Dasturlash - masalalar
26 subscribers
11 links
Ushbu kanalda dasturlashga oid turli xil masalalar tashlab boriladi. Siz ham o'z bilimingizni sinab ko'ring!
Download Telegram
#Masala_8
#hackerrank #easy

Rekord yangilanishlar soni

Anvarning basketbol jamoasi har kuni musobaqada qatnashishadi. Anvar har bir o'yindagi ochkolar sonini tahlil qilib, jamosi yig'gan eng kam (minimum) va eng ko'p (maximum) ochkolar sonini bilishni hohlaydi.

Sizning vazifangiz - jamoa minimum va maximum ochko rekordlar sonini necha marta yangilanganini hisoblash.

Masalan - jamoani minimum ochkosi - 10. Keyingi o'yinda jamoa 5 ochko yig'sa demak minimum ochko rekordi yangilandi. Siz necha marta maximum va minimum rekord yangilanganini ekranga chiqarishingiz kerak.

Input: [10, 5, 15, 20, 4, 30]
Output: max-3; min-2

Izoh: bu yerda birinchi o'yinda jamoa 10 ball oldi. Keyingi o'yinda 5 ball oldi, demak uni eng kam yig'gan ochkosi 5ga aylanib rekord yangilandi, shuning uchun minimum rekord yangilanish soniga 1ni qo'shamiz. Keyingi o'yinda jamoa 15 ochko yig'di va bu ular uchun shu o'yingacha eng ko'p yig'ilgan ochkodir, shuning uchun rekord yangilandi va maksimum rekord yangilanish soniga 1 qo'shildi. Shu tariqa jami o'yinlarni hisoblasak - maksimum ochkolar rekordi 3 marta yangilandi, minimum ochkolar rekordi 2 marta.

Dasturingizni sinash uchun:
Input 2: [10, 5, 20, 20, 4, 5, 2, 25, 1]
Output 2: max-2, min-4

Input 3: [3, 4, 21, 36, 10, 28, 35, 5, 24, 42]
Output 3: max-4, min-0

Masalani hohlagan dasturlash tilida yechishingiz mumkin.
Masalaga javob ertaga shu kanalga joylanadi. Omad!

♻️Dasturlashga qiziqadiganlarga jo'nating, ular ham bilimlarini sinab ko'rishsin

@codewars_uz - dasturlashdan masalalar