💻 ℂ++ ℍ𝕦𝕓 𝕌ℤ
5 subscribers
2 files
1 link
Download Telegram
💻 Assalomu alaykum, C++ ixlosmandlari! 😀

Ushbu kanal C++ dasturlash tilini noldan o'rganayotganlar, o'z bilimlarini mustahkamlamoqchi bo'lganlar va professional dasturlashga qiziquvchilar uchun ochildi. 🚀


🎯 Bizning maqsadimiz:
O'zbek tilidagi sifatli dasturlash kontentini yaratish va murakkab tushunchalarni oddiy tilda tushuntirish. 🧠


📚 Kanalda nimalar bo'ladi?

C++ tili asoslari bo'yicha darsliklar;📖📚


Mantiqiy masalalar va ularning optimallashtirilgan yechimlari; 🧩


Algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmasi; 🗄️


Dasturlash olamidagi yangiliklar va foydali maslahatlar. 📰💡


"Dasturlash — bu faqat kod yozish emas, bu muammolarni yechish san'atidir." 🎨🖥️

Bilim ulashish yo'lidagi ilk qadamimiz xayrli bo'lsin! 🚀🌟


#Cplusplus #Programming #FirstPost #Developer #CPP_Hub_UZ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥1👍1🔥1
Nima uchun aynan C++ ? 🤔💻

Dasturlash olamida yuzlab tillar bor, lekin C++ o'n yillardan beri o'z taxtini hech kimga bermay kelmoqda. Nima uchun gigant kompaniyalar (Google, Microsoft, NASA) hali ham ushbu tilga tayanadi?

🚀 1. Tezlikka cheklov yo'q
C++ — "apparatga yaqin" til. U kompyuter xotirasini va resurslarini to'g'ridan-to'g'ri boshqaradi. Agar sizga maksimal tezlik kerak bo'lsa (masalan, yuqori grafikali o'yinlarda), C++ ga teng keladigan tilda yo'q.


🎮 2. Geymdev (O'yinlar olami) qiroli
Siz sevib o'ynaydigan GTA V, Counter-Strike, PUBG kabi o'yinlarning asosi C++ da yozilgan. Mashhur Unreal Engine dvigateli ham aynan shu tilga tayanadi.


🛡️ 3. Kiberxavfsizlik va Tizimlar
Operatsion tizimlar (Windows, Linux, macOS) va antiviruslarning yadrosi C++ da qurilgan. Kiberxavfsizlik sohasida tizimni ich-ichidan tushunish va himoyalash uchun bu tilni bilish shart!


🛰️ 4. Kosmos va Tibbiyot
Marsga uchayotgan roverlardan tortib, eng murakkab tibbiy skanerlargacha — xatolikka o'rin bo'lmagan joyda C++ ishlatiladi.


💡 Xulosa: C++ ni o'rganish — bu shunchaki kod yozish emas, balki kompyuterning qanday "nafas olishini" tushunishdir. Agar siz bu tilni o'zlashtirsangiz, boshqa har qanday tilni o'rganish siz uchun o'yinchoq bo'lib qoladi.

#Cplusplus #WhyCPP #Programming #Gamedev #CyberSecurity #CPP_Hub_UZ
2❤‍🔥1👍1🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥11🔥1👌1
" Ovoz bering " 🎙

Natijaga qarab birinchi amaliy darsimizni rejalashtiramiz! 🚀
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥11👏1
1-dars: Muhitni sozlash (Hamma qurilmalar uchun) 🛠

C++ kodini yozish va ishga tushirish uchun bizga Compiler (kodni mashina tiliga o'giruvchi) va IDE (kod yoziladigan muhit) kerak. Quyida qurilmangizga mosini tanlang:


// 💻 KOMPYUTER UCHUN (Desktop)


1. Windows:

- "Code::Blocks" (Eng mashhur tanlov, MinGW bilan yuklash tavsiya etiladi)
- "Visual Studio" (Eng kuchli va professional muhit)
- "Dev-C++" (Yengil va oson, boshlovchilar uchun)


2. MacOS:

- "Xcode" (Apple tomonidan yaratilgan rasmiy IDE)
- "Clang" (Terminal orqali ishlatiladigan kompilyator)


3. Linux:

- "GCC / G++" (Terminal: sudo apt install build-essential)
- "CLion" (Juda kuchli professional IDE)


// 📱 MOBIIL QURILMALAR UCHUN (Mobile)


1. Android:

- "Cxxdroid" (Eng tavsiya etilgan, oflayn ishlaydi)
- "Termux" (Terminalni yaxshi ko'radiganlar uchun)


2. iOS (iPhone/iPad):

- "Mobile C" (Oddiy va samarali)
- "C++ Compiler" (AppStore'da mavjud)


Men " code::blocks " ishlataman 😊

#Dars_1 #Setup #Programming #CPP_Hub_UZ #CodeBlocks
❤‍🔥21👍1🔥1
📌 1-dars: Dasturlashga kirish va "Ish qurollari" 🛠️

Har qanday katta sayohat birinchi qadamdan boshlanadi. 🚀 Ushbu darslik orqali biz dasturlashning "parda ortidagi" dunyosiga nazar tashlaymiz👁️


📖 Darslikning asosiy nuqtalari:

* Dasturlash nima? 🤔 — Bu shunchaki kod yozish emas, balki kompyuter va boshqa mikroprotsessorli qurilmalar uchun ko'rsatmalar berish jarayonidir. 📝


* Texnik va Dasturiy ta'minot 💻 — Kompyuterning "tanasi" (Hardware) va uning "ruhi" (Software) o'rtasidagi bog'liqlikni tushunib olasiz. 🧠⚙️


* Dasturlash tillari iyerarxiyasi 🌐 — Nima uchun C++ "yuqori darajali" til hisoblanadi va u inson tiliga qanchalik yaqin? 🗣️


* Code::Blocks 🧰 — C++ tilida professional kod yozish uchun ilk ish muhitini o'rnatishni o'rganasiz. ⚙️🔧


💡 Nima uchun buni bilish muhim?
Kiberxavfsizlik sohasida faoliyat yuritmoqchi bo'lgan mutaxassis uchun tizimning qanday ishlashini bilish (Hardware/Software) juda muhim. Agar siz kompyuterning ishlash mantiqini tushunsangiz, undagi zaifliklarni topish ancha osonlashadi🔒🔎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤‍🔥1👏1
#include <iostream>
using namespace std;

int main() {

cout << "Hello World" << endl;

return 0;
}
2👍1🔥1👏1
super-adb-manager.zip
1.4 MB
Kichikroq "Super ADB Manager" nomli Loyiha 🛠️
1❤‍🔥1👍1🔥1👨‍💻1
Terminal.apk
19 MB
Bu esa ilovasi (.apk) 📲
❤‍🔥111👍1🔥1