Maftun’s blog
16 subscribers
31 photos
1 link
Bu yerda asosan ilmiy mazmundagi va muallifning chet elda o’qiydigan o’zbek farzandi sifatida ko’rgan kechirganlari haqida so’z boradi.

Murojaatlar uchun: @Maftun_Salimov
Download Telegram
#Autumn #Fall #Kuz
Part-1 (1-Qism)
Koreyada kuz!
Maqtanishmas-u, Koreya 4 fasli o’z joy-joyida bo’lgan kam sonli davlatlardan biri. Bu yerda siz 4 tala fasl ( bahor, yoz, kuz, va qish) muhitini, eng muhimi o’z vaqtida his qila olasiz. Bu yerda ayniqsa Kuz rostdan ham chiroyli bo’ladi. Biz yoshlikda kitoblarda o’qiganimiz - Oltin Kuz ni, mana shu yerdan topsangiz bo’ladi.

Ona tabiat - haqiqiy naqqosh!
👍4🔥21🤩1😍1
#Autumn #Fall #Kuz
Part-2 (2-Qism)

Bu joyni nomi Jayangtesan Recreational Forest. Bu dam olish maskani biz yashaydigan joyga uncha uzoq bo’lmaganidan, odatda bu joyga tez-tez borib turamiz, va bu yerga odatda yetib olish uchun taxminan 30-40 daqiqa vaqt sarflanadi. Ammo bu safar unaqa bo’lmadi. Shu hafta boshidan havo Koreyada ham ancha salqinlab qolganligi sababli, o’tgan dam olish kunlari Oltin Kuzni ko’rish va his qilish uchun oxirgi imkoniyat edi, va bu imkonni qo’ldan boy bermay, shartta moshinaga o’tirdikda, taxminan 2 soatni baxridan o’tib, rosa probkada kutib kutib, axiyri yetvoldik.

Lekin, manzara ko’rgan hamma qiyinchiliklarimizga arzirdi!
🔥63👍3
#Maqtanish_time

Kuzni moshinam ham his qilvoryapti😂
Kia K5 ga hamma narsa yarashvurarkan😂
😁73🤩3👏1🕊1😍1
#Science in a reality!
# Ilm-fan reallikda!

Bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bu - shubhasiz havo sifatining oxirgi bir necha oy ichida keskin yomonlashuvi. Aynan shu narsa meni sohamga aloqadorligi uchun, shu postni yozyapman.

Haqiqatda ekologiyamiz ancha “aynigan”, buni inkor qilib bo’lmaydi, afsuski. Kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi deganlariday, shu paytgacha bekitib kelingan statiska va oz-ozdan yig’ilib yomonlashib kelayotgan havomiz, va nihoyat “portladi”. Natijasi hukumat darajasida hammani xavotirga soldi.

Boshqa tomondan bu yaxshilikka ham xizmat qilsa ajabmas. Shundan keyin daraxtlar kesilmasligiga va havoni ifloslaydigan manbaalarga nazorat kuchaysa ajabmas.
2🔥2👍1🥰1
Part 2
Xullas nima demoqchiman, rivojlangan davlatlardagi olimlar bu masalalar ustida allaqachon tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishyapti. Jumladan, man va mani jamoamdagi boshqa tadqiqotchilar ham. Ilm-fan va tadqiqot - bu Kelajak! Bundan boshqa najot yo’q! Otni qancha oldin qamchilansa, shuncha oldinroq natijaga erishish mumkin. Ilm-fan bu shunchaki nimalarnidir ustida ishlash, o’qish va keyinchalik uni unutib yuborish emas. Ilm-fan bu yangilik yaratish, va uni natijasida mavjud muammolarga yechim topish, va qarabsizki, har bir topilgan yechim - bu PUL degani. Xitoy aynan shuni orqasidan boyigan davlatlarga yaqqol misol. O’qi, izlan, tadqiqot olib bor, natijaga erish, patentla, va sot!

Yuqoridagi rasmda ilm-fan yutuqlaridan biri keltirilgan. Mana shu moddaning bor yo’g’i 200 grmi, 1 ta daraxt maksimal darajada tozalay oladigan havoni tozalashga qodir. Bu faqat ekologiyaga aloqador misol edi. Bunaqa misollardan minglab keltirishim mumkin
4👍4🔥1👏1
Assalomu aleykum!
Bugun qishloqdan chiqqan va nimagadir erishgan (Alloh bergan) bir yigit sifatida ayrim maslahatlarni bo'lishmoqchiman, zero kuzatib borayotgan aka-uka, opa-singillarimizga foydasi tegar deb.

Xullas, nima demoqchiman:

1. Ha, menda ham yaxshi o'qish va akademiyada yashab qolishga bo'lgan imkoniyatim nolga teng edi. Ammo doimiy harakat, Allohdan so'rash va sabr orqasidan hammasiga erishdim va erishyapman;

2. Ha, tushunaman raqobat kuchli, bosim kuchli. Eng achinarlisi shu bosimni beradiganlar ko'pincha atrofimizdagilar bo'lishadi. San buni qilolmaysan, O'qib kim ham bo'larding, Sanga o'qishni kim qo'yibdi va hakozo. Aynan shunaqalarga isbotlash uchun ham qattiq o'qidim, albatta imkon qadar. Siz ham to'xtamang.

3. Chet elga grant yutishku - tushimga ham kirmagan. Allohga oson, grant ham yutdim. Siz ham buni qila olasiz!

4. Chet elga kelgandan keyin ham, bu yerda yashab qolish, bunaqa bosim katta muhitda omon qolishni imkoni yo'qday edi go'yo. Ammo, Alhamdulillah, buni ham uddaladim.
❤‍🔥51👍1🔥1🕊1🌚1💯1
Aka-uka, opa-singillarim! Siz ham to'xtamang! Eng avvalo o'zingiz uchun, oilangiz uchun, Vatan uchun va albatta Ummat uchun siz va bizday insonlar kerak! To'g'ri qiyin, tushunaman imkonsizday tuyulyotgandir hozir sizga. Lekin ishoning, Alloh bermaydigan narsasini hayol qildirmas!

Qiynalyapsizmi, demak to'g'ri yo'ldasiz! In Shaa Alloh, hamma narsani mukammal yaratgan zot, siz va manga o'xshagan bandalarini tashab qo'yarmidi? Aynan bizni millat bugungi dunyo rivojalanishiga tamal toshini qo'ymaganmi? Aynan bizadan Buxoriylar, Ibn Sinolar chiqmaganmi? Javob, ha bizdan chiqishgan.

Va, ishonamanki, bizdan yana chiqishadi! Ilmga qattiq turing ukalarim-singillarim! Biz birlashsak katta kuchmiz. Kimligimizni unutmaylik!

https://www.youtube.com/watch?v=z72O4vd8Jpk
❤‍🔥61👍1🔥1🎉1💯1🏆1