"Cheksiz mehr bilan birlashaylik"
37 subscribers
45 photos
9 videos
67 files
8 links
"Nuron" cheksiz mehr bilan birlashaylik
Erkin volontyorlik harakati!
Nuron so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib muruvvat ko‘rsatish, birlashish degan ma'noni anglatadi!
Download Telegram
🕊   16 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

,, Xursand boʻl. Oʻrgan. Qadrla.Tabassum qil.Shukronalik keltir.Shunchaki yasha.Baxtni qidirma - uning manbai oʻzing boʻl...ʼʼ

Ergasheva Malika.

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊 17 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Hayotimiz daraxt bo'lsa ota-onamiz ildizlaridir!

Jo'raqo'ziyev Hamidjon

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊  18 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

  Kim o'zini kun bo'yi tabassum qilishga haqliman deb o'ylamasa , ko'zlarini o'n daqiqaga yumsin! Shunda yorug'likni korish tabassum qilishga yetarli ekanini tushunib yetadi.

Ikromjonova Umida

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊  19 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Alloh taolo o‘zining oyati kalimasida shunday deb marhamat qilgan: ,, Albatta, to bir qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha, Alloh ularning holini o‘zgartirmas"
(13:11)

Abdumalikova Diyora

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊  20-ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Biz yulduzlarga o'xshaymiz. Ba'zida nimadir bizni ajratib qo'yadi va bu sodir bo'lganda, biz o'layotgandek tuyuladi, garchi aslida biz o'ta yangi yulduzga aylanamiz. O'z-o'zini anglash bizni o'ta yangi yulduzlarga aylantiradi va biz avvalgidan ko'ra chiroyli, yaxshiroq va yorqinroq bo'lamiz.

Jaloliddinova Saida

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊  21 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Mehr... Mana shu 4 tagina harfdan iborat so'z insonning butun borlig'idir. Mehr bor ekan bu hayotda yashashga ishtiyoqingiz ortadi. Mehr - din tanlamaydi, boy-u kambag'al tanlamaydi. Mehrning bozori yo'q. Dunyodagi eng arzon narsa ham, eng qimmat narsa ham bu - mehr. Uni insonlarga qancha ko'p ulashsak, o'zimizga shuncha ko'p bo'lib qaytadi. Mehr ko'p narsa emas, mehr hamma narsadir. Mehr - dinlarni, millatni, butun dunyoni birlashtirib turuvchi tuyg'udir. Bu besh kunlik dunyoda mehrimizni bir-birimizdan darig' tutmay, mehr ulashib yashaylik!

Sapura Sodiqova

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊  22 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Umrimiz juda tez òtib,tugab bormoqda. Biz esa xali ham yaxshi xayotni qidirib yuribmiz....

To'rakeldiyeva Sevara

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊  23 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Yodda tutingki, jannat ahli Allohni zikr qilmagan soatga afsuslanganchalik biror narsaga afsuslanmaydi. QALB BORLIQDAGI ENG MUQaDDAS IKKI NARSA: IYMON VA MUHABBATNING MANZILIDIR.

Inomjonova Zilola

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊 24 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Daraxtning bu olamda yashayotganiga suv sababchi bo‘lsa, bizning bu olamda borligimizga ota-onamiz sababchi

Durdona Ahmadjonova

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊 25 - ishtirokchi
#mehrli_qalblar

Unutmang...

Mehr faqat tarqatilganda ko‘payadi, o‘zingizga ko‘proq mehr jalb etishning yagona usuli ko‘proq mehr ulashishdir.

Maftuna Zokirova

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊  26 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Mehribonlik soqov gapira oladigan , karlar eshitadigan tildir .

Mahmudova Sevinch

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Qishloq hayoti

🏞 Qishloqda hayot tinch va osoyishta. Qishloq aholisi bir -birlarini yaxshi bilishadi va boshqalar bilan yaqin aloqada bo'lishgan. Qishloq aholisi juda do'stona, samimiy va boshqalarga har doim yordam berishga tayyor. Qishloqda, maxsus kunlarda, hamma qishloq aholisi yig'ilishadi va tayyorgarlik ishlarida bir -birlariga yordam berishadi. Odamlar qishloqda yashaydigan shaharlardagidan farqli o'laroq, qishloq aholisi o'rtasida ko'proq aloqa mavjud.
Ammo qishloqda shaharga qaraganda ob'ektlar kam. Qishloq aholisi odatda transport , ta'lim va hatto dori -darmon bilan bog'liq qiyinchiliklarga duch kelishadi. Aksariyat qishloqlarda to'liq jihozlangan va modernizatsiya qilingan tibbiy muassasalar yo'q. Ba'zi hollarda, qishloq aholisi uzoq masofani bosib o'tib, kasalxonaga yoki tibbiy markazga borishga to'g'ri keladi. Maktablar ham kam rivojlangan. Ota -onalar farzandlarini qishloqlarga emas, balki shaharlarga oliy o'quv yurtlariga yuborishdan xursand bo'lishadi. Ish qidirish qishloqda ham qiyin bo'lishi mumkin, chunki imkoniyatlar kamroq.

Tayyorladi Anvarbek Abdullayev Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati Buloqboshi tuman lideri

Do'stlaringizga ham ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Bolalik

🔥Barchamiz bu so'zni eshitkanimizda ko'z oldimizga yoshlikdagi beg'ubor, unutilmas damlarimiz ko'z oldimizga keladi to'g'rimi.

🕊Bolalik bu barcha insoning yoshligida qilgan sho'xliklari va yaxshi yomon o'tkan kunlari hisoblansa kerak. Barchamiz bolalikda qachon katta bo'lamiz ekan deb orzu qilamiz ammo ulg'aygandan so'ng o'sha beg'ubor damlarimizni sog'inamiz.

😇Sizning ham bolaligingizda qilgan xatoyingiz uchun tanbex berishlari barcha narsalarning eng ko'pi siziki bo'lishi aytkaningiz aytkan, deganingiz degan bo'lgan to'g'rimi. Barchamiz bolaligimizni eslasak yana o'sha devirga, dadamizga yoki Onamiz qayyoqa borsa ortidan ergashib ular bilan borishimiz, dadamiz uyga kanfet yoki o'yinchoq olib kelmasa har hasha qilishimiz bularning barchasi qaytib kelmas damlarimizdan biri hisoblanadi.

📌Aslini olganda nafaqat bolalik bugungi kunimiz hattoki ertangi keladigon kunimz ham o'tib qaytib kelmas davirlardan biri hisoblanadi. Hozir bolamiz keyin Ona yoki Ota bo'lamiz va farzandimiz ham biz kabi yaxshi esta qolarli, unutilmas damlarni o'tkazishi uchun Otamiz va Onamiz kabi yaxshi insonlar bo'lib ular kabi mehribon bo'lishimiz kerak.

Tayyorladi Ruhshona Po'latova Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati teshkilotchisi

Do'stlaringizga ham ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🏛Vatan

🇺🇿Vatan-kindik qonimiz tòkilgan muqaddas dargoh. Vatan-jonga jondosh, qalbga sirdosh eng uluģ kalom.

♥️Alloh taollo insonlarni bu dunyoda turli tuman ne'matlari bilan siylagan , har bir ne'matlarning o'ziga yarasha qadr qimmati bor. Ammo bular ichida bebaho yana bir ne'mat borki, uning qadr qimmatiga yetmoģimiz, kòz qorachiģimizdek asrashimiz lozim. Bu albatta Vatanga bòlgan muhabbat

🤱Samimiy insonlarga dòst bòlish uchun barchamiz talpinamiz. Iymonimiz but farzand bòlmoģimiz uchun ham Vatan onamiz kabi intilaveradi va bizni asrayveradi.

🌈Dunyoda O'zbekistondek gòzal va betakror mamlakatda yashashimizning òzi bir baxt. Biz yoshlar bizga berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib vatanimiz bayroģini yuksaklarga kòtarishimiz lozim.

👩‍🔬👩‍🎓👩‍⚕"Yoshlikda olingan bilim toshga òyilgan naqsh kabidir" degan naqlga amal qilgan holda har kim òziga berilgan qisqa davr imkoniyatlar mobaynida kasb hunar egallab ulkan marralarni zabt etib yurtimiz koriga yaraydigan inson bòlib intilishimiz lozim.

🕊Bulbul òz tikonzorida yayrab sayraganidek, insonlar ham òz ona tuproģida baxt osmonini quchmoģi mumkin.

👏👏👏Men Vatanimni sevaman....

Tayyorladi Dilafruz Akbarova
Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

👆Do‘stlaringizga ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Xalq

🤗Xalq so'zini birinchi eshitganimizdayoq hayolimizga doim birdamlik, bir katta kuch keladi.

Albatta xalq katta kuch, katta to'fon ular birlashsa juda ham yuqori natijalarga erishadi, erishishi ham aniq. Chunki ular bir yelkadan bosh chiqargan holda bor kuchlari bilan harakat qilishadi va natijaga erishishadi.

📌Oddiy xalqni jamiyatni ichidagi mehrni avtobusga chiqqanda yoshlar kattalarga joy berishidan ko'rishimiz mumkin bu o'zaro xurmat e'tibor namunasidir.

🤗Biz xalq jamiyat hayoti uchun birlashyapmiz.
Kelajagi porloq bo'lishi uchun birlashdik.
O'zbekiston xalqi ertaga emas bugun baxtli farovon hayotda yashashi uchun bugun bir safdamiz sizlar bilan.

Tayyorladi Gulsanam Mirzaliyeva Nuron erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

👆Do‘stlaringizga ulashing mehr uchun
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
"Farzand tarbiyasi"✍🏻

🔴👨‍👩‍👦Kishilik jamyatinining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti tarixidan ma’lumki, bola shaxsining kamoloti oilada shakllanadi. Oila — jamiyat hayotining kichik bir debochasi bo’lib, har tomonlama sog’lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun ma’sul bo’lgan g’oyat muhim tarbiya o’chog’dir.

👩‍👧‍👦O’z farzandlariga oqilona tarbiya bera olgan ota-onalar, umrlarini rohat va farog’atda o’tkazadilar, bolalaridan hamisha olijanoblik, mehribonlik, yaxshilik ko’radilar, dillari aslo jaroxat azobini sezmaydi; o’kinish hissiga duchor bo’lmaydilar. Shu to’g’rida o’zbek xalqidagi quyidagi maqol darak beradi: “Toy ulg’aysa, ot tinadi (yani ot minishdan qutqariladi)”.

🟡👨‍👧‍👦Ota oilada o’z farzandlariga har tomonlama yurish-turishda, nutq odobida, o’zaro muomala madaniyatida, eng muhimi amaliy ish faoliyatida to’g’rilik va haqqoniylik, samimiylik va xolislik yuzasidan namuna ko’rsatadi.
Yosh avlodni barkamol, sog’lom, Vatan tuyg’usini xis qila oladigan shaxs qilib voyaga etkazish, birinchi navbatda, oilaga va ota-onaga bog’liqdir.

🟢🔎✔️Xulosa qilib aytganda oilada bola tarbiyasining milliy o’ziga xos qoidalari mavjud bo’lib, ota-onalar ulardan o’rinli foydalanishlari lozim. Oilada ma'naviy-ruhiy hotirjamlik, o’zaro totuvlik xukmron bo’lsa, oila azolari bir-birlariga g’amxo’r bo’lsalar, bola tarbiyasining tayanch nuqtasini topa olsalar, bunday muhit bola tarbiyasiga ijobiy tasir etadi va ular farzandlariga haqiqiy baxt hadya etadilar, bu bilan ishimizda rivojlanish, jamiyatimizda olg’a siljish bo’ladi.


Tayyorladi:Jabaraliyev Jasurbek Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati
Qo'rg'ontepa tuman lideri

👍Do'stlaringizga ham ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊 27-ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Mehr, bu - eng go'zal tuyg'u. Nega bunday, bilasizmi? Chunki, Alloh bizni mehrga yog'rilgan holda dunyoga keltirdi va mehr-muhabbat ila o'z bag'riga olajak. Mehr bu Allohning yaxshi insonlarga qoldirgan buyuk omonatidir.

Hoshimova Muharram A'zamjon qizi

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#volontyor #mehr #birlashaylik

🌸Bodom guli

Erta bahor. Tog'lar ortidan kulib boqqan quyosh gulbarg uzra qongan shabnamni asta yaltiratyapti. Qizcha shoshib maktabga oshiqmoqda. Asli maktabga ancha kech qoldi. Soat 8dan o'tyapti. Maktabga yetib ham keldi. Kech kelgani uchun jazolandi ham . Lekin bugun uning kayfiyatini hech narsa buzmasligi kerak. Chunki bugun onasining tug'ilgan kuni. Maktabdan qaytar payt bo'ldi. Uyga ketyotganda yo'l chetida go'zal bir manzarani ko'rib qoldi. Yaqin borib qarasa, erta bahor gullagan bodomning oppoq chechaklari uning e'tiborini tortdi. Uning nafis gullagan bir shodasini bir urinishda sindirib oldi. Buni uzoqdan kuzatib turgan bog'bon qizga yaqinlashib, unga asta dakki berdi. Lekin qiz kayfiyatini buzmadi, pisandsizlik bilan bog'bonga bugun onamning tug'ilgan kunlari, ular bodom gulini yaxshi ko'rardilar, qabrlari ustiga qoyaman. Bilasizmi, kecha onam tushimga kirdilar, meni ko'rgani kelasanmi deb so'radi? Axir ularni oldilariga quruq bora olmayman, shuning uchun, shu bir shoda gullarni olib boraman, bog'bon qizni gaplaridan ta'sirlanib, unga rahmi keldi, lekin qiz qanday yomon xoldaligini o'zi bilmasdi, qanday bilsin bu yosh go'dak inson boshiga tushajak judoliklardan biri o'lim atalmish ayriliqligini. Bodom gulini uyiga olib borib, dadasiga ko'rsatdi va uni nima qilmoqchiligini aytdi. Dadasi yuragi ezilsada bildirmay, bir kulib qo'yib, uni suvga solishini aytdi. Peshin namozidan so'ng ular mozor tomon yo'l olishdi. Qizcha aytganiday, bodom gulini qabr tepasiga qo'ydi. Qizcha ertasi kuni ham maktabdan qaytayotganda huddi shunday qildi, bodom shohini sindirib uyiga olib keldi. Dadasi bu safar indamadi, keyingi kun ham shunday boldi. Dadasi daraxtning ham joni borligi-yu, u ham onasi kabi jon berishi mumkinligini tushuntirdi.
"-qizim har kuni daraxtni shikastlab, unga nohaqlik qilyapsan, qara, uning ham nihollari ya'ni bolalari bor, u ham ona"
"-Daraxt ham onami?"
"-Albatta, qara, yonidan chiqqan shohlari uni bolalarida, sen har kuni uni shikastlab o'ldiryapsan"
Bola tushundi shekilli indamadi.
Ertasi kuni ertalab dadasi qizini xonasiga qarasa yo'qz oshxonaga borsa u yerda ham yo'q. Tashqariga qarasa, qizcha kecha olib kelgan bodom shoxini ko'zlarida jiqqa yosh bilan yerga ko'myapti. Dadasi yaqin borib uni ko'mishdan foyda yo'qligini aytganda, qizchaning yig'i aralash ayta olgan gapi "Daraxt o'lmasin, onalar boshqa o'lmasin.

🕊Hoshimova Muharram loyiha volontyori

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊  28 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Eng arzon narsa bu - mehr😊

Yokubova Bibisora

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊 29-ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Davosi faqat iymondan bo'lgan dardlar bor.

Mehroj

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik