CHIRCHIQ ZIYOSI
1.57K subscribers
1.41K photos
253 videos
535 links
Download Telegram
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

“Ezgulik – shiorimiz, maʼrifat-qurolimiz”

Aynan shu shior ostida Toshkent tumanidagi Madaniyat markazida maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri boʻlib oʻtdi.

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning  Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqlarida aytib oʻtilgan soʻzlarning uzviy davomi boʻlgan ushbu tadbir tumanimizda istiqomat qilayotgan barcha opa singillarimizni, muhtarama onalarimizni quvonchga toʻldirishga qaratildi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi boshchiligida tashkil qilingan tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent viloyati boʻlimi vakillari ham ishtirok etdilar.

📹Batafsil videolavhada.

https://t.me/toshkent_vohasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh
#Maʻnaviyat_xiyoboni

⚡️ Chirchiq shahri 3-kichik nohiyadagi “MA’NAVIYAT XIYOBONI” foydalanishga topshirildi.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, shahar hokimi Murodjon Abdurahimov, faxriylari, nuroniylari, viloyat sektor rahbarlari, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, viloyat Kasaba uyushmasi raisi, 22 ta tuman va shahar hokimlari, Chirchiq shahar sektor rahbarlari, “Nuroniy” jamg‘armasi, shahar faollari, shahar deputatlari, Yoshlar ishlari agentligi, korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla “yettiligi”, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Xiyobon “Shohruh Qurilish dizayn” mas’uliyati cheklangan jamiyati (quruvchi Begzod Axmedjanov) tomonidan 1 mlrd. 400 million so‘m mablag‘ evaziga aholi uchun dam olish va madaniy-ma’naviy xordiq chiqarish uchun tashkil qilindi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM