CHIRCHIQ ZIYOSI
1.44K subscribers
1.47K photos
257 videos
547 links
Download Telegram
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰NUTQ ODOBI
– nutqiy muloqot qoidalari, tamoyillari va shakllarining yigʻindisi, muomala madaniyati sinonimi, ijtimoiy faoliyat sohalari bilan bogʻliq madaniy meʼyorlar majmui.

◽️Nutq odobining madaniy meʼyorlari minnatdorchilik, tilak bildirish, kechirim soʻrash, iltimos qilish, taklif qilish, maslahat berish. Ishga aloqador suhbatning mazmuni, aniq amaliy masalalarni muhokama qilishdan tashqari, yupatish, hamdardlik bildirish, shuningdek, mulozamat, qoʻllab-quvvatlash, qoʻshilmaslik usullarini ham odob doirasida ifoda etish va bayon qilish muhim oʻrin tutadi.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰XULQ GO‘ZALLIGI
– husni xulq, ibratli feʼl-atvor, shaxsning xarakteri va xatti-harakati orqali oʻzgalarga namuna boʻla oladigan fazilatlari bilan ijobiy va yoqimli taassurot uygʻotuvchi axloqiy kamolot belgisini ifodalovchi tushuncha.

◽️Insonning xulq goʻzalligi estetik va axloqiy mazmun kasb etadi. Estetik mazmuni shundaki, u “goʻzallik”, “ulugʻvorlik”, “qiziqarlilik”, “tugʻyoniylik”, “hayrat” kabi estetik tushunchalar orqali namoyon boʻlsa, “ezgulik”, “bagʻrikenglik”, “halollik”, “vijdonlilik” kabi axloqiy tushunchalar bilan barqarorlashadi.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰TASHABBUSKORLIK –
faoliyat jarayonida biror ishni boshlash, da'vat etish, ijodiy yondashishda namoyon bo‘ladigan shaxs xususiyatini anglatuvchi tushuncha. Tashabbuskorlik belgilangan maqsad yoki ish, harakatni amalga oshirishda o‘ziga xos uslubdan foydalanish va uni shu maqsad yoki ishga aloqador barcha kishilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga erishishni ham ifodalaydi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰SOG‘LOM MAFKURA —
umuminsoniylikning ustuvorligi tamoyiliga tayanadigan. ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlovchi ezgu va bunyodkor g‘oyalar tizimiga asoslanadigan mafkura shakli.

Sog‘lom mafkura jamiyatimizda bugun mavjud bo‘lgan xilma-xil fikrlar va g‘oyalar erkin qarashlardan, toifa va guruhlarning intilish va umidlaridan, har qanday insonning e’tiqodi va dunyoqarashidan qat'i nazar, ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‘oyadir.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰FUQARO MADANIYATI –
fuqaroning insoniy rivojlanganlik darajasi, uning ijodiy kuchi, maʼnaviyati, maʼrifati va qobiliyatining amalga oshish imkoniyatlari boʻlib, u har bir fuqaroning hayoti va faoliyatini tashkil etishda, boshqalar bilan munosabatlarini belgilashda, faoliyati yoʻnalishlarida koʻzga tashlanadi.

Fuqaro madaniyati koʻp qirrali tushuncha, unda insoniyat tomonidan moddiy, maʼnaviy hayotda qoʻlga kiritilgan, bilim, tafakkur, tajriba, urf-odat va anʼanalar uygʻun faoliyat tarzida namoyon boʻladi.

Davlat va jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish tamoyillari fuqaro madaniyati bilan uzviy bogʻliq.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰OSTONA –
uyga, hovliga kirish joyi, darvozaning tagiga oʻrnatilgan yogʻoch; muayyan chegara, belgilangan maskanni anglatuvchi tushuncha.

Xalqimizda uy ostonasi, hovli ostonasi, eshik ostonasi, darvoza ostonasi, qoʻshnining ostonasi kabi iboralar ishlatiladi. Baʼzan ostona soʻzi oʻrnida yashash majmuasi nazarda tutiladi.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰AXLOQIY AQIDALAR –
maʼnaviy hayot talablari, insonning yurish-turishi, xulq-atvori, muomalasini tartibga solib turadigan, boshqarib boradigan axloqiy tushunchalar tizimi.

Axloq oʻzining meʼyor va qoidalari yordamida inson odobini boshqarib boradi.

Masalan, yaxshilik va yomonlik, baxt, adolat, burch, vijdon, or-nomus, mehr-oqibat, shaʼn, uyat, mehnatsevarlik, jamoa ruhi bilan yashash, vatanparvarlik, insonparvarlik, oʻzaro hurmat, hamkorlik, tichliksevarlik, komillik kabi tushunchalar axloqiy aqidalarning tarkibiy elementidir.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰IMIJ
— odamlar ongida muayyan shaxs, tashkilot yoki boshqa ijtimoiy obyektga nisbatan yuzaga keladigan, idrok etilayotgan obyekt haqidagi axborotni o‘zida mujassamlashtirgan va ijtimoiy xulq-atvorga da’vat etadigan muayyan sintetik obraz.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰QADR –
muayyan qadriyatning yaʼni, biron-bir narsa, voqea, hodisa yoki biror idealning inson va jamiyat uchun qadri va ijtimoiy ahamiyatini anglatadigan tushuncha.

Qadr tilimizda xilma-xil maʼnoni anglatadi va maʼnaviy qiyofamizni koʻrsatadigan sermazmun tushunchalardan biri hisoblanadi.


Rasmiy
sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰ENG BUYUK JASORAT
– maʼnaviy jasorat tushunchasi, uning asl maʼnosi esa ana shu maydondagi tinimsiz kurash, qiyinchiliklarni yengib, insonga xos ulugʻvorlik, poklikni asrab oʻta olishdan iborat.

Xalq kelajagi, Vatan istiqboli uchun kurashib, yonib yashagan ana shunday qahramonlar eng buyuk jasorat timsolidir.


Rasmiy
sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰OMMAVIY
MADANIYAT madaniyatning murakkab, hamma vaqt bir xil talqin qilinmaydigan oʻziga xos shakli.

Ommaviy madaniyatni Gʻarb madaniyati bilan bogʻliq hodisa deb tushunish, shuningdek, uni gʻoyasizlik, sifatsizlik va didsizlik namunasi sifatida baholash keng tarqalgan.

Ayni paytda, folklor, xalq madaniyati ham ommaviy madaniyat koʻrinishlari sifatida talqin qilinadi.

Ommaviy madaniyat chuqur ijtimoiy va madaniy ildizlarga ega.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰IJODIY TAFAKKUR –
erkin fikrlash va ijodkorlik tamoyili ustuvor bo‘lgan tafakkur shakli.

U voqea-hodisalarni qiyoslash, taqqoslash, tahlil etish asosida fikrni rivojlantirish, uning yangi-yangi qirralarini ochish, shu tariqa bilim va tasavvur dunyosini boyitib borishni anglatadi.

Ijodiy tafakkur – jamiyatni ma’naviy yangilash, odamlarning ongu tafakkurini yuksaltirish, ezgu g‘oyalar tantanasini ta’minlashning muhim shartidir.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰ZIYOLI MAS’ULIYATI
– insonning yuksak ma’naviy talablarga mos xususiyati, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, fazilatlar, bilimlarni mujassamlashtirgan ma’rifatli odamning o‘z sohasi, oilasi, jamoasi, xalqi, Vatani, millati oldidagi burchini anglashi, o‘z hayoti va faoliyatini shu burchni ado etishga og‘ishmay safarbar etishini anglatuvchi tushuncha.

Ziyoli mas’uliyati insonda ezgu maqsadlarga safarbarlik hissini paydo qiladi. Barcha zamonlarda ziyoli mas’uliyatini sezish jamiyatning rivojlanishi, ilm-fan taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgani shubhasiz. Bugungi kunda ham aholi, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongida yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‘oyalariga sadoqat uyg‘otishda ziyoli mas’uliyati muhim ahamiyat kasb etadi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM