatida talab qilingan pulni S.M nomiga rasmiylashtirilgan karta raqamiga o‘tkazish so'raladi.

💳 9860 **** **** **34 (S.M)

Aytish kerakki, tegishli tashkilotlar tomonidan olib borilgan tahlil natijasida ushbu hujjatlarning hech qanday yuridik kuchga ega emasligi va rasmiy moliyaviy tashkilotlarga aloqasi yo‘qligi aniqlandi!

Firibgarlarga aldanmang!
➡️ Hech qachon shaxsiy ma’lumotlaringizni noma’lum shaxslarga yubormang!
➡️Rasmiy kreditlar faqat litsenziyaga ega tashkilotlar orqali beriladi.
➡️Ushbu holat bo‘yicha duch kelgan bo‘lsangiz, darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling!

🛡Kibermakonda o'zingiz va yaqinlaringizni asrang!

🌐Website | 💬 Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5😢2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛡 "Check Permission" ilovasidan qanday foydalanish bo'yicha qisqacha qo'llanma

Ilova hozirda 3000 ga yaqin qurilmaning viruslardan himoyalanishida ko'maklashmoqda

Yangi dasturiy ta'minotning muhim jihatlaridan biri — uning oflayn rejimda ishlashi. Bu esa foydalanuvchilarga doimiy internet aloqasiga ehtiyoj sezmasdan qurilmalarini xavfsiz saqlash imkonini beradi.

E'tiborlisi, har 15 daqiqada o‘rnatilgan ilovalar avtomatik tarzda tekshiriladi va xavfli ruxsatga ega ilovalar haqida foydalanuvchi bildirishnoma (notification) orqali ogohlantiriladi.

Ilovani yuklab olish uchun havola bu yerda

✔️Ilova haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lmoqchimisiz? Unda "Kiberxavfsizlik markazi" DUK manziliga tashrif buyurishingiz va mutaxassislardan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

📍Manzil: Toshkent shahri, Taras Shevchenko ko'chasi, 20-uy

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥3👍2
Forwarded from UzCERT Live
⚠️ Murakkab ijtimoiy muhandislik hujumlarini erta to‘xtatish – SOC jamoalari uchun qo‘llanma

💻 Bugungi kunda kiberjinoyatchilar oddiy phishingdan ancha yuqori bosqichga ko‘tarildi. Sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan platformalar va professional darajadagi vositalar yordamida ular ishlab chiqayotgan hujumlarni aslidan ajratish tobora mushkul bo‘lib bormoqda. Oddiy xavfsizlik filtrlari yoki avtomatik himoya tizimlari esa ko‘pincha bu usullarni sezmay qoladi. Eng xavflisi, bunday tahdidlar faqat foydalanuvchi havolani bosgach, CAPTCHA’dan o‘tgach yoki “tasdiqlash” jarayonini bajargachgina o‘zini namoyon qiladi.

⚠️ Shunday sharoitda korxonalarning asosiy vazifasi – hujumni iloji boricha erta aniqlash va uni foydalanuvchilar darajasiga yetib kelmasdan to‘xtatishdir.

📱 Batafsil

#ijtimoiy #muhandislik #SOC #himoya #vosita
🚀 UZCERT xizmatining rasmiy telegram sahifasiga a’zo bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🔥1🤝1
👾 Markaz mutaxassislari tomonidan @Cyberqalqonbot ga kelib tushgan 4000 ga yaqin havola va ilovalar tekshirildi.

Eng ko'p tarqalgan virusli ilovalar quyidagicha:


🔴SudQarori.docx.apk
🔴Video_17.08.mp4.apk
🔴SudQarori[17.08.25].apk
🔴MIBSudTafsilotIlova.apk
🔴MIBSudTafsilotIlova.apk

Yuqorida keltirilgan shubhali ilovlarning barchasi hozirda bloklangan.

@Cyberqalqonbot kelgusidagi jabr va zararlarning oldini oling.

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🔥1
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🙂VIRTUAL MAKONDAGI XAVFSIZLIK - .... ?

Salom, jajji do‘stim! Tasavvur qiling, o‘zingizning virtual uyingiz bor.
Unda eng qadrli narsalaringiz: sevimli suratlaringiz, do‘stlaringiz bilan yozishmalaringiz, muhim fayllaringiz va sirlaringiz saqlanadi. Xuddi haqiqiy uy kabi bu uyni ham kutilmagan mehmonlardan himoya qilish zarur. Bunda kiberxavfsizlik yordam beradi!

Bir soniyaga ko‘zlaringizni yuming va raqamli uyingizni tasavvur qiling.

Eng ko‘p himoya qilishni istagan narsangiz nima?
O‘zingizning sevimli buyumlaringizmi?
Do‘stlaringiz bilan tushgan suratlarmi?
Yashirin yozishmalarmi?

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54😢2🔥1🏆1
Forwarded from UzCERT Live
🚨 Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

⚠️ So‘nggi kunlarda fuqarolarga firibgarlar tomonidan telefon orqali yoki ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy profillarga murojaat qilinib, o‘zlarini “Uzum Market” yoki “Uzum Bank” mutaxassisi sifatida tanishtirish holatlari kuzatilmoqda. Ular fuqarolarga turli ko‘rinishdagi yutuqlarga ega bo‘lganliklarini yoki boshqa bahonalarni aytib, shaxsiy ma’lumotlarini so‘rab olishmoqda. Olingan ma’lumotlardan esa fuqaro nomiga turli banklardan kredit rasmiylashtirishda foydalanilmoqda.

Hurmatli fuqarolar!
Shaxsiy ma’lumotlaringizni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanimagan odamlarga bermang.
Telefon orqali qo‘ng‘iroq qilgan shaxsning shaxsi aniq tasdiqlanmaguncha, hech qanday ma’lumot bermang.
Agar bog‘langan shaxsning kimligini aniq bilmasangiz, ma’lumot aytmang va qo‘ng‘iroqni darhol yakunlang.
Shubhali holatlar yuz bersa, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga darhol xabar bering.


O‘zingiz va mablag‘laringizni himoya qiling!

#firibgar #Uzum #telefon #ijtimoiy #shaxsiy
🚀 UZCERT xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8😢31🔥1👾1
#CyberLibrary #Kiberkutubxona

🔴 Aziz kitobxon! Sizga tavsiya qilinayotgan kitoblarni mutolaa qilyapsizmi?

📚Axborot va kiberxavfsizlik sohasiga qiziquvchilar uchun tavsiya etiladigan 10 ta kitob

Kiberxavfsizlik asoslari
Muallif: S.K.Ganiyev, A.A.Ganiyev, Z.T. Xudoyqulov

The Cuckoo’s Egg: Tracking a Spy Through the Maze of Computer Espionage
Muallif: Clifford Stoll

Sandworm: A New Era of Cyberwar and the Hunt for the Kremlin’s Most Dangerous Hackers
Muallif: Andy Greenberg

Countdown to Zero Day: Stuxnet and the Launch of the World’s First Digital Weapon
Muallif: Kim Zetter

The Hacker and the State: Cyber Attacks and the New Normal of Geopolitics
Muallif: Ben Buchanan

Cult of the Dead Cow: How the Original Hacking Supergroup Might Just Save the World
Muallif: Joseph Menn

The Hardware Hacker: Adventures in Making and Breaking Hardware
Muallif: Andrew “bunnie” Huang

Cyber Wars: Hacks that Shocked the Business World
Muallif: Charles Arthur

The Art of Invisibility: The World’s Most Famous Hacker Teaches You How to Be Safe in the Age of Big Brother and Big Data
Muallif: Kevin Mitnick and Robert Vamosi

Ghost in the Wires: My Adventures as the World’s Most Wanted Hacker
Muallif: Kevin Mitnick and William L. Simon

O‘qish va izlanishdan hech qachon to‘xtamang!

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3😢3👾3👍21😱1
CYBERFACT

👾 Birinchi virus haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Ilk kompyuter virusi “Creeper” nomi ostida 1971-yilda muhandis Bob Tomas tomonidan yaratilgan. Virus kompyuterlarga zarar bermadi, aksincha tajriba bo‘lib xizmat qildi. U ARPANET operatsion tizimiga asoslangan tizimlarni yuqtirib, ekranda quyidagi xabarni ko‘rsatgan: “I am The Creeper, catch me if you can!” (Men Creeperman, agar imkoningiz bo‘lsa, meni tuting!).

Manba:
Creeper: The World’s First Computer Virus

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👏3🔥2😱1👾1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#css2025 #cknews

🦁“CYBERKENT 3.0”da ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

2025-yilning 7-8 oktabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2025” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Dastur doirasida “Cyberkent 3.0” respublika musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan, Kiberxavfsizlik markazi “Cyberkent 3.0”da ishtirok etish istagida bo‘lgan yoshlar uchun saralash bosqichini e’lon qiladi!

Musobaqada quyidagi 3 ta ko‘rinish bo‘lib o‘tadi:

🔴 Hujumchi jamoa (Red team) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 10 ta jamoa tanlab olinadi.

2025-yil 9-sentabr kuni Hujumchi jamoa (Red team) jamoalari uchun saralash bosqichi o‘tkaziladi va unda ishtirok etish uchun arizalar 25-avgustdan 8-sentabrgacha qabul qilinadi. Hujumchi jamoa (Red team) saralash musobaqalari attack.cyberkent.uz orqali onlayn ko‘rinishida bo’lib o‘tadi.

Himoyachi jamoa (Blue team) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 10 ta jamoa tanlab olinadi.

2025-yil 16-sentabr Himoyachi jamoa (Blue team) uchun saralash bosqichi o‘tkaziladi va unda ishtirok etish uchun arizalar 25-avgustdan 15-sentabrgacha qabul qilinadi. Himoyachi jamoa (Blue team) saralash musobaqalari defence.cyberkent.uz sayti orqali onlayn ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi.

❗️Hujumchi jamoa (Red team) saralash bosqichidan o’tgan jamoalar Himoyachi jamoa (Blue team) uchun bo’lib o’tadigan saralash bosqichida ishtirok eta olmaydi.

🟢Ochiq topshiriqlar – Yakka tartibda ishtirok etadiganlar uchun alohida yo‘nalish.

“Cyberkent 3.0” g‘oliblari quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

🔴Hujumchi jamoa (Red team)

🥇1-o‘rin –50 mln so‘m
🥈2-o‘rin –30 mln so‘m
🥉3-o‘rin –10 mln so‘m

Himoyachi jamoa (Blue team)

🥇1-o‘rin –50 mln so‘m
🥈2-o‘rin –30 mln so‘m
🥉3-o‘rin –10 mln so‘m

🟢Ochiq topshiriqlar

🥇1-o‘rin –15 mln so‘m
🥈2-o‘rin –10 mln so‘m
🥉3-o‘rin –5 mln so‘m

Bundan tashqari, g‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Batafsil ma’lumot: (55) 502-10-10
Veb-sayt: cyberkent.uz

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥5🤩4🏆3