“Chirchiq” Texnoparki/Технопарк «Чирчик»
454 subscribers
3.31K photos
212 videos
4 files
1.16K links
Химико-индустриальный технопарк «Чирчик»

🏭Индустриальный технопарк
📍Аренда производственных помещений
📑 Инженерная инфраструктура

Контактная информация:
chempark@exat.uz
info@chempark.uz

По вопросам размещения:
+998 (55) 900-01-11
Download Telegram
😎 "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki rahbariyati Tataristonning "Ximgrad" texnopolisigа tashrif buyurdi

🏠 "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki direktori D. D. Muxamedov "Ximgrad" texnopolisining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi. Tantanali tadbirda Tatariston Respublikasi Raisi R. N. Minnixanov, Tatariston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Sanoat va savdo vaziri O. V. Korobchenko, shuningdek, respublikaning boshqa yuqori martabali vakillari ishtirok etdi.

🎮 "Ximgrad" texnopolisi Rossiyaning yetakchi sanoat parki bo‘lib, sanoatni rivojlantirish, innovatsion tadbirkorlik va zamonaviy ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyatlarga ega zamonaviy maydon hisoblanadi. "Ximgrad" texnopolisi Tatariston Respublikasining Qozon shahrida joylashgan. Bugungi kunda "Ximgrad" texnopolisi hududida 346 ta rezident korxona faoliyat yuritib, 10 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilgan. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, texnopolis rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yalpi hajmi 1,3 milliard dollarni tashkil etdi.

➡️ Yubiley tadbirlarida ishtirok etish "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki va "Ximgrad" texnopolisi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or tajriba va professional bilim almashish, shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kelgusida rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

-----

😎 Руководство Химико-индустриального технопарка "Чирчик" посетило Технополис "Химград" в Татарстане

🏠 Директор Химико-индустриального технопарка "Чирчик" Д. Д. Мухамедов принял участие в торжественном мероприятии, посвящённом 20-летию Технополиса "Химград". В торжественном мероприятии приняли участие Раис Республики Татарстан Р. Н. Минниханов, заместитель Премьер-министра Республики Татарстан — министр промышленности и торговли Республики Татарстан О. В. Коробченко, а также другие высокопоставленные представители республики.

🎮 Технополис "Химград" является ведущим индустриальным парком России и представляет собой современную площадку для развития промышленности, инновационного предпринимательства и производства. Технополис расположен в городе Казани, Республике Татарстан. Сегодня на территории "Химграда" осуществляют деятельность 346 компаний-резидентов, создано более 10 тысяч рабочих мест. По итогам 2025 года валовой объём продукции резидентов технополиса достиг 1,3 млрд долларов.

➡️ Участие в юбилейных мероприятиях стало очередным шагом в укреплении сотрудничества между Химико-индустриальным технопарком "Чирчик" и Технополисом "Химград", основанного на общих ценностях, профессиональном обмене и стремлении к дальнейшему развитию взаимовыгодного партнёрства.

🌐 instagram 🔎 web 🌐 linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍145🔥4🥰1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik35 #Uzb35

😎 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

🇺🇿 Mustaqillik - barchamizning umumiy iftixorimiz, xalqimizning eng ulug‘ ne’mati va bebaho boyligidir. U milliy birlik timsoliga, tinch hayotimiz va farovonligimiz bunyod etilayotgan mustahkam poydevorga aylandi.

🔵Bugun bosib o‘tgan yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati tobora mustahkamlanib, madaniyati yanada ravnaq topganining guvohi bo‘lamiz. Ammo eng katta boyligimiz - bu insonlar, ularning fidokorona mehnati, ertangi kunga bo‘lgan ishonchi va Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbatidir.

🇺🇿 "Chirchiq" va "Jizzax" kimyo-industrial texnoparklari jamoalari O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barchangizni chin qalbdan muborakbod etadi hamda har biringizga mustahkam sog‘liq, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida yangi zafar va ulkan muvaffaqiyatlar, osmonimizning doimo musaffo va tinch bo‘lishini tilaydi!

-----

😎 35-летие независимости Республики Узбекистан!

🇺🇿Независимость — это наша общая гордость и величайшее достояние нашего народа. Она стала символом национального единства, фундаментом, на котором строятся наша мирная жизнь и процветание.

🔵Сегодня, оглядываясь на пройденный путь, мы видим, как окреп экономический потенциал и расцвела культура нашей страны. Но главное наше богатство — это люди, их труд, вера в завтрашний день и любовь к Родине.

🇺🇿 Коллективы химико-индустриальных технопарков "Чирчик" и "Джизак" от всей души поздравляют с 35-летием Независимости Республики Узбекистан и желают каждому крепкого здоровья, новых свершений на благо Родины и мирного неба над головой!

🌐 instagram 🔎 web 🌐 linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕊73❤‍🔥3🔥1😍1
😎 "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkiga Turkiya korxonasi vakillari tashrif buyurdi

⚡️ "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkiga Turkiyaning Dema Kimya Deri Ve Tekstil Sanayi Ticaret Ltd. Şti. korxonasi vakillari tashrif buyurdi.
Mazkur korxona kimyo mahsulotlari, shuningdek, charm va to‘qimachilik sanoati uchun mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ularning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadi.

➡️ Tashrif davomida texnopark mutaxassislari mehmonlarga taqdimot o‘tkazib, texnoparkning infratuzilmaviy imkoniyatlari, shuningdek, rezidentlar uchun taqdim etiladigan soliq va bojxona imtiyozlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

"Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki xorijiy investorlarni jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirib, xalqaro biznes uchun ishonchli maydon sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlab bormoqda.

-----

😎 Химико-индустриальный технопарк "Чирчик" посетили представители турецкой компании

⚡️ Химико-индустриальный технопарк "Чирчик" посетили представители турецкой компании Dema Kimya Deri Ve Tekstil Sanayi Ticaret Ltd. Şti. Компания специализируется на производстве и оптовой торговле химической продукцией, товарами для кожевенной и текстильной промышленности.

➡️ В ходе визита специалисты технопарка провели для гостей презентацию, детально осветив инфраструктурные возможности, а также налоговые и таможенные льготы для резидентов.

Технопарк ведёт системную работу по привлечению иностранных инвесторов, укрепляя свои позиции как надёжной площадки для международного бизнеса.

🌐 Instagram 🔎 web 🌐 linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
😎 Bir soniyada sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar

🧭 Biz uchun bir soniya deyarli sezilmaydi. Ammo shu qisqa lahzada atrofimizdagi olamda va hatto tanamiz ichida milliardlab fizik va kimyoviy jarayonlar sodir bo‘ladi.

🦠Mikrodunyoda:

Seziy-133 atomi 9 192 631 770 marta tebranadi. Fiziklar aynan shu davrni SI tizimidagi bir soniya sifatida belgilagan.
Suyuqlik va gazlarda molekulalar bir soniyada millionlab marta to‘qnashadi.
Inson tanasida har daqiqada taxminan 3,8 million eritrotsit hosil bo‘ladi, miyamizda esa son-sanoqsiz nerv impulslari yuzaga keladi.
O‘simliklarda fotosintez jarayonida bir soniyaning o‘zida juda ko‘p suv molekulalari parchalanadi.

🌍 Makrodunyoda:

Avtomobil dvigatelida bir soniyada millionlab yoqilg‘i molekulalari yonadi.
Quyosh yadrosida har soniyada taxminan 600 million tonna vodorod yadro sintezi orqali energiyaga aylanadi.
Yorug‘lik bir soniyada qariyb 300 000 km masofani bosib o‘tadi.
Xalqaro kosmik stansiya (XKS) Yer orbitasi bo‘ylab harakatlanib, bir soniyada taxminan 7,7 km masofani bosib o‘tadi. Quyosh nuri ta’sirida atmosferada ozon, erkin radikallar va azot oksidlari ishtirokidagi milliardlab fotokimyoviy reaksiyalar sodir bo‘ladi.

-----
 
😎 Химические процессы, происходящие за одну секунду

🧭 Для нас одна секунда проходит практически незаметно. Однако за этот короткий миг вокруг нас и даже внутри нашего организма происходят миллиарды физических и химических процессов.

🦠В микромире:

Атом цезия-133 совершает 9 192 631 770 колебаний. Именно этот интервал физики используют для определения одной секунды в системе СИ.
В жидкостях и газах молекулы сталкиваются миллионы раз в секунду.
В организме человека каждую минуту образуется около 3,8 миллиона эритроцитов, а в мозге возникают бесчисленные нервные импульсы.
В растениях в процессе фотосинтеза каждую секунду происходит расщепление огромного количества молекул воды.

🌍 В макромире:

В двигателе автомобиля каждую секунду сгорают миллионы молекул топлива.
В ядре Солнца каждую секунду около 600 миллионов тонн водорода превращаются в энергию в результате ядерного синтеза.
Свет за одну секунду проходит расстояние около 300 000 км.
Международная космическая станция (МКС), двигаясь по орбите вокруг Земли, за одну секунду преодолевает примерно 7,7 км.
Под воздействием солнечного света в атмосфере происходят миллиарды фотохимических реакций с участием озона, свободных радикалов и оксидов азота.

🌐 instagram 🔎 web 🌐 linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🥰1👏1😍1
😎 Termoqisqaruvchi plyonka: mahsulotning ishonchli himoyasi

⚙️ Zamonaviy termoqisqaruvchi plyonka ishlab chiqarish jarayoni murakkab va yuqori texnologiyali jarayon hisoblanadi. Tayyor qadoqlash materiali harorat ta’sirida qisqarib, mahsulotni zich o‘rab oladi hamda uni tashish va saqlash jarayonida ishonchli himoya qiladi.

➡️ Materiallarning asosiy turlari va ularning muhim xususiyatlari:

🔵YBP (yuqori bosimli polietilen, LDPE) — zich va mustahkam material.
Guruhli va transport qadoqlashida qo‘llaniladi: suv idishlari, palletlardagi qurilish materiallari, konservalar va karton qutilarni qadoqlash uchun ishlatiladi. Yukni namlik va mexanik shikastlanishlardan ishonchli himoya qiladi.

🟢POF (poliolefin plyonka) — yupqaroq, ekologik toza va kristalldek tiniq material bo‘lib, yirtilishga yuqori darajada chidamliligi bilan ajralib turadi. Oziq-ovqat mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, kosmetika vositalari, bosma mahsulotlar (jurnallar) va suvenirlarni qadoqlash uchun ideal yechim hisoblanadi.

🔵PVX (polivinilxlorid) — a’lo darajadagi yaltiroqligi va nisbatan past harorat sharoitida yuqori qisqarish koeffitsiyenti bilan ajralib turadi. Asosan parfyumeriya mahsulotlari, poligrafiya mahsulotlarini qadoqlashda, shuningdek, butilka va bankalar uchun termoqisqaruvchi yorliq sifatida keng qo‘llaniladi.

-----

😎 Термоусадочная пленка: надёжная защита товара

⚙️ Современное производство термоусадочной плёнки представляет собой сложный высокотехнологичный процесс. Получаемый упаковочный материал под воздействием температуры сжимается, плотно обтягивает изделие и обеспечивает его сохранность при транспортировке и хранении.

➡️ Основные виды материалов и их ключевые характеристики:

🔵ПВД (полиэтилен высокого давления, LDPE) — плотный и прочный материал.
Применяется для групповой и транспортной упаковки: бутылок с водой, строительных материалов на паллетах, консервов и картонных коробок. Обеспечивает надежную защиту груза от влаги и механических повреждений.

🟢ПОФ (полиолефиновая пленка) — более тонкий, экологичный и кристально прозрачный материал с высокой устойчивостью к разрывам.
Идеальное решение для упаковки пищевых продуктов, кондитерских изделий, косметики, печатной продукции (журналов) и сувениров.

🔵ПВХ (поливинилхлорид) — отличается превосходным блеском и высокой степенью усадки при относительно низких температурных режимах. Наиболее востребован для упаковки парфюмерии, полиграфической продукции, а также в качестве термоусадочной этикетки для бутылок и банок.

🌐 instagram 🔎 web 🌐 linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😎 "Chirchiq" texnoparki va Cyber Park o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

🤵 "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki rahbariyati Cyber Park innovatsion IT-klaster direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashdan iborat bo‘ldi.

🖱 Cyber Park O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot, kiberxavfsizlik, ilmiy tadqiqotlar hamda yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion IT-klaster hisoblanadi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Kiberxavfsizlik markazi ishtirokida amalga oshirilmoqda.

➡️ Uchrashuv davomida tomonlar qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalarini muhokama qildi. Muzokaralar yakunida tomonlar o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.

✔️ Mazkur memorandum O‘zbekistonning texnologik infratuzilmasini rivojlantirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va raqamli iqtisodiyotni yanada mustahkamlash yo‘lida yangi imkoniyatlarni yaratadi.

-----
 
😎 Технопарк "Чирчик" и Cyber Park подписали меморандум о сотрудничестве

🤵 Руководство химико-индустриального технопарка "Чирчик" провело встречу с директором инновационного IT-кластера Cyber Park. Основной целью встречи стало обсуждение перспектив двустороннего сотрудничества и определение приоритетных направлений реализации совместных проектов.

🖱Cyber Park - инновационный IT-кластер, созданный в Узбекистане для развития цифровой экономики, кибербезопасности, научных исследований и производства высокотехнологичной продукции. Проект реализуется при участии Центра кибербезопасности Республики Узбекистан.

➡️ В ходе встречи стороны обсудили вопросы реализации совместных инновационных проектов, внедрения новых технологий, а также привлечения иностранных инвестиций.

✔️ По итогам переговоров между сторонами был подписан Меморандум о сотрудничестве. Документ открывает новые возможности для совместного развития технологической инфраструктуры Узбекистана, поддержки инновационных проектов и дальнейшего укрепления цифровой экономики страны.

🌐 instagram 🔎 web 🌐 linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🥰2👏2
😎 Iren Jolio-Kyuri — kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan ikkinchi ayol

🧑‍🎓 Iren Jolio-Kyuri (1897–1956) — atoqli fransuz yadro fizikasi olimi, kimyogar va radiobiolog, kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori. U turmush o‘rtog‘i Frederik Jolio-Kyuri bilan birgalikda radioaktivlik va yadro fizikasi sohasida muhim tadqiqotlar olib bordi. Ularning kashfiyotlari tibbiyot, energetika va yadro fanining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

🟢Sun’iy radioaktivlikning kashf etilishi:1934-yilda Iren va Frederik Jolio-Kyuri oddiy kimyoviy elementlar alfa-zarralar bilan bombardimon qilinganda radioaktiv izotoplarga aylanishi mumkinligini aniqladilar. Ushbu kashfiyot yadro fizikasi sohasidagi eng muhim yutuqlardan biriga aylandi. Olib borgan tadqiqotlari uchun er-xotin 1935-yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandilar.

🔵Neytronni o‘rganishga qo‘shgan hissasi: Jolio-Kyurilar tomonidan o‘tkazilgan tajribalar atom yadrosining tuzilishini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi hamda 1932-yilda Jeyms Chadvik tomonidan neytronning kashf etilishiga olib kelgan ilmiy izlanishlar zanjirining muhim qismiga aylandi.
 
-----

😎 Ирен Жолио-Кюри вторая женщина - лауреат Нобелевской премии по химии

🧑‍🎓 Ирен Жолио-Кюри (1897–1956) - выдающийся французский физик-ядерщик, химик и радиобиолог, лауреат Нобелевской премии по химии. Вместе со своим супругом Фредериком Жолио-Кюри она проводила важные исследования в области радиоактивности и ядерной физики.
Их открытия оказали значительное влияние на развитие медицины, энергетики и ядерной науки.

🟢Открытие искусственной радиоактивности:
В 1934 году Ирен и Фредерик Жолио-Кюри обнаружили, что обычные химические элементы при бомбардировке альфа-частицами могут превращаться в радиоактивные изотопы. Это открытие стало одним из важнейших достижений ядерной физики. За свои исследования в 1935 году супруги были удостоены Нобелевской премии по химии.

🔵 Вклад в изучение нейтрона:
Эксперименты Жолио-Кюри сыграли важную роль в изучении строения атомного ядра и стали частью научного пути, который привёл к открытию нейтрона Джеймсом Чедвиком в 1932 году.

🌐 instagram 🔎 web 🌐 linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM