Kimyo | Asilbek Salohiddinov
4.5K subscribers
884 photos
2.89K videos
554 files
864 links
Bog'lanish uchun
@Asilbek_Salohiddinov

Masala berish va yechish 🔻
@kimyo_muhokama

YouTube kanal 🔻
https://www.youtube.com/c/KimyoAsilbekSalohiddinov
Download Telegram
Tuzlar deb metall atomlari (yoki ammoniy) va kislota
qoldig‘idan iborat bo‘lgan murakkab moddalarga aytiladi. Tuzlar kislota vodorodining metall atomiga yoki asos gidroksidining kislota qoldig‘iga almashishidan hosil bo‘ladi.

👉Mavzu bo'yich to'liq malumot👈

@chemic_uz | @kratm
​​Avagadro qonuni (1811)
Bir xil sharoitda (temperatura va bosimda) turli gazlarning teng hajmlarida molekulalar soni bir xil bo'ladi. Masalan, bir xil sharoitda 10 l H2 dagi molekulalar soni 10 l CO2 dagi molekulalar soni bilan teng.

Avagadro qonuni asosida kelib chiqadigan xulosalar:

1) bir xil sharoitda turli gazlarning teng mol miqdori bir xil hajmni egallaydi;

2) normal sharoitda turli gazlarning bir moli 22,4 l hajmni egallaydi va bu hajm gazlarning molyar hajmi deyiladi;

3) normal sharoitda turli gazlarning bir molida 6,02•10^23 ta molekula bo'ladi va bu Avagadro doimiysi (NA) deyiladi.

©️@chemic_uz | @kimyo_muhokama
OPTIMA 1996-2018
IV bob. Kimyoviy reaksiya tezligi
22. Kimyoviy reaksiyaning tezligi

Nanumaviy yechimlar quyida berilgan👇
​​⚡️Ekvimolyar ⚡️Ekvimolekulyar,⚡️Stixometrik

ekvimolyar
=miqdor(mol)i-1:1(masalan, ammiak hosil bòlishida azot va vodorod 1 moldan olinadi).

stexiometrik = tòliq reaksiyaga kirishgan nisbat (masalan, ammiak hosil bòlishida azot va vodorod 1:3 nisbat olinadi). odatda bu termin tuzlar hosil bòlishiga nisbatan aytiladi ya'ni òrta tuz hosil bòlishiga aytiladi.

ekvimolekular = molekulalar soni teng (masalan, òyuvchi natriy va sulfat kis.ta reaksiyaga kirishib nordon tuz hosil bòlishi).

©️@chemic_uz | @kimyo_muhokama