SanoqSistemaXamarin.Android [1.0].apk
7.7 MB
#dastur #Xamarin
Xamarin texnologiyasi yordamida yaratilgan yana bir dastur. Ko‘rib baho bering.
Bu dasturda siz ikkilikdan o‘n oltilikkacha bo‘lgan sanoq sistemasidagi sonni xohlagan sanoq sistemasiga o‘tkazishingiz mumkin.
Bundan tashqari xohlagan sanoq sistemasidagi sonlar ustida amallar bajarishingiz mumkin.
👉 @CSharp_N1

#Xamarin #dars 1
XAMARINNI O‘RNATISH
Bugun Xamarin texnologiyasini o‘rganish uchun ilk qadamni qo‘yamiz. Bizga bu texnologiyani o‘rganish uchun Visual Studio 2019 kerak bo‘ladi. Demak bugun Visual Studio va Xamarin texnologiyasini so‘nggi versiyalarini yuklab kompyuterga o‘rnatishni o‘rganamiz. Visual Studio 2019 ning bepul versiyasi ya'ni Visual Studio 2019 Community ni online yuklash uchun uni o‘rnatuvchisi(installer)ni bu yerdan yuklab oling. Yuklab olganingizdan so‘ng sizga kerakli qismlarini belgilaganingizda Xamarinni ham belgilashingiz lozim (pastda suratda ko‘rsatilgan). O‘rnatish yakunlangandan so‘ng siz bemalol bu texnologiyani o‘rganishni boshlashingiz mumkin. Buguncha shu, keyingi darsda o‘rganishni davom ettiramiz.

#Xamarin #dars 2
XAMARIN HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Xamarin bu - C# dasturlash tili orqali krossplatformali mobil dasturlar yaratish uchun freymvork hisoblanadi. Yaʼni Xamarin orqali siz Android, IOS va Windows tizimlarida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun dastur yaratishingiz mumkin. Bu freymvork orqali SDK platformalarning imkoniyatlaridan toʻliq foydalangan holda dastur yaratasiz.
Nega Xamarindan foydalangan holda dastur tuzishimiz kerak? Uning qanday ustunlik tomonlari mavjud?
Aniq statistikaga asoslanadigan bo‘lsak hozirda ko‘plab mobil dastur yaratuvchilar bitta dasturni har xil platformalar uchun turli xil muhitlarda va dasturlash tillarida yaratishadi. Masalan Android uchun Android studio yoki Ellips, dasturlash tili esa Java. IOS uchun Mac OS X va unga qo‘shimcha sifatida maxsus vosita, misol uchun XCode, dasturlash tillari Obyektiv-C yoki Swift. Windows qurilmalar uchun esa Visual Studio, dasturlash tillari C#, VB.NET yoki C++.
Bundan ko‘rinib turibdiki dastur tuzilish vaqti va unga sarflanadigan xarajatlar ko‘p bo‘lishi aniq. Aynan mana shu muammolarni Xamarin orqali bartaraf etish mumkin, chunki Xamarinda bitta dastur yaratasiz va uni uchala platformaga moslab kompilyatsiya qilishingiz mumkin.
Xamarinning ustunlik tomonlari:
1. Barcha platformalar uchun bitta kod yoziladi.
2. Xamarin har bir platformaning API sidan bevosita to‘liq foydalanish imkoniyatini yaratadi.
3. Ilovalarni yaratishda biz .NET platformasidan va C# dasturlash tilidan (shuningdek, F#) foydalanishimiz mumkin, bu juda samarali va ayni paytda aniq va o'rganish uchun oson.
4. Xamarin formalari ko'p platformalarni qo'llab-quvvatlaydi. Asosiy platformalar: Android, iOS, UWP, Tizen. Qo'shimcha platformalar: MacOS, WPF, GTK #.
Xamarin bir necha asosiy qismdan tashkil topgan:
1. Xamarin.IOS - IOS SDK platformalar uchun dastur tuzishga imkoniyat yaratuvchi C# dasturlash tili uchun sinflar kutubxonasi.
2. Xamarin.Android - Android SDK platformalar uchun dastur tuzishga imkoniyat yaratuvchi C# dasturlash tili uchun sinflar kutubxonasi.
3. Android va IOS uchun komplyatorlar.
4. IDE Xamarin Studio.
5. Visual Studio uchun plagin.

#Xamarin #dars 3
VISUAL STUDIO DA KROSSPLATFORMALI PROYEKT YARATISH
Visual Studio 2019 ning Xamarin Formalari uchun krossplatformali proyektni yaratish uchun Mobil App (Xamarin.Forms) deb nomlangan loyiha shabloni ishlab chiqilgan. Loyiha shablonini tezda topish uchun shablonlarni "xamarin" so‘zi yordamida filtrlashingiz mumkin (pastda 1-rasm).
Shablonni tanlagandan so‘ng proyektimizga nom beramiz (pastda 2-rasm).
Nom berib bo‘lgandan so‘ng proyektning boshlang‘ich ko‘rinishi uchun shablon tanlaymiz (pastda 3-rasm). Visual Studio 2019 da 4 xil ko‘rinishdagi boshlang‘ich shablonlari mavjud:
1. Blank App: Minimal funksionallik bilan yaratilgan bo'sh shablon.
2. Tabbed app: Sahifalar orasida harakat qilish uchun yorliqlarni ishlatadigan dastur shabloni.
3. Shell: Bitta sahifadan iborat dastur shabloni.
4. Master Detail: Har bir alohida ro'yxat elementining ma'lumotlarini ko'rsatish uchun ob'ektlar va funktsiyalar ro'yxatini taqdim etish uchun kerak bo'lgan funktsionallikka ega maxsus loyiha shabloni.
Bundan tashqari proyektimizni qaysi platformalarda ishlatishimizga qarab ularni oldindan tanlashimiz mumkin: Android, IOS, Windows (UWP).
Proyektni yaratish uchun OK tugmasini bosamiz va proyekt tayyor.

#Xamarin #dars 4
BO‘SH SHABLON ORQALI DASTUR YARATISH
Oldingi darsda aytib o‘tilgan shablonlar ichidan oddiy bo‘sh shablon orqali proyekt yaratamiz. Yaratgan dasturimiz ishlashni App.xaml va App.xaml.cs fayllaridan boshlaydi.
Bo‘sh dasturda App.xaml.cs faylining boshlang‘ich ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
using System;
using Xamarin.Forms;
using Xamarin.Forms.Xaml;
namespace HelloApp
{
public partial class App : Application
{
public App()
{
InitializeComponent();
MainPage = new MainPage();
}
protected override void OnStart()
{
// Handle when your app starts
}
protected override void OnSleep()
{
// Handle when your app sleeps
}
protected override void OnResume()
{
// Handle when your app resumes
}
}
}
Bu yerdan dastur asosiy qismga MainPage konstruktori orqali o‘tadi.
Asosiy oyna ham MainPage.xaml va MainPage.xaml.cs qismlariga bo‘linadi. XAML faylda oynaning ko‘rinish kodi joylashgan bo‘ladi, ikkinchi C# faylda dasturiy biror ish bajaradigan kod joylashadi. Lekin C# faylda ham ko‘rinish oynasiga element qo‘shish mumkin.
MainPage.xaml faylining boshlang‘ich kodi quyidagicha bo‘ladi:
<?xml version="1.0" encoding="utf-8" ?>
<ContentPage xmlns="http://xamarin.com/schemas/2014/forms"
xmlns:x="http://schemas.microsoft.com/winfx/2009/xaml"
xmlns:d="http://xamarin.com/schemas/2014/forms/design"
xmlns:mc="http://schemas.openxmlformats.org/markup-compatibility/2006"
mc:Ignorable="d"
x:Class="HelloApp.MainPage">
<StackLayout>
<Label Text="Welcome to Xamarin.Forms!"
HorizontalOptions="Center"
VerticalOptions="CenterAndExpand" />
</StackLayout>
</ContentPage>
Bu yerda sahifa asosini ContentPage sinfi tashkil qiladi, xuddi html sahifada html bo‘lgani kabi. Bu sahifa faqat bitta Label dan iborat va unda "Welcome to Xamarin.Forms!" satri yozilgan.
MainPage.xaml.cs fayli esa quyidagi ko‘rinishda:
using System;
using System.Collections.Generic;
using System.ComponentModel;
using System.Linq;
using System.Text;
using System.Threading.Tasks;
using Xamarin.Forms;
namespace HelloApp
{
[DesignTimeVisible(false)]
public partial class MainPage : ContentPage
{
public MainPage()
{
InitializeComponent();
}
}
}
Bu yerda InitializeComponent() metodi orqali MainPage.xaml faylidagi ko‘rinish yuklanadi.
Dasturni ishga tushirish uchun bizga Visual Studio Android Emulator kerak bo‘ladi. Bu haqida keyingi darsimizda to‘xtalib o‘tamiz.

#Xamarin #dars 5
DASTURNI ANDROID QURILMADA ISHGA TUSHIRISH
Dasturni android qurilmada ishga tushirishdan oldin uni sozlashlarini o‘zimizga moslashtirishimiz lozim. Ya'ni dasturimiz qaysi android versiyalarida ishlashini, minimal va maksimal android versiyalarini android dastur sozlamalaridan (pastda 1-rasm), android manifect qismida sozlab olamiz (pastda 2-rasm). Agar uni minimal versiyasini kattaroq qilib o‘rnatsak undan kichkina versiyadagi qurilmalar dasturimizni o‘rnata olmaydi.
Demak endi dasturni ishga tushirishni ko‘rib chiqamiz. Visual Studio da yaratgan dasturimizni android qurilmada ishga tushirishning bir necha usuli mavjud:
1. Visual studioning o‘zining android qurilmalari orqali (pastda 3-rasm). Buning uchun qurilmalar dasturiy ta'minotini internetdan yuklab olishimiz lozim bo‘ladi.
2. Visual studio emulator for Android orqali (pastda .exe fayl). Bu emulyatorda ham bir necha qurilmalarning variantlari mavjud o‘zingizga keraklisini internetdan yuklab olishingiz lozim.
3. O‘zimizning android qurilmamiz orqali. Eng oson va qulay usuli. Buning uchun telefonni USB orqali kompyuterga ulash lozim va telefonni bunga sozlash lozim.
Samsung galaxy S7 edge da sozlash:
SOZLAMALAR -> TELEFON HAQIDA -> DASTUR HAQIDA MA'LUMOT qismida kirasiz va Reliz raqami qismini bir necha marotaba tez bosasiz (pastda 4-rasm). Shunda Ishlab chiqaruvchi opsiyalari bo‘limi ochiladi (pastda 5-rasm). Unga kirib USB vositalari qismini yoqib qo‘ysangiz bo‘ldi (pastda 6-rasm). Qurilmangiz visual studioning qurilmalar ro‘yxatida ko‘rinadi (pastda 7-rasm).
Vanihoyat ilk dasturimizni ishga tushirishimiz mumkin (pastda 8-rasm).

Xamarin_XAML_va_CS_fayllarining.wmv
41.2 MB
#Xamarin #videodars
Vanihoyat kutilgan birinchi videodars tayyor! Video uzun bo‘lib ketgani va hajmi katta bo‘lib ketgani uchun WMV formatida tashladim.
Bu videodarsda oldingi darslarning barchasini amaliy ko‘rsatib o‘tilgan. Albatta ko‘rib o‘rganing va o‘z fikrlaringizni bildiring!