Churra (грыжа) davosi
67 subscribers
28 photos
2 videos
18 links
Kanal umurtqalararo disk kasalliklari sabab bel va bo’yin og’rig’idan aziyat chekadiganlarga og’riqlarsiz hayot kechirishlariga yordam berish uchun tashkil qilindi.
Murojaat uchun: @shuhratnevropatolog
Asab kasalliklari haqida ko’proq: @asabkasalliklari
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Грыжанинг асосий сабабларидан бири бу юкни нотўғри кўтаришдир!

Юқоридаги видеода сиз юкни ердан қандай ҳолатда кўтариш керак эканлигини кўришингиз мумкин! Ва бу кўрганингизга амал қилинг! Айниқса бу доимий огир юк кўтариш билан ишлайдиганлар учун жуда зарур. Юкни нотўғри кўтариш охир оқибат сизни бир кун ҳасталикка дучор қилади!

@grijagadavo
Мушаклар, органлар, тери ва рецепторларнинг иннервациясини бутун организмга тарқатадиган орқа мия нерв толаларининг илдизлари.

Умуртқа поғонамизниннг асосий вазифаларидан бири ҳам шу. Орқа мияни ҳимоя қилиш. Чунки орқа миямиз умуртқа поғонамиз ичидаги каналда жойлашган!

@grijagadavo
Диск чурраси сабаблари!

Инсон умуртқа поғонаси 26 та суяклардан ташкил топган (бўйин умуртқалари ҳисобланмаганда). Ҳар бир умуртқа суяклари орасида эластик “ёстиқлар” бўлади, улар диск деб аталади.

Бу дисклар умуртқа поғонасини бириктириб туради ва амартизатор вазифасини бажаради.
Дисклар юмшоқ бойламлар билан ўралган.

Диск чурраларида юмшоқ қоплама диск орасида ёриқ ичига кириб қолади ёки ундан ташқарига чиқиб қолади.

Кўп ҳолларда бу жараён бел умуртқаларида кузатилади.
Нерв толаларининг ўша жойда сиқилиб қолиши ҳисобига тананинг маълум бир соҳаларида ва умуртқанинг ўзида оғриқ сезилади.

Ёш ўтган сари дисклар ўзининг эластиклик хусусиятини йўқота бошлайди (диск толалари сақлайдиган суюқлик камаяди), бу эса умуртқаларнинг эгилувчанлиги камайишига ва дискларда ёрилишлар пайдо бўлишига олиб келади. Бу ҳар доим ҳам дискда чурралар пайдо бўлишига сабаб бўлавермайди, инсон оғир юкни тиззаларини букмай бирдан кўтарганда ҳам юзага келиши мумкин.

@grijagadavo
Бугун сизлар билан остеохондроз ҳақида озроқ суҳбатлашамиз!

Остеохондроз – умуртқа поғонаси касаллигидир. Халқ тилида уни бўғимлар орасига туз йиғилиши касаллиги деб ҳам аташади. Биз кўпинча бел-думғаза ва бўйин умуртқалари остеохондрози, деган ташхисларни кўп учратамиз.

Сабаблари нима?

 Остеохондроз, асосан, 40 ёшдан ошганларда кўп учрайди. Одам қариган сайин остеохондроз билан касалланиш кўпайиб бораверади. Бироқ оғир жисмоний меҳнат қиладиганлар ва умуртқа поғонаси жарохатларида бу касаллик ёш танламайди. Жисмоний машқлар ва спорт билан умуман шуғулланмайдиганлар ҳам остеохондрозга мойил бўлишади.

Белгилари қандай? 

Остеохондроз, кўпинча, оғриқлар билан намоён бўлади. Бел-думғаза соҳаси остеохондрозида белда ўтирганда-турганда ҳам оғриқ пайдо бўлаверади, улар санчувчи, куйдирувчи ва ачиштирувчи хусусиятга эга бўлади. Ушбу оғриқлар оёқнинг орқа-ён юзаси бўйлаб тарқалади. Баъзи беморларнинг бели қийшайиб қолади.

@grijagadavo
Бел оғриғида мушакларни мустаҳкамловчи машқлар. Бу ерда натижага эришишдаги асосий йўл - мунтазамликни йўқотмасликдир!

@grijagadavo
Churra (грыжа) davosi
Бугун сизлар билан остеохондроз ҳақида озроқ суҳбатлашамиз! Остеохондроз – умуртқа поғонаси касаллигидир. Халқ тилида уни бўғимлар орасига туз йиғилиши касаллиги деб ҳам аташади. Биз кўпинча бел-думғаза ва бўйин умуртқалари остеохондрози, деган ташхисларни…
Бугун остеохондроз ҳақида суҳбатимизни давом эттирамиз ва бўйин остеохондрози ҳақида гаплашамиз!

Бўйин остеохондрози бел ва кўкрак остеохондрозидан бир қанча фарқ қилади. Умуртқанинг бўйин қисмидаги поғоналари тузилишининг ўзи ҳар хил бўлиб, улар белнинг бошқа қисмидаги поғоналардан кичикроқ бўлади.

Бўйин, умуртқа поғонанинг энг ҳаракатчан қисми бўлиб, у бошни тутиб тургани сабабли доим оғирлик тушади.
Бундан ташқари, тананинг бўйин қисмида бир қанча асаб томирлари ҳамда умуртқа артерияси ўтади. Унинг вазифаси орқа мия қон томирларини, узунчоқ мияни қон билан таъминлаш. Умуртқа артерияси босилганда бел ва бош мия ишемияси содир бўлиши мумкин ва инсультга олиб келиш эҳтимоли бор.

Танадаги ҳаракатнинг ўзгариши, бош айланиши, кўзнинг хиралашиши ва эшитиш қобилиятининг сусайиши артериянинг шикастланганлигидан далолат беради.

Шикастланган тўқималар ҳажмининг кўплиги ва иш функциясининг сезиларли пасайиши умуртқанинг бўйин қисмидаги орқа мия эзилганлигидан дарак беради ва остеофитлар пайдо бўлади. Юзага келган остеофитлар муаммони янада чуқурлаштиради. Бўйин остеохондрози шишиш ва асаб илдизининг яллиғланишига олиб келувчи умуртқа поғонаси грижаси ва протрузиясига олиб келади.

Бунинг оқибатида яллиғланган илдиз бутун умуртқа поғонаси каналини эгаллайди ва касаллик белгиси — оғриқ пайдо бўлади.

@grijagadavo
Manual terapiya tarixi va erishilgan natijalar
Avval ta’kidlaganimizdek, manual terapiya noananaviy tabobat usuli bo’lib, manual terapevt qo’li bilan bemor organizmiga ta’sir o’tqazish, umurtqa suyaklari va umurtqalararo disk muvozanatini tiklashga, asab tolalari va bo’g’im og’riqlarida og’riqni bartaraf qilishga yo’naltirilgan metoddir.
Manual terapiya dunyoning turli qismlarida bir-biridan uslubida biroz far qiluvchi turli nomlar bilan keng tarqalgan. Masalan: AQSH da “Chiropractic”, Yaponiyada “Yumeiho therapy”, Janubiy Koreyada “Chuna Therapy”, Rossiya va bir qator MDH davlatlarida “osteopatiya”. Albatta, ushbu noananaviy davolash usulining bu qadar keng tarqalishiga, uning kuchli ifodalangan o'tkir og'riqlarda, umurtqa pog'onasi “skoliozi”, “kifoskoliozi” kabi kasalliklarda yaxshi va tezkor natija berishi hamda relaksatsiya – tananing biroz tin olib rohatlanishi effektlari sababchidir.
@grijagadavo
Ushbu MRT tekshiruvi o’tkazilgan bemorimiz(bemor shaxsiy ma’lumotlari sir tutilgan) 26 yoshda bo’lib, 5 yildan buyon bosh va bo’yindagi og’riqlardan aziyat chekib yurgan. Shu vaqt davomida statsionar va ambulator davo muolajalarini olgan, surunkali og’riqlar yana bezovta qilavergach bizga murojaat qildi. Diagnostik tekshiruvlar o’tkazilib bemorda bo’yin umurtqalariaro disklarda protruziya va osteoxondroz borligi aniqlandi. Bemor qabul qilgan davo muolajalari va manual terapiyaning 3-seansidayoq 5 yildan beri qiynab kelayotgan boshdagi va bo’yindagi og’riqlardan deyarli 80% ga halos bo’lganini ta’kidlamoqda. To’g’ri qo’yilgan tashhis 90% davo demakdir...
Klinika Toshkent shahrida joylashgan, telefon:
953410404
953420404
@grijagadavo
Skolioz - umurtqa pog’onasining patologik egilmasi bo’lib, 4 darajasi farqlanadi:
1-daraja umurtqa pog’onasining 10 gradusgacha,
2-daraja 11–25 gradusgacha,
3-daraja 26-50 gradugacha
4-darajasi 50 gradusdan yuqori egilish bo’lganda qayd etiladi. 1-darajadagi egilish ko’p hollarda o’tkir bo’yin yoki bel og’riqlari bezovta qilayotgan bemorlarda qayd etilsa, ikkinchi ba’zan uchinchi darajadagi egilishlar bemorlarning surunkali tarzda bo’yin yoki bel og’riqlaridan aziyat chekishlari natijasida kelib chiqadi. Og’riq sindromi bartaraf etilib manual terapiya kursi bajarilganda skolioz ko’p hollarda yo’q bo’lib ketadi. Biz sizga og’riqlar sabab rivojlangan ikkilamchi skolioz hamda bo’yin va bel og’riqlaridan halos bo’lishda yordam beramiz!
Klinikamiz Toshkent shahrida joylashgan, telefonlari:
+998953410404
+998953420404
Kanalga ulanish uchun havola ustiga bosing 👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFiNjOXVT99x7BRXfQ
Mushaklar korsetini chiniqtirish umurtqalararo disk churrasida foydalimi?
Bemorlar ko’p so’raydigan ushbu savolga kengroq yoritilgan javob beramiz:
- Bodibilderlar orasida umurtqalararo disk churrasi kam uchrashi o’z tasdig’ini topmagan
- Mashg’ulot zallariga haftada 1-2 marta chiqqandan ko’ra umuman chiqmagan afzal, chunki umurtqalararo disk churrasini davolashda og’ir mashqalar emas, muntazam bajariladigan to’g’ri harakatlanish foydali
- Fitnes zallardagi mashg’ulotlar yuqoridagi bemorlar uchun induvidual va REABILITOLOG murabbiy tomonidan tayinlanishi kerak, bunday mutahassislar bizda juda kam
- Umurtqamiz uchun foydalisi bo’g’imlar, yumshoq to’qimalar muntazam va to’g’ri harakat qilishidir, og’ir qarshilikka chidashi emas
- Har kuni 2-3 km piyoda yurish, umurtqa pog’onasini tik tutib uy-yumushlarini bajarish, churra atrofidagi yumshoq to’qimalarda mahalliy qon aylanishi yaxshilanishi lozim!
Kanalga ulanish uchun havola ustiga bosing 👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFiNjOXVT99x7BRXfQ
Kanalga ulanish uchun havola ustiga bosing 👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFiNjOXVT99x7BRXfQ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ikki umurtqa suyaklari orasidagi umurtqalararo disk churrasi qanday paydo bo’lishi va u orqamiya asab tolasini qanday ta’sirlashini oson tushuntiruvchi video.
P.S. Sariq rangda orqa miyadan chiqqan asab tolalari ildizi ko’rsatilgan.
Kanalga ulanish uchun havola ustiga bosing 👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFiNjOXVT99x7BRXfQ
Og’ir jismoniy mashqlardan keyin paydo bo’lgan og’riqlar sabab shifokorga murojaat qilib, MRT tekshiruvi o’tkazilgan va MRTda umurtqalararo disk churrasi aniqlangan holatlarda, umurtqalararo disk churrasi bor yo’g’I 5% holatlardagina og’riqning asl sababi bo’lishi mumkin halos. 95% holatlarda umurtqalararo disk churrasi og’riqning sababi bo’lmasligi mumkin…
Sababi, og’ir jismoniy mashqlar mushaklar va umurtqa bog’lamlari zo’riqishiga olib keladi va bu o’ziga hos og’riq sindromi bilan namoyon bo’ladi. Ayniqsa, xozirgi mavsum, kunduzgi va kechki harorat orasidagi farq 15-20 gradusni tashkil qiladigan vaqtda bunga e’ibor berish kerak.
Kanalga ulanish uchun havola ustiga bosing 👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFiNjOXVT99x7BRXfQ
Bemorlarning “O’tkir umurtqalararo disk churrasi” bilan boshdan kechiradigan shifo yo’llari juda ajoyib.
Hatto umurtqa suyaklari sinishi yoki Buyraklardan tosh ko’chishi ham “oddiy bo’lib tuyuladigan” umurtqalararo disk churrasi kabi hislarga, og’riq, ko’z yoshi va umidsizliklarga boy emas.
Hamma gap shundaki: umurtqa suyaklari sinishi va buyraklardan tosh ko’chishida ko’riladigan chora aniq va shifokor ko’rsatmasiga rioya qilish kifoya.
Umurtqalararo disk churrasi bilan unday emas ...
Dastlab sizga massaj taklif qilinadi, keyin jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish, keyin jismoniy tarbiya mumkin emas, faqat umurtqa pog’onasini cho’zdirish kerakligi. Keyin, MRTsiz yo’l yo’qdek, MRT qilinadi va ana o’sha umurtqalararo disk churrasi aniqlanadi... yana bir qancha skolioz, skleroz, spondilyoz va hamma buzilishlar otasi bo’lmish OSTEOXONDROZ. Biz esa endi 35ga kirganmiz. Davomida MRT shifokorining: - “siz o’zi qanday qilib yuribsiz” deyishi.
Emaklab nevrologga, u esa mental kayfiyatiga qarab yoki neyroxirurgga yuboradi yoki “keling konservativ davolashga harakat qilamiz” deydi.
Neyroxirurg - bu qandayiga uchrashga bog’liq, odatda kamgapiriladigan qattiqqo’llik, so’zlar bilan manipulyatsiya qilish: - “emaklab yuradigan bo’lib qolasan, oyoqlaring qurib qoladi, impotensiya, nogironlik”. Neyroxirurg ko’rigidan bir amallab qochib, qo’rquv va og’riqlarga tayangan holda qaror qabul qilamiz (kayfiyat bizdan uzoqlarda...).
Agar ikki-uch hafta o’ylashga vaqt bo’lsa yaxshi, unda og’riq ham ancha yengillashadi, operatsiya qildirish xohishi ham biroz tark etadi va yana doktorGOOGLE ham sizga juda ko’plab, kamida 300ta davolash metodlari borligini xabar bergan bo’ladi.
MUHIM:
⁃ agar sizda og’riqdan boshqa shikoyat bo’lamasa, churrani albatta konservativ davolash mumkin
⁃ agar oxirgi ikki hafta davomida yengillik his qilayotgan bo’lsangiz: ko’proq yura olish, ko’proq o’tira olish, og’riqlar kamaygani, unday bo’lsa operatsiyasiz ham davolanish mumkin
⁃ agar tanani qandaydir holatida og’riqlar sizni tark etsa - sizda o’ylab ko’rishga hali vaqtingiz bor
Operatsiya ko’plab neyroxirurgiya bo’limlarida amalga oshiriladi va GOOGLE aytganidek asoratlarni har doim ham bermaydi.
MUMKIN EMAS:
⁃ umurtqalarni tekislash va massaj qilish
⁃ mushaklarni chiniqtirish, yoga bilan shug’ullanish va umurtqani torrtirish
⁃ BLOKADALAR qilish
⁃ Albatta bizlarni va bizning metodimizni eslang. Tkachev-Epifanov klinikasi.
@grijagadavo
Тананинг орқа қисмида оғриқлар бўлмаслиги учун, ноутбук қаршисида қандай ўтириш керак?

1. Асосий иш жойингизда алоҳида клавиатура ва сичқонча ишлатингки, ноутбукни кўз билан баробар туриши учун тепароққа жойлаштиринг.

2. Ноутбукни тиззага қўйманг, столга, тумбочкага қўйинг. Ноутбук билан ишлаш давомида қўлингиз учун тиргак бўлсин.

3. Танаффус қилиб ишланг. Ҳеч бўлмаганда икки соатта бир марта ишингиздан чалғиб, ўрнингиздан туриб 5 дақиқа ҳаракат қилингки, мушак ва бўғимларга босим бироз камайсин.

4. Иш курсингизда тўғри ўтиришни ўрганинг, курси ва столингиз сизнинг бўйингизга мос бўлсин ва иш жойингизда керакли нарсаларингизни олишга қулай бўлсин.

Бел, бўйин ва елкалардаги оғриқлар кетма-кет ривожланади ва даволаш учун узоқ вақт талаб қилинади. Шунинг учун умуртқа поғонаси гигиенаси яъни қоматни тўғри тутишга эътиборли бўлинг! Саломат бўлинг!

@grijagadavo
Импижмент синдроми – бу бўғим ёнидаги(периартрикуляр) тўқималарнинг эзилиши натижасида бўғимларда қаттиқ оғриқ ва ҳаракат чекланиши билан ифодаланувчи синдром(касаллик) бўлиб, асосан елка, тизза ва чаноқ-сон бўғимларида кузатилади.
Оғриқ бўғим биомеханикасининг мушаклар дисбаланси ёки органик сабаблар(остеофит, пай чўзилиши, фиброз) туфайли ўзгаришидан ривожланади. Юқоридаги сабаблар туфайли бўғим юзалари ҳаракатланиши давомида патологик қаршилик юзага келиб, бўгим юзаларининг сурункали зарарланиши ва яллиғланишига сабаб бўлади. Энг кўп кузатиладиган соҳа елка бўғими ҳисобланади, оғриқ елка бўғими атрофида тинч ҳолатда ҳам, кечқурунлари кузатилиши мумкин. Қўл ҳарактининг маълум қисмида оғриқ кузатилиб маълум қисмида оғриқ йўқолади (расмларда кўринг).
Ташхислаш учун елка бўғими рентгенографияси, МРТ текшируви ўтказилади. Даво муолажалари ўткир оғриқ даврида яллиғланишга қарши дори воситалари, хондропротекторлар, миорелаксантлар, переферик оғриқ қолдирувчи дори воциалари ва антидепрессантлар билан амалга оширилади. Консерватив даво муолажалари таъсир қиламайдиган касалликнинг юқори даражаларида оператив даво тавсия қилинади. Касаллик ҳуружи олдини олиш учун ушбу бўғимлар ҳаракатида қаттиқ оғирлик ва кескин ҳаракатдан тийилиш тавсия этилади
@grijagadavo