"Cheksiz mehr bilan birlashaylik"
37 subscribers
45 photos
9 videos
67 files
8 links
"Nuron" cheksiz mehr bilan birlashaylik
Erkin volontyorlik harakati!
Nuron so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib muruvvat ko‘rsatish, birlashish degan ma'noni anglatadi!
Download Telegram
🕊 30 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Qachonki qalb bilan bu olam ziynatlari orasidagi a'loqa barham topib, uning o'rnini davomli zikr egallasa, banda bilan Yaratuvchi o'rtasidagi uns va muhabbat yanada ortadi.

Munisa Qurbonova

@Cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
-Oyoqlaringga nima bo‘ldi!

-Janatga mendan oldinroq ketib qolishdi

Mehr uchun birlashaylik
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊Bilarmidingiz

Yaqiningizga yuboring
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
💞Sevgi💕

Sevgi o'zi nima u qanday paydo boladi? Sevgi shundayin bir ilohiy tuyg'ulardan biriki u kutilmaganda paydo bo'ladi menimcha xammamizni ushbu shirin tuyg'u boshimizdan o'tgan.Sevib qolgan inson xatto sevgani uchun xamma narsaga tayyor bo'ladi.Bilasizmi azizlar Sevgi xatto yosh xam tanlamaydi 60 da xam 70 da xam sevib qolish mumkin.Sevgi bazi insonlarni qalbiga bir kuchli to'fondek ogoxlantirishsiz kirib keladi buni bazida o'zimiz xam payqamay sezmay qolamiz.

Qattiq sevib qolgan insonni bir kuzatib ko'ringa kuzatganizda yaxshilab etibor bersangiz yurushidayu turishida o'zini tutishidayu xatto ovqatlanishida xam sezilarni o'zgarishlarga guvox bo'lasiz.

Sevgini ko'pchilik kasalik xam deydi lekin Sevgini xama xar xil tushunadi.Sevgi bu-sevgan odamini hurmat qilish va qabul qilish bilan birga o'zingizni butunlay boshqa odamga berishdan boshqa narsa emas deyishadi lekin shunday insonlar bor oramizda bir birini bir kun ko'rmasa bir biri bilan suxbatlashmay qolsa yasholmaydigon mana xaqiqiy muhabbat xaqiqiy Sevgi xuddiki Layli Majnun Farxodu Shirindek

💔Guruch kurmaksiz bo'lmaydi deganlaridek jamiatimizda muqaddas bir tuyg'u dep atalmish Sevgini Muhabbatni qadriga yetmayotgan bevafo insonlar xam yo'q emas o'ramizda bu gaplarni nega yozdi nega aytayapti dep o'ylayotgan bo'lishingiz mumkin lekin men ich ichimdan xis qilgan barcha o'yu xayollarimni bir gina shu she'rim orqali bayon etmoqchiman ushbu misralarni o'qib albatta meni tushunib olasizlar degan umitdaman.

Sevgimni rad etgan qiz yoxud :oshiq yigit tilidan

Sevmaganman shu yoshgacha
Biror qizni
Endi tanlab topibdida yurak sizni
Javobingiz YÒQ bòldiya sevgimizga
Nazarizga ilmadizmi yoki bizni

Chin sevgimni qalbim uzra joylagandim
Yuragimni sizga tortiq aylagandim
Vadalari yolģon deya òylamang xech
Kelishingiz xar kun kutib poylagandim

Sevgim bilan qalbingizga bordim uzur
Rad etdingiz bòlmadikmi sizga manzur
Sevilsam xam sevolmayman xech bir qizni
Bir bor sevib topolmadim xech bir xuzur

Sizga yetmoq balki menga endi orzu
Yor bòldiku sizmas menga alam qayģu
Endi kòngil sovuganda kelmang qaytib
Sevasizmi yòqmi endi bu qoronģu💔💔

Shoxrux Xamdamov.

Tayyorladi Shoxrux Xamdamov Nuron erkin volontyorlik harakati Baliqchi tumani lideri

👆Do‘stlaringizga ulashing mehr uchun
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊  32 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Zamon hammani o'zgartiradi, faqat ona mehrini emas!

Hamidova Mubinabonu

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
❗️Diqqat❗️

❗️Iqtiboslaringiz hech qaysi kitob yoki kanallardan olinmagan bo'lishi shart.

💯Iqtiboslar muallif tomonidan yozilgan bo'lishi kerak.

Barcha iqtiboslar hakamlar hay'ati tomonidan ko'rib chiqiladi.

🏆 G'oliblar 30-yanvardan so'ng 3 ish kundan ortiq vaqtda aniqlanadi va
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik kanalida e'lon qilinadi.

🫵Siz ham shoshiling.

😇Zero, barchamiz mehrli qalblar ostida birlashamiz

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊 33 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Hayot bu - yomg‘irdek  go'yo...
Muntazam yog‘adigan yomg‘ir ba’zan tomchilaydi, ba’zan jala quyadi.
Har kimning hayotida soyabon tutadigan odami bo'ladi.
U yomonliklardan himoya qilib, qalbingizga iliqlik, quyosh olib kiradi.
Unutmang...
Mehr... faqat tarqatilganda ko'payadi, o'zingizga ko'proq mehr jalb etishning yagona usuli ko'proq mehr ulashishdir.
Atrofingizda qalbi halim, mehrga to'la insonlar ko'paysin. Baxt hamisha hamrohingiz  bo'lsin!
Siz dunyoga, yaqinlarga qanday boqsangiz shunday ko'rinadi...
Har bir inson yomg‘ir tomchisi kabidir.
Qaysi biri loyga, yana qaysi biri gul yaprog‘iga tushadi.

Darmonboyeva Umida

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#volontyor #mehr #birlashaylik

𝙔𝙚𝙩𝙞𝙢𝙡𝙖𝙧🥀

Yetimlar haqida gap boshlanganda, har bir insonning ko'nglida bir bo'shlik paydo bo'ladi. Eng avallo, ota-onamiz borligiga shukronalar aytamiz.
Yetimlik qismati hech bir bandaga tushmasin deymiz. Ammo, mehribonlik uylariga borib ko'rganimizda, ota-ona mehrin ko'rmay katta bo'layotgan go'daklar, ming afsuski ota-onasi tirikligidayoq yetim bo'lganlarni ham ko'ramiz. Ularning ko'zlariga bir oz termulishingizni o'zi kifoya qiladi. Ichidadagi dardini bilib olasiz. ,,Ota-onamni sog'indim, ular mehriga zorman" degan mungli ohlar ko'ngillarga g'ashlik soladi.
Misol uchun siz, tunda ko'ngil hotirjam uxlaysiz, boshqa xonada xotirjamligingizni sababchilari bor, lekin ularchi? Tunda uxlaydi deb o'ylaysizmi? Yo'q! Faqat bitta xayol bilan yotadi, shu xayol bilan turadi. Uxlagan taqdirda ham tushlarida "g'oyibona" bo'lsa ham ko'rishadilar. Xullas faqat Ota-Ona orzusi bilan yashaydilar.
Shunday ekan azizlar o'zingizga savol bering. Ota onangiz borligiga qachon Allohga shukrona aytdingiz. Ota-onasidan uzoqdagilar qachon ota-onangizdan xabar olish tugul, qachon bir marotaba bo'lsa ham telefon qilib ,,Onajon, dadajon yaxshimisiz, ahvolingiz yaxshimi" - dedingiz. Qachon?
Xalqimizda bir gap bor, ,,Yetimni boshini silagan, boshida qancha soch tolasi bo'lsa shu darajadagi savobga erishadi" deydi. Ana endi aytingchi, qachon yetimni xolidan xabar oldik? Qachon?
Bu besh kunlik dunyoda, har xil insonlar bor. Ota onasini mehriga to'yganlar bor, to'ymaganlar bor.

Ota-onamizni qadriga yetaylik. Zotan, yetimlik hech bandani boshiga tushmasin.

Boyxonov Sarvarbek loyiha volontyori

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊  31 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar
 
Mehr bering, mayli har kimga, har nega. Faqat bu dunyoga emas! Bu dunyoga bog'lanib qolmang.

Toshqo'ziyeva Nigora

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊 34 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Baxtli bo'lish uchun jim turishlik va orzulari ushalishini kutishlik, bu axmoqlikdir
Siz faqatgina, baxtning ortidan quvib, uni izlab u tomon talpinib yashang
Haqiqiy baxt-bu ...
Allohga tavakkul qilgan holatda manzil tomon borishdir❤️🌝🤗

Gulhayo Yunusova

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊  35 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar


Ko'pincha Mehr izhor qilinadi..
Lekin haqiqiy mehr amallarda ko'rsatilishi kerak!
Mehr izhordan iborat emas.
Mehr isbotdan iborat...!

Shunchaki so'zlarga emas isbotlarga ehtiyojimiz bor.

Rahmataliyeva Aida

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊  36 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Hayot yo'llarining turli og'ir va yengil kunlarda bir birini asragan insonlargina shavqatlidirlar.

To'xtoshev Shahzod

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊  37 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Yaxshi narsalar ishonganingda, yaxshiroq narsalar sabr qilganingda ,eng yaxshi narsalar esa voz kechmaganingda keladi.
Shunday ekan , ishon ,sabr qil va voz kechma! Zero ,Alloh qalblarni bilguvchi va oʻta rahmli zotdir.

Qurbonaliyeva Shodiya

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Yangi O'zbekistonda "el aziz inson aziz"

O'zbekiston shunday go'zal osmoni musaffo tinch yurtdir.Albatta shunday yurtda necha asrlardan buyon xalqimiz omonlikda tinch totuv yashab kelmoqda.Olloximga ming shukurlar aytsak arzidi,Muhtaram birinchi prezedentimiz I.A.Karimov 1991- yil 1- sentabr o'z g'ururi sha'ni bilan buyuk bir yo'l sari odimlab ko'ydilar Bu oraliq masofada yurtboshimiz va xalqimiz oz muncha mashaqqatlar chekmadilar, Bu yillar orasida kuchli zabardast xalqimiz bilan birga oyoqqa tiklana boshladik.Keyinchalik yangi prezedentimiz Sh.M. Mirziyoyev bizga yangi O'zbekistonda juda xam go'zal sharoyitlar yaratib berdilar eng quvonarlisi esa Yangi O'zbekistonda "El aziz inson aziz "dep g'oya kiritdilar,bu esa sodda xalqimiz uchun ajoyib quvonarli xabar bo'ldi.Bu g'oya orqali,yoshlarni xamda keksalarni xam oldinga bemalol chorlasa bo'loveradi.Yanada quvonarlisi shundaki prezedentimiz o'z erkimizni xam qo'limizga tutqazib ko'ydilar ,Endi bemalol baralla biz yoshlar xatto nuroniy keksalar xam ichidagi gaplarini,xalqimizni va insonlarni qiynayotgan bir qancha momolarni xam bemalol tortinmay murojaatlar etishmoqdamiz  bu muamolar esa  raxbarlarimiz tomonidan ijobiy joyida xal etilayapti. Bundan esa xalqimiz juda xursand va mamnun. Yurtboshimiz tomonidan tibbiyot  sport xamda boshqa yo'nalishlarga qaratilayotgan katta etiborni ko'rib quvonasan kishi. Ko'zni quvontiruvchi baland -baland binolarini aytmaysizmi,Misoli Andijonimizni ikinchi Toshkent dep nomlasak xam bo'ladi,sababi bu yerdagi go'zliklarni ko'rib insonni bag'ri dili yayraydi.Andijonimizdagi o'quv maskanlar tibbiy markazlar,sport komplekslari,bolalar va nuroniylar uchun istirohat bog'lari aytishga arzigulik albatta.Chunki bu yurt Boburiylar Temuriylar yurtidir, xamisha Yurtimiz tinch osminimiz musoffo ekan bizga xech kim xech qachon bas kelolmaydi kim yurtidan yovni quvsa bizdirmiz o'sha, ana shunday go'zal Yangi O'zbekistonda yashayotganimizdan bog'oyatta xursandmiz.

Alloximga aytay shukur
Musaffodur osmonimiz
Katta kichik shod u xuram
Tinchdir bugun zamonimiz

Yurtboshimiz kuyib yonib
Òylab baxtu kamolimiz
Maqsadlar kòp oldimizda
Yoruģ bòlar iqbolimiz

Shunday gòzal zamonda
El aziz inson aziz

Tayyorladi Shoxrux Xamdamov Nuron erkin volontyorlik harakati Baliqchi tumani lideri

👆Do‘stlaringizga ulashing mehr uchun
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊  38 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Hamma narsaning oddiy qismi chiroyli. Oddiygina so'zlar, oddiygina mehr, oddiygina odamlar. Haligacha oddiylik eskirganini ko'rmadim.

Gulbadanbegim Muzropova

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
💐Ona

Ona qanchalik ulugʻ zot ekanini his qilmaymiz. Undagi kuch-qudrat, sabr-matonatni anglab yetmaymiz. Ona, onajon, onajonim deymiz, xolos. Anglash tugul, qadriga ham yetmaymiz.
Doʻstlar onalarimizni borida qadrlaylik. Asraylik, onalarimiz eng moʻtabar va ulugʻ zotlardir. Yerdagi farishtalarimizdir.

Ona jafokashdir,
Ona fidokor.
Ona nafosatin,
Qilmasdir oshkor.
Ammo goʻzal erur,
Oʻzi betakror.
Tilimiz ona deb,
Aytadi takror.
Yurak jilvalanar,
Joʻshib har qachon.
Dengizdek mavjlanar,
Yarqirar osmon.
Bundayin matonat,
Koʻrmagan zamon.
Sizga ta'zimdaman,
Sizga onajon!!!

Tayyorladi Maxsutaliyev Jahongir Nuron erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

👆Do‘stlaringizga ulashing mehr uchun
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Bu Bangladeshlik qariyani xech kimi yo‘q. U butun umr yig‘gan jamg‘armasini(o‘n ming dollar qiymatiga teng) masjidga olib kelib xammasini elektr energiyasiga to‘lov qildi.

Nega aynan elektrga otaxon, deyishsa, orqamdan duo qiladigan odam yo‘q, zora masjidni yoritishim qabrimni yorishiga sabab bo‘lsa deb javob berdi...

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊  39- ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Garchi MEHR to'rtta so'zdan iborat tushuncha sanalsa-da, insonlarga nisbatan cheksiz ishonch, oqibat va samimiylik baxsh etadi.Yorug' olamdagi eng arzon, eng qimmat hamda qiymati tengsiz tuyg'u mehr sanalishi barchamizga kundek ravshan. Shunday ekan bir-birimizga mehr ulashishdan tolmaylik, qadrdonlar😊😊😊

Fatilloyev Farrux

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊 40-ishtirokchi

#mehrli_qalblar

    Taqdirni  qo‘l bilan yaratur inson,
    G‘oyibdan keluvchi baxt-bu afsona.
       
        Inson yaxshi yashamoq uchun, va barcha orzulari amalga oshmoq uchun doimiy harakatda bo‘lmog‘i darkor. Zero, yaxshi niyatlar amalga oshishi uchun, ichimizda armon bo‘lib qolmasligi uchun harakatni bugundan boshlash maqsadga muvofiq.  Biz - har birimiz o‘z taqdirimizning charxpalaklarimiz uning o‘ng yoki tes aylanishi o‘zimizning qo‘limizda!!! Zotan Alloh taolo  ham aytadilar:

       Sendan - harakat
       Mendan -barakot

  Shunday ekan,orzularimiz orzuligicha qolib ketmasligi uchun vaqtida uyg‘onaylik birodarlar!!!!

Sug'diyona Mirzayeva

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊Sadoqat


Sadoqat juda noyob hammada ham topilavermaydigon tuyg'ular safiga kiradi.

📌Sadoqatimizni har kimga ham ko'rsatavermaymiz, ba'zan uyatchanglikdan, ba'zan ruhiyatimiz xohlamaydi.

😇Bizni sadoqatimiz oilamizga, Vatanimizga, sevgan yorimizga, do'stlarimizga nisbatan kuchliroq bo'ladi boshqa insonlarga nisbatan chunki ularga biz mehr beramiz, ishonch beramiz agarda ular oqlay olsa umrimiz oxiriga qadar ularga sadoqatimizni ko'rsatib o'tamiz.

🌺Sizga o'rganib qolgan insonni hech qachon tashlab ketmang. Mayli yoniga bormang, baxt bermang, lekin hech qachon tashlab ketmang. Uzoqdan bo'lsada borligingizni sadoqatingizni eslatib turing.


Tayyorladi Gulsanam Mirzaliyeva Nuron erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi.

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik