"Cheksiz mehr bilan birlashaylik"
32 subscribers
45 photos
9 videos
67 files
8 links
"Nuron" cheksiz mehr bilan birlashaylik
Erkin volontyorlik harakati!
Nuron so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib muruvvat ko‘rsatish, birlashish degan ma'noni anglatadi!
Download Telegram
#Volontyor #Mehr #Birlashaylik

#Samimiyat😊

Bu soʻz zamirida qanchadan qancha mano bor? Hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan paytda bu soʻzga, bu munosabatga qanchalik ehtiyoj bor🥺.
Har qanday munosabatlarda samimiylik muhimmi?
Albatta 😊😊 bu juda muhim. Samimiylik degani bir biriga ishonch degani, rostgoʻylik, kimgadir hech qanday manfaatlarsiz yordam bermoq degani.... Samimiyat ota- onamizning🥹 seni juda yaxshi koʻraman bolam deya aytgan soʻzlarida...
Bir- biriga mehr ila boqqan qaro koʻzlarda...
Bolajonlarning begʻubor kulishlarida...
Beminnat uzatilgan qoʻllarda🤗
Shifoxona derazasidan tashqariga iltijo bilan boqqan yuzlardaa🥺
Bobom va buvimning duo ila aytgan soʻzlarida...
Ishdan, yoki oʻqishdan kech qolsam yaqinlarimning xavotir ila boqib turgan kozlarida...👀 Bolajonlarning hech bir yomon hayollarsiz qilgan katta katta orzularidaa🥰...
Samimiyat har joyda...
Samimiy inson bilan qancha gaplashsangiz shuncha oz☺️☺️☺️☺️
Afsuski, hozirda samimiyat shunchaki modaga aylanyapti🥹, sizga shunday samimiy insonlar boʻlib koʻringanlarning asl yuzini koʻrganingizda qalbingizda nimadir uziladi 🥲...
Kimningdir xatosini, xatto aybini ham samimiyat ila mehr bilan☺️ toʻgʻri yoʻnaltirilsa albatta u tuzaladi. Samimiy boʻlishdan aslo qoʻrqish kerak emas🥰. Siz qanday boʻlsangiz atrofingizda shunday odamlarni toʻplash, siz ularga yoki ular sizga taʼsir oʻtkazishi mumkin!!! Shunday ekan samimiy boʻlishga☺️ atrofingizdagilarni samimiyligiga nima yetsin?😊.
Samimiyat har qanday vaziyatda insonni shubhasiz afzalliklari- yu kamchiliklari bilan qabul qilish degani...
#Xulosa:
Shu fikrlarimni samimiy shoirlarimizdan biri Muhammad Yusufning 4 misralik sheʼri bilan yakunlasam☺️🤭:
Bilmaydi, eh bobom bilmaydi,
Men, men axir sevardim uni.
Saltanatning oti nimaydi?🤔
Oʻsha sochi uzun qizni...
Naqadar samimiyat ila bitilgan jumlalar🥰

Xoʻsh siz ham samimiymisiz?🤔 Samimiyatga qanday qaraysiz? Har qanday munosabatlarda samimiyatning oʻrni siz uchun qanchalik muhim?

Tayyorladi Darmonqulova Umida loyiha volontyori

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik