Competitive Programming Uz
1.24K subscribers
92 photos
5 videos
26 files
87 links
Uzbek Competitive Programmers’ Community

Join our Discord:
https://discord.gg/dMb3a99tPv

Contact us:
@cp_uz_support
Download Telegram
Forwarded from Digital.edu
O‘zbekiston mezbonlik qilgan APIO 2025 olimpiadasining natijalari bugun e’lon qilinadi

🏷O‘zbekiston mezbonligida o‘tgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi joriy yilda Singapur, Xitoy, Malayziya va Misr kabi 40dan ziyod davlatdan 900 ga yaqin o‘quvchi yoshlarni qamrab oldi. Unda 50 nafardan ziyod yoshlarimiz O‘zbekiston sharafini himoya qildi.


Natijalar bugun, 27-may kuni, soat 14:00da onlayn tarzda namoyish etiluvchi yopilish marosimida e’lon qilinadi va g‘oliblar medallar bilan taqdirlanadi.

Yopilish marosimini jonli efirda tomosha qiling: havola

O‘zbekistonlik ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularning yutuqlarini nishonlash uchun marosimni o‘tkazib yubormang.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍332
Forwarded from Rustam Karimjonov
🇺🇿O‘zbekiston mezbonlik qilgan xalqaro olimpiadada yoshlarimiz 3ta medal qo'lga kiritdi!

🏆 Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi (APIO 2025) ning yakuniy natijalari e’lon qilindi. 40dan ziyod davlatdan 900 ga yaqin o‘quvchi yoshlar ishtirok etgan musobaqada O‘zbekistonlik uch nafar yosh dasturchi BRONZA MEDALI bilan taqdirlandi:

🥉 Javohir Toshtemirov - Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o'quvchisi
🥉 Izzat Akbarov - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o'quvchisi
🥉 Timur Qadirbergenov - Nukus shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o'quvchisi

Musobaqa joriy yilda O‘zbekiston mezbonligida, onlayn tarzda o‘tkazildi. Ishtirokchilar 5 soat davomida C++ tilida murakkab algoritmik masalalarni yechish orqali bellashdilar.

🎆 G‘oliblarni va ularning yaqinlarini samimiy tabriklaymiz. Bu yutuq — yurtimiz yoshlarining xalqaro IT musobaqalarida munosib ishtirok etayotganining yana bir yorqin dalilidir.

Navbatdagi muhim IOI 2025 hamda EGOI 2025 musobaqalarida O'zbekiston nomini himoya qiluvchi yoshlarimizga ham yanada katta yutuqlar tilaymiz!

🏆 Mazkur olimpiadalar 2026-yil Toshkentda 100 dan ortiq davlatlarning eng iqtidorli yoshlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro IOI olimpiadasi uchun muhim qadamdir.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
👍83🔥22
🇧🇴 IOI 2025 🏆

🇺🇿 O'zbekiston terma jamoasi a'zolari saralab olindi.

- Asilbek Sunnatov, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 11-sinf
- Sardor Salimov, Navoiy Prezident maktabi, 9-sinf
- Timur Qadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 10-sinf
- Ulug'bek Rahmatullayev, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf

Ushbu o'quvchilar 27-iyul — 3-avgust kunlari 🇧🇴 Boliviyada bo'lib o'tadigan Xalqaro Informatika Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

🧑‍💻 @cp_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3810👍84🗿3
Forwarded from Iqtidorlar maktabi
📢 ENDI BIZ: IMO + IOI + IOAI!

🇺🇿 Iqtidorlar maktabi endi faqat matematika emas —
yurtimizdagi iqtidorli o‘quvchilarni quyidagi yo‘nalishlarda tayyorlaydi:
🔹 IMOXalqaro matematika olimpiadasi
🔹 IOIXalqaro informatika olimpiadasi
🔹 IOAIXalqaro sun’iy intellekt olimpiadasi

🧠 5-sinfdan boshlab o‘quvchilarga chuqurlashtirilgan tayyorgarlik taklif etiladi:
Mantiqiy va kreativ fikrlash
Dasturlash asoslari va algoritmlar
Sun’iy intellekt va neyron tarmoqlar
Olimpiadalarga yuqori darajadagi tayyorgarlik

💻 HOZIRDA:
Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) jamoasining a’zolari bilan tayyorgarlik mashg‘ulotlari boshlanib ketgan.

🤖 YAQIN KUNLARDA:
Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasi (IOAI) uchun saralash bosqichlari e’lon qilinadi!

🎉 Yana bir muhim yangilik:
Iqtidorlar maktabi rasmiy ravishda IOAI – Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasining
🇺🇿 O‘zbekiston bo‘yicha akkreditatsiyalangan vakili bo‘ldi!

📄 Bu bizga mamlakatimiz nomidan eng iqtidorli yoshlarni tanlab, xalqaro bosqichda ishtirok ettish imkonini beradi.

🎯 Maqsadimiz: O‘zbekistonning global arenadagi iqtidorli yoshlarini tarbiyalash!

🚀 Iqtidorlar maktabi – kelajagingiz shu yerdan boshlanadi!
🔥23🗿8👍753👎1
🇺🇿O'zbekiston terma jamoasi 🏆 Yevropa Qizlar Informatika Olimpiadasida ishtirok etmoqda.

Olimpiada 14-20 iyul kunlari 🇩🇪Germaniyaning Bonn shahrida bo'lib o'tadi. Terma jamoamiz a'zolari:
- Oysha Mirzatillayeva, Toshkent shahri, 8-sinf
- Malika Xojamuratova, Qoraqalpog'iston Respublikasi, 9-sinf
- Solixa Dagarova, Samarqand viloyati, 11-sinf
- Durdona Akramova, Jizzax viloyati, 10-sinf

🚀 Ishtirokchilarimizga omad tilaymiz!

🧑‍💻 @cp_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24🔥96👍4👏2
🏆 EGOI 2025 Day 1

Birinchi kun musobaqasi boshlandi. Online natijalar:
- https://scoreboard.egoi2025.de

🧑‍💻 @cp_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15751
🏆 EGOI 2026 🇮🇹Italiyaning Cesenatico shahrida, 12-18 may kunlari bo'lib o'tadi.

🧑‍💻 @cp_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥23764
Competitive Programming Uz
🏆 EGOI 2025 Day 1 Birinchi kun musobaqasi boshlandi. Online natijalar: - https://scoreboard.egoi2025.de 🧑‍💻 @cp_uz
🏆 EGOI 2025 Day 2

Ikkinchi, hal qiluvchi kun boshlandi. Online natijalar:
- https://scoreboard.egoi2025.de

Ishtirokchilarimizga omad tilaymiz.

🧑‍💻 @cp_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1582👍1
🏆 EGOI 2025

Ikkinchi kun yakunlandi. Norasmiy natijalarga ko'ra, 🇺🇿 O'zbekistonlik o'quvchilar 2ta medalni qo'lga kiritishdi.

🥉Bronza medali — Oysha Mirzatillayeva, Olmazor tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi, 8-sinf
🥉Bronza medali — Malika Xojamuratova, Nukus shahar 1-sonli Ixtisoslashtirilgan maktabi, 9-sinf

Yakuniy natijalar ertaga, yopilish marosimida e'lon qilinadi.

🧑‍💻 @cp_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥325👎5👍3👏22
🏆 Almaty Code Cup x Qazaq Programming Contest 🇰🇿

Maktab o'quvchilari uchun sport dasturlash musobaqasida qatnashing!

Musobaqa Qozog'istonning informatika jamoasi a'zolari tomonidan tayyorlangan bo'lib, unda ixtiyoriy davlatdan 7-11 sinf o'quvchilari qatnashishi mumkin. Contest ICPC formatida, ishtirokchilar 3 kishilik jamoa tuzishlari talab etiladi.

💰 Musobaqada pullik sovrinlar, shuningdek universitetlarga grantlar va chegirmalar yutish imkoniyati bor.

🗓 Saralash bosqichi 6-avgust kuni codeforces.com platformasida o'tqaziladi. Eng yaxshi 32ta jamoa Olmaotadagi final bosqichiga yo'l oladi.

🚀 Registratsiya — https://forms.gle/d7Gyg3FLuksaJKTS7

Saralash va final bosqichlaridan oldin sizga link, username va parol jo'natiladi. Musobaqa haqida ma'lumotlardan xabardor bo'lib turish uchun @AlmatyCodeCup telegram kanaliga a'zo bo'ling.

🧑‍💻 @cp_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥105
🇺🇿O'zbekiston terma jamoasi 🏆 Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etmoqda.

Olimpiada 🇧🇴Boliviyaning Sucre shahrida 27-iyul — 3-avgust kunlari bo'lib o'tadi. Terma jamoamiz a'zolarini yana bir eslatib o'tamiz:
- Asilbek Sunnatov, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 11-sinf
- Sardor Salimov, Navoiy Prezident maktabi, 9-sinf
- Timur Qadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 10-sinf
- Ulug'bek Rahmatullayev, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf

🚀 Ishtirokchilarimizga omad tilaymiz!

🧑‍💻 @cp_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥33118🗿3👎2
Competitive Programming Uz
IOI 2025 🏆 Birinchi kun musobaqasi boshlandi. Online natijalar: - ranking.ioi2025.bo 🧑‍💻 @cp_uz
Qulaylik uchun 🇺🇿O'zbekistonlik o'quvchilarning jo'natmalarini quyidagi kanalda kuzatishingiz mumkin:

@ioi_2025_uzb_team_scoreboard

🧑‍💻 @cp_uz | @KepUZChannel
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥115👍41
Competitive Programming Uz
IOI 2025 🏆 Birinchi kun musobaqasi boshlandi. Online natijalar: - ranking.ioi2025.bo 🧑‍💻 @cp_uz
IOI 2025

Ikkinchi, hal qiluvchi kun boshlandi.

🇺🇿 O'zbekistonlik o'quvchilarning online natijalari:
- @ioi_2025_uzb_team_scoreboard

🏆 Umumiy natijalar:
- ranking.ioi2025.bo

🧑‍💻 @cp_uz | @KepUZChannel
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1133
IOI 2025 🏆

Ikkinchi kun yakunlandi. Norasmiy natijalarga ko'ra, 🇺🇿O'zbekistonlik o'quvchilar 2ta medalni qo'lga kiritishdi.

🥈Kumush medal — Asilbek Sunnatov, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 11-sinf
🥉Bronza medali — Ulug'bek Rahmatullayev, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf

Yakuniy natijalar ertaga, umumiy yig'ilishda tasdiqlanganidan so'ng e'lon qilinadi.

🧑‍💻 @cp_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
129🔥31157👏5👍22
IOI 2025 🏆

Yig'ilishda IOI 2025 natijalari tasdiqlandi. Shuningdek, 2028 va 2029-yillar uchun ham mezbonlar e'lon qilindi.

IOI 2026 — 🇺🇿 O'zbekiston, Toshkent, 9-16 avgust
IOI 2027 — 🇩🇪 Germaniya, Potsdam
IOI 2028 — 🇯🇵 Yaponiya
IOI 2029 — 🇧🇬 Bolgariya

🧑‍💻 @cp_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥33148431