Kimyo | Asilbek Salohiddinov
4.48K subscribers
884 photos
2.89K videos
554 files
864 links
Bog'lanish uchun
@Asilbek_Salohiddinov

Masala berish va yechish đŸ”ģ
@kimyo_muhokama

YouTube kanal đŸ”ģ
https://www.youtube.com/c/KimyoAsilbekSalohiddinov
Download Telegram
​​Indikatorlar

Indikatorlar
- eritma muhitiga qarab rangini o'zgartiruvchi moddalardir.

Suvli eritmalarning muhitini bir nechta usullar bilan aniqlab olish mumkin. Bulardan biri eritma muhitiga qarab rangini o'zgartiruvchi indikatorlarni qo'llashdir.

Indikatorlar sifatida amaliyotda ko'proq quyidagilar ishlatiladi :

â€ĸ Metil zarg'aldog'i
â€ĸ Lakmus
â€ĸ Fenolftalein
â€ĸ Universal indikator

Indikatorlar rangini qanday qilib eslab qolish mumkin ?

Lakmus

â€ĸ Issiq sovuq
â€ĸ Ishqoriy muhitda (sovqotadi) ko'karadi
â€ĸ Kislotaga tushib qolsa (isib ketib) qizaradi

Metilzarg'aldog'i

â€ĸ Ishqor sababli u kasaldek sarg'ayadi
â€ĸ Kislotalardan uyalganidan qizaradi
â€ĸ Hech ikkilanmasdan suvga talpinadi, chunki bu yerda u har doim to'q sariq rangda bo'ladi.

Fenolftalein

â€ĸ Boshqalar uchun kislotaga tushish omadsizlik bilan tengdir, lekin u hech qanday ko'z yoshlarsiz, ortiqcha so'zlarsiz o'zgarmasdan chidaydi.(rangsiz)
â€ĸ Ishqoriy muhitni esa, bolalar malinani sevgandek sevadi.

ÂŠī¸ @chemic_uz | @kimyo_muhokama
⏰ 15 minutdan so'ng 1-olimpiadani boshlaymiz!!!
Kanalimizda 1-Online Olimpida
📒 Mavzu: 8-sinf kitobidan (nazariy)
đŸ“Ļ Savollar soni: 25 dona
📌 Qiyinlilik darajasi: 1
âŒ›ī¸ Javob yuborish vaqti: 60 daqiqa

Reytingda: To'gri javoblar soni + vaqt hisobga olinadi!
@chemic_uz | @kimyo_muhokama
​​Reytingda: To'gri javoblar soni + vaqt hisobga olindi
đŸĨ‡Go'lib faqat bitta bo'ladi!
🏆 Sertifikat: ✅
đŸ’ĩ Mukofot puli miqdori: test yakunlangan vaqtdagi kanal azolarining 10 barobari

Javoblarni quyidagi botga namunadagidek yuboring 👇

@kimyo_olimpiada_bot
🔝🔝🔝🔝🔝🔝🔝
â›”ī¸Test yakunlandi.

📚Fan: 8-sinf nazariy 1-online test
🗝Test kodi: kod2
🏷Savollar soni: 25 ta

✅ Natijalar:

1 Karvonov Baxtiyor - 22 ta
2 Jurayeva Muxlisa - 18 ta
3 Abduquddus Halimjonov - 17 ta
4 FayzullaDobilov - 16 ta
5 Olimjonova Zahroxon - 14 ta
6 Gulbahor Murodullayeva - 13 ta
7 Izzatillo - 13 ta
8 Farhodova Gullola - 11 ta
9 Omonov Nodirbek - 10 ta
10 Azizbek Djumanov - 10 ta
11 Sabina Rahimova - 10 ta
12 Adilbekova Zarafshan - 9 ta
13 QuvochBek - 8 ta
14 Majidov - 5 ta

✅To`g`ri javoblar:
adadabdddbacddcabdbcbdbdc
1-o'rin Baxtiyor Karvonov!
👏👏👏👏👏👏👏👏
Kimyo | Asilbek Salohiddinov
1-o'rin Baxtiyor Karvonov! 👏👏👏👏👏👏👏👏
Yutuq miqdori 10 barobar edi! Keyingi olimpiadalarda ham barchangizni kutamiz!

Keyingi Online Olimpiada yakshanba kuni o'tkaziladi. Ma'lumotlarni berib boramiz!
Olam kimyogar nigohida yoxud men dunyoni qanday ko'raman! 😂

@chemic_uz
📌KVANT SONLAR !

🔘 Kvant sonlar elektronning fazodagi joyini belgilab beradi. Atomdagi har bir elektronning 4 ta kvant soni mavjud .

1ī¸âƒŖ -- Bosh kvant soni -- n-- elektronning yadrodan qanchalik uzoqda joylashganini bildiradi. Ya'ni elektron nechanchi pog'onada ekenligini .

2ī¸âƒŖ -- Orbital kvant soni-- l -- elektron bulutining shaklini bildiradi . Bu esa pog'onachasini aniqlaydi.
Hozirda 4 ta orbital mavjud bo'lib ular quyidagicha raqamlangan :

s -- 0 , p -- 1 , d -- 2 , f -- 3

3ī¸âƒŖ -- Magnit kvant soni-- m1 -- elektron bulutining fazodagi yo'nalishini bildiradi va elektron pog'onachaning qaysi yacheykasida (katakcha) joylashganligini bildiradi .

4ī¸âƒŖ-- Spin kvant soni -- ms-- elektronning o'zi o'qi atrofida aylanish yo'nalishini bildiradi . Elektronning xususiy holatini belgilab beradi .

â—ī¸ Pauli prinsipi -- bitta atom yoki ion tarkibida barcha to'rtala kvant sonlari ham bir xil bo'lgan ikkita elektron yo'q.

â—ī¸ Hund qoidasi -- elektronlar spin kvant sonlari yig'indisi maksimal bo'lishiga intiladi.

â—ī¸ Klechkovskiy qoidasi-- (minimal energiya prinsipi ) -- elektron orbitallarning elektronlar bilan to'lib borish ketma - ketligi ularning bosh va orbital kvang sonlari yig'indisi ( m + l) qiymati ortib borish tartibida bo'ladi. Agar bir nechta orbital uchun (n + l) qiymatlari yig'indisi bir xil bo'lsa , bunda elektronlar bosh kvant soni kichik bo'lgan orbitaldan boshlab to'la boshlaydi.

Manba
: #kimyomantiq
👉 📔Mavzuni to'liq o'qish 👈