Haqiqat va hayot
29 subscribers
31 photos
23 videos
3 files
101 links
Mixsed Subjects
Download Telegram
Ma’naviyat "O‘g‘rilari": Qachondan beri bo‘ri qo‘ylarga dars o‘tyapti?

Jamiyatimizda ba’zan shunday manzaraga duch kelamizki, kulishni ham, kuyishni ham bilmaysan.
Qo‘li egriligi bilan nom chiqargan, birovning haqidan hazar qilmaydigan "uddaburon" bir kun kelib minbarga chiqib olsa-yu, sadoqat va halollik haqida va’z aytsa!

Bu shunchaki paradoks emas, bu — ma’naviy istehzo.

Aybdorning tili nima uchun shunchalik uzun?

O‘g‘rining o‘g‘irlik qilmaslik haqida gapirishi — o‘zini pok ko‘rsatishga urinishdir.
Uning nazdida, balandparvoz gaplar ortiga yashirinish o‘tmishdagi qilmishlarini yuvib yuborgandek tuyuladi.
Ammo xalqning ko‘zi tarozi. Insonning og‘zidagi gapi bilan qo‘lidagi ishi bir-biriga qarama-qarshi kelsa, uning so‘zlari qog‘ozdagi kabi qadrsiz bo‘lib qoladi.

Nafasni isrof qilmaslik kerak
Axloq haqida gapirish uchun inson avvalo shu axloqqa munosib yashashi kerak.
Qo‘li pok bo‘lmagan kimsaning "halollik" haqidagi ma’ruzasi tinglovchining ensasini qotiradi, xolos.
Bu xuddi suvni loyqatib turib, boshqalarga "suvni toza saqlang" degandek gap. Bunday "va’zxonlik" jamiyatda qadriyatlarning qadrsizlanishiga olib keladi: yoshlar "demak, o‘g‘irlik qilib ham dars bersa bo‘larkan-da" degan noto‘g‘ri xulosaga kelishi mumkin.

Xulosa o‘rnida
Haqiqiy tarbiya — tilda emas, amalda bo‘ladi.
Agar o‘g‘ri haqiqatdan ham o‘zgargan bo‘lsa, u va’z aytmasin, balki qilgan zararlarini qoplasin va jim yashasin.
Zero, "halollik" so‘zi nopok og‘izlarda shunchaki tovushga aylanadi. Jamiyatga "gapiradigan" emas, "yashaydigan" namuna kerak.

https://t.me/comfortable_live1
⚡2❤1🔥1👏1
🤗🤗🤗
🔥4❤2🥰1
Nima sababdan ko‘pchilik mamlakatlarda milliy valyuta banknotalarining nominal qiymati vaqt o‘tishi bilan yiriklashib boradi?

Pul massasi boshqaruvi, inflyatsiya va naqd pulga bo‘lgan talab bilan bog‘liq va quyida asosiy sabablarni misollar bilan tushuntirib o‘taman.

1. “Iqtisodiy o‘sish va tovar aylanmasi ortishi”
Har yili mamlakat iqtisodiyoti o‘sadi (yangi tovarlar, xizmatlar, aholi daromadi, YaIM). Buning uchun muomalada “ko‘proq pul bo‘lishi” kerak.

2. “Eskirgan va yaroqsiz banknotalarni almashtirish”
Pul belgilari yirtiladi, ifloslanadi, ishdan chiqadi. Markaziy banklar har yili eski banknotalarni yig‘ib olib, o‘rniga yangilarini chiqaradi.

3. “Inflyatsiya va nominal qiymat moslashuvi”
Narxlar oshganda, odamlarga ko‘proq “yuqori nominaldagi banknotalar” kerak bo‘ladi (kundalik xaridlar uchun mayda pullar qulay emas).

4. “Sezoniylik va bayramlar”
Yangi yil, Navro‘z, Qurbon hayiti kabi davrlarda naqd pulga talab keskin oshadi (sovg‘alar, bonuslar, sayohatlar). Markaziy banklar buni oldindan hisoblab, yangi banknotalarni zaxiradan chiqaradi.

5. “Soxta pulga qarshi kurash”
Har yili yangi banknotalar himoya elementlarini (gologramma, suv belgisi, mikrotekst) takomillashtirish uchun chiqariladi. Qalbaki pul ishlab chiqaruvchilardan oldin borish kerak.

6. “Zaxira va strategik maqsadlar” Markaziy banklar kutilmagan talab (masalan, banklarda naqd pul inqirozi) uchun zahiradagi banknotalarni yil davomida yangilab turadi.

Xulosa qilib aytganda
Yiliga yirik raqamli banknotalar ishlab chiqarilishi – bu “normal iqtisodiy jarayon”. U naqd pulga bo‘lgan tabiiy talabni qoplash, eskilarni almashtirish, inflyatsiyaga moslashish va xavfsizlikni oshirish uchun zarur.

Agar mamlakatda inflyatsiy yoki aholi daromadi oshmasa, banknotalar kam chiqariladi (masalan, Yaponiyada 2000-yildan beri yangi 2000 iyen chiqmagan).

https://t.me/comfortable_live1
🔥2👍1💯1🤝1
2026-yilda quyidagi sohalar eng talabgir va yuqori daromadli hisoblanadi.

IT va Sun’iy Intellekt (AI)
Nega aynan IT?
IT sohasi hozirgi kunda eng tez rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biri. Dasturchilar va AI mutaxassislari nafaqat o‘z davlatida, balki xalqaro bozorda ham ishlash imkoniga ega.

Afzalliklari:
Yuqori daromad
Masofadan ishlash imkoniyati
Global talab.

Tibbiyot sohasi
Doimiy talabdagi kasb.

Tibbiyot — har doim kerak bo‘ladigan va qadri yo‘qolmaydigan soha. Ayniqsa tor mutaxassisliklar (jarroh, stomatolog, nevrolog) juda yuqori daromad keltiradi.

Afzalliklari:
Barqaror ish
Jamiyatda yuqori hurmat
Uzoq muddatli daromad.

Biznes va moliya.
Pul boshqarishni bilgan yutadi
Marketing, menejment va moliya yo‘nalishlari orqali katta daromad qilish mumkin. Ayniqsa tadbirkorlik ko‘nikmalari rivojlangan bo‘lsa, daromad chegarasi yo‘q.

Afzalliklari:
O‘sish imkoniyati yuqori
Shaxsiy biznes ochish imkoniyati
Passiv daromad qilish imkoniyati.

Energetika (Green Energy)
Kelajak sohasi
.
Quyosh va shamol energiyasi kabi “yashil energetika” yo‘nalishlari butun dunyoda tez rivojlanmoqda. Bu esa yangi ish o‘rinlari va katta imkoniyatlar yaratmoqda.

Afzalliklari:
Kelajakda katta talab
Innovatsion yo‘nalish
Davlat va xalqaro investitsiyalar

Texnik kasblar.
Amaliy ko‘nikma — doim pul keltiradi
Elektrik, mexanik, muhandis kabi texnik kasblar ham tobora talabgir bo‘lib bormoqda.

Afzalliklari:
Tez ish topish imkoniyati
Doimiy daromad.

Amaliy bilimlar.
To‘g‘ri tanlov formulasi
Ko‘pchilik xato qiladi — “trend” yoki boshqalar tanlagani uchun yo‘nalish tanlaydi. Bu esa kelajakda muammolarga olib keladi.

To‘g‘ri formula:
Qiziqish + Talab + Daromad
Agar shu 3 omil birlashsa — siz to‘g‘ri yo‘ldasiz.


Xulosa
2026-yilda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun eng muhimi — ongli tanlov qilish. IT, tibbiyot, biznes, energetika va texnik kasblar eng istiqbolli yo‘nalishlar hisoblanadi.
Ammo faqat daromadga emas, o‘z qiziqishingizga ham e’tibor bering.

https://t.me/comfortable_live1
❤1👍1🔥1
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan bir o‘zbek birodarimizning xato qilib qo‘ygan haqidagi vidoe tarqaldi.
To‘g‘risi Musulmon musulmonni g‘o‘shtidan muloyim va yumshoqgina qazon kabob yeyotganday tuyuldi menga.

Birodarining Aybi va Millatning Or-Nomusi oyoq osti qilayotganlar.
Islomiy Tarbiya va Zamonaviy Jaholat

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda o‘z vatandoshining xatosini videoga olib, uni sharmanda qilish orqali "tanilish, layk va auditoriya" yig‘ayotganlar Islomning eng asosiy axloqiy ustunlaridan birini oyoq osti qilmoqda.
Islom dini – bu nafaqat ibodat, balki birovning aybini yashirish, uni balodan qutqarish va musulmonning nomusini himoya qilish dinidir.
1. Aybni yashirish – Ilohiy sifat
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) aytganlar: "Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh taolo qiyomat kunida uning aybini berkitadi" (Buxoriy rivoyati).

Endi tasavvur qiling: bir inson musofirlikda adashdi, mastlikmi yoki boshqa sabab bilan politsiyaga tushdi. Uning bu holatini butun dunyoga yoyish – bu nafaqat o‘sha shaxsga, balki uning ortidagi ota-onasi, ayoli va farzandlariga qilingan zulmdir.
Islom dinida birovning aybini ochish "ma’naviy qotillik" bilan barobardir.
2. Musulmon – musulmonga qalqon
Islomda musulmonlar bir tanu bir jondir.
Agar tananing bir a’zosi og‘risa, butun tana bezovta bo‘ladi. Ammo bugun AQSHdagi o‘zbek birodarining holatini masxara qilib tarqatayotganlar, tananing bir qismini kesib, dushmanga ko‘rsatayotgan kimsalarga o‘xshaydi.

3.Biz o‘zimiznikining kichik xatosini (shaxsiy gunohini) fosh qilishda "qahramonmiz".

Haqiqat; Lekin Isroil va AQSH kabi tajovuzkor kuchlar Butun sharqda minglab musulmonlarni qirib tashlayotganda, ularning haq-huquqini himoya qilishga, bu zulmga qarshi xalqaro maydonda birlashishga kelganda kar va saqov bo‘lib qolamiz.

4.Nima uchun o‘sha videoni tarqatganlar AQSHning Isroilga berayotgan harbiy yordami, begunoh go‘daklarning qoni to‘kilayotgani haqida video olib, global norozilik uyg‘otmaydi?

Chunki o‘z vatandoshini sharmanda qilish oson va xavfsiz.
Bu – qo‘rqoqlik va ma’naviy tanazzulning eng yuqori nuqtasidir.
5.Haqiqiy musulmon o‘z birodarining aybini ichida saqlab, unga nasihat qiladi, ammo dushman (zulmkor davlatlar) tarafidan qilinayotgan ochiqdan-ochiq qatliomlarga qarshi nafratini bildiradi.
Qur’oni Karimda birovning ortidan g‘iybat qilish va uning aybini qidirish "o‘lgan birodarining go‘shtini yeyish" bilan tengli aniq va ravon ko‘rsatilgan.
Bugun Instagram va Telegram’da birovning sharmandaligini tomosha qilayotganlar, aslida o‘sha "o‘lik go‘shtidan"dan yeyotganlardir.
Xulosa o‘rnida aytishim joizki AQSH yoki boshqa kuchlar musulmonlar qonini to'kayotgan bir paytda, bizning ichimizdan bir-birimizga chog‘ qazuvchilar chiqishi – bu eng katta fojiadir.
Xato qilgan odam o‘zi davlatchilik va yeru ko‘kni yaratgan oldida o‘zi javob beradi.

Ha aytgancha o‘sha do‘stimiz davlat oldidagi gunohini 1.000$ bilan yuvibdi siz yaratgan egamiz oldida gunohlaringizni qanday yuvasiz?

https://t.me/comfortable_live1
QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi.

QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirishning yagona tartibi hamda yagona QR-kod tizimi ishtirokchilarining vazifalari belgilandi.

Adliya vazirligi yagona QR-kod bo‘yicha idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat prezident farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan, ushbu farmon bilan barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yuridik shaxslar uchun bosqichma-bosqich yagona QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish tizimi joriy etilishi belgilangan.

Hujjatda QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirishning yagona tartibi hamda yagona QR-kod tizimi ishtirokchilarining vazifalari belgilandi.

Yagona QR-kod – foydalanuvchilarga istalgan bank yoki to‘lov tashkilotining mobil ilovasi orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Mazkur qoidalar quyidagilarni nazarda tutadi:

- QR-kodlar statik va dinamik turlarga ajratiladi;
- barcha to‘lov tizimlarining yagona QR-kod tizimi orqali o‘zaro integratsiyasi ta’minlanadi;

- QR-kod tizimi operatori tomonidan to‘lovlar haqidagi ma’lumot va hisob-kitoblar avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi va real vaqt rejimida QR-kod tizimi ishtirokchilariga yetkaziladi;

- QR-kod tizimi doirasida mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati va murojaatlarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuklab olish imkoniyati yaratiladi.

Qoidalarga ko‘ra, har bir foydalanuvchiga mobil ilovalar orqali QR-kodni skanerlash, to‘lov summasini tasdiqlash va har bir operatsiya bo‘yicha onlayn ma’lumotnoma olish va tranzaksiyalar tarixi bilan tanishish imkoniyati taqdim etiladi.
▫️Aqlning go‘zalligi — Fikr bilan;

▫️Ruhning go‘zalligi — Shukur bilan;

▫️Tilning go‘zalligi — Sukut bilan;

▫️Qalbning go‘zalligi — Zikr bilan;

▫️Holatning go‘zalligi — Hidoyat bilan;

▫️So‘zning go‘zalligi — Rostgo‘ylik bilan;

Jaloliddin Rumiyning "Masnaviyi ma'naviy" asaridan
🔥2⚡1❤1
Pareto” qonuni haqida eshitganmisiz?

Bu qonunga ko‘ra, 20% harakat natijaning 80% ni beradi. Va bu mutlaqo hamma joyda ishlaydi.

Biznesda — mijozlaringizning 20 foizi sizga daromadingizning 80 foizini keltirishi mumkin.

Ta’limda — darslikning 20 foizida barcha kerakli ma’lumotlarning 80 foizi bo‘ladi.

Hayotda — bugun siz rejalashtirgan o‘nta narsadan ikkitasi qolgan sakkiztasidan muhimroq bo‘ladi.

Bundan xulosa qilinadiki, diqqatimizni, avvalo, shu 20% ga qaratishimiz kerak.

Vilfredo Paretoning Siyosiy iqtisod asaridan.
👍2✍1⚡1🔥1🕊1💯1
GDP deflyatori nima?

GDP deflyatori – bu mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar narxlarining umumiy o‘zgarishini o‘lchaydigan inflyatsiya ko‘rsatkichi.

U nominal YaIMni real YaIMga bo‘lib, 100 ga ko‘paytirish orqali topiladi.

GDP deflyatori kashf etgan olim – aniq bir kishi yo‘q.
Asosini Simon Kuznets (Nobel mukofoti sovrindori) 1934-yillarda milliy hisoblar tizimini yaratish orqali qo‘ygan.

Deflyator g‘oyasi keyinchalik iqtisodchilar va statistiklar jamoasi tomonidan rivojlantirilgan.

Formulasi.
GDP deflyatori=Nominal YaIM\Real YaIM*100
Mazmuni: 100 dan katta bo‘lsa – inflyatsiya, kichik bo‘lsa – deflyatsiya borligini bildiradi.

Misol.
Misol bilan tushuntirib o'taman.
Aytaylik, 2025-yilda

Nominal YaIM = 500 trillion so‘m

Real YaIM (2020-yil o‘zgarmas narxlarida) = 400 trillion so‘m

U holda
GDP deflyatori = (500 / 400) × 100 = 125

Bu degani, 2020-yildan 2025-yilgacha iqtisodiyotdagi narxlar darajasi 25% ga oshgan (125 - 100 = 25).

Yodda tuting
Deflyator 1 (yoki 100%) dan katta bo‘lsa → inflyatsiya (narxlar oshgan bo'ladi).

Deflyator 1 (yoki 100%) dan kichik bo‘lsa → deflyatsiya (narxlar tushgan bo'ladi).
🔥2👍1👏1👌1
Dunyoda qaysi avtomobil brendlari yetakchilik qilmoqda?

Tahlillarga ko‘ra, Toyota Shimoliy Amerika, Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyoda kuchli ustunlikni saqlab qolmoqda. Biroq ko‘plab davlatlar hali ham mahalliy avtomobil brendlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Bu esa qayerda global brendlar yetakchi ekani va qayerda milliy ishonch hal qiluvchi omil bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi.
🔥2👍1
#hayotiy_fakt

O'z maqsading bilan, o'z yo'lingda oqim bilan birgalikda suz va bu seni maqsadingga eltuvchi eng oson va to'g'ri yo'l.

P/S B.Baxodirov
🔥3💯2👍1
Assalomu alaykum qadrdonim!  Sizni va oila aʼzolaringizni qutlugʻ ayyom — Qurbon hayiti bilan chin qalbdan muborakbod etaman. Ushbu muborak kunlarda Alloh taolo qalbingizga xotirjamlik, xonadoningizga qut-baraka va sihat-salomatlik ato etsin. Qilayotgan barcha ezgu duolaringiz, ibodatlaringiz va ehsonlaringiz Oʻz dargohida qabul boʻlsin. Hayit ayyomi yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik olib kelsin! Qurbon hayiti muborak boʻlsin!
👍3🔥3👏3
Fuqaro 👤 — o‘g‘irlik qilsa → o‘g‘ri
Hukumat 🏛️ — o‘g‘irlasa → o‘zlashtirish

Fuqaro 👤 — qoida buzsa → qoidabuzar
Xodim 👮‍♂️ — qoida buzsa → xizmat vazifasi

Fuqaro 👤 — yolg‘on gapirsa → firibgar
Amaldor 🏛️ — yolg‘on gapirsa → rasmiy bayonot

Fuqaro 👤 — pora olsa → jinoyatchi
Amaldor 👔 — pora olsa → manfaatlar to‘qnashuvi

Fuqaro 👤 — xato qilsa → javobgar
Amaldor 👔 — xato qilsa → tizimdagi kamchilik

Fuqaro 👤 — qarzini bermasa → qarzdor
Davlat 🏛️ — majburiyatini bajarmasa → moliyaviy kechikish

Fuqaro 👤 — noqonuniy pul olsa → jinoyat
Tizim 🏛️ — shubhali mablag‘ni ishlatsa → moliyaviy operatsiya

Fuqaro 👤 — haqiqatni yashirsa → aldov
Amaldor 🏛️ — ma’lumotni yashirsa → maxfiylik

Fuqaro 👤 — adolatsizlik qilsa → ayb
Hokimiyat 🏛️ — adolatsizlik qilsa → tartib

Fuqaro 👤 — norozilik bildirsa → bezovtalik
Hokimiyat 🏛️ — xalq noroziligini e’tiborsiz qoldirsa → siyosiy zarurat

Fuqaro 👤 — hujjatini yo‘qotsa → mas’uliyatsizlik
Davlat 🏛️ — hujjatni yo‘qotsa → texnik xato

Fuqaro 👤 — pulni yashirsa → soliqdan bo‘yin tovlash
Katta tashkilot 🏢 — pulni yashirsa → soliq optimallashtirish

Fuqaro 👤 — boshqalarga zarar yetkazsa → javobgarlik
Amaldor 👔 — qarori bilan zarar yetkazsa → boshqaruv qarori

Fuqaro 👤 — qonunni bilmasdan buzsa → baribir javobgar
Hokimiyat 🏛️ — qonunni buzsa → qonunchilikdagi bo‘shliq

Fuqaro 👤 — fikrini keskin aytsa → haqorat
Amaldor 👔 — keskin gapirsa → rasmiy pozitsiya

Fuqaro 👤 — boshqalarning mulkidan foydalansa → o‘g‘irlik
Davlat 🏛️ — xalq mulkidan noto‘g‘ri foydalansa → davlat mablag‘laridan foydalanish

Fuqaro 👤 — qarorni bajarmasa → itoatsizlik
Tizim 🏛️ — qarorni bajarmasa → ijro mexanizmidagi muammo.

https://t.me/comfortable_live1
💯2👍1🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
***

Мeнда душман нима қилсин, биродар?
Душман қорни катта бойда бўлади.
Душман бахти кулган одамда бўлар,
Душман дўст кўпайган жойда бўлади.

✍️ Иқбол МИРЗО

Telegram | YouTube | Facebook | Instagram
👍1
"Gar shogird shayxulislom, agar qozidur, Agar ustoz rozi — Tangri rozidur"

Alisher Navoiy

https://t.me/comfortable_live1
🔥3⚡1
Odamga yaqinlashman desangiz yaxshilikga yaxshilik qiling, Allohga yaqinlashaman desangiz yomonlikka yaxshilik qiling.

https://t.me/comfortable_live1
🔥5
TUSHUNGAN TUSHUNDI
Inson hayotida ikki narsa bor:

biri — qilgan ishingiz, ikkinchisi — uning oqibati.

Birinchisini tanlash sizga bog‘liq, ikkinchisini esa taqdir tanlaydi.

Har bir nohalol pul — bu kelajakdan olingan qarz.

Uni foizlari bilan qaytarishga to‘g‘ri keladi.

Siz-chi? Vijdoningiz tinchmi?
👍1🔥1💯1