Музей истории г. Чирчика
426 subscribers
8.01K photos
340 videos
111 files
356 links
Данный канал освещяет историю г.Чирчика.

Админ: @AxiySaxiy
Download Telegram
#Chirchiq_turizm

Chirchiq shahar tarixi muzeyiga sayyohlar oqimi yanada ko‘paytiriladi

Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligining turizm sohasi mutasaddilari Chirchiq shahrining turizm salohiyatini rivojlantirish maqsadida shahardagi turistik ob’yektlarni aylanishdi.

Vazir o‘rinbosari B.Shaxriyorov boshchiligida Chirchiq shahar madaniyat saroyining imkoniyatlari bilan tanishildi.
Turizm sohasi vakillarini, shuningdek shahar tarix muzeyi faoliyati qiziqtirar ekan, ushbu manzilga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Unga ko‘ra, madaniyat saroyida kunlik konsert dasturlarini tashkil qilish, sayyohlarni avval saroyga undan chiqib muzeyga jalb qilish tayelifi o‘rtaga tashlandi. Buning uchun talaba-o‘quvchilar, korxona-tashkilotlar bilan ishlash choralarini ko‘rish ta’kidlandi.

@tvturizm_madaniymeros