#Hikoya #Ibrat
Bir ko‘ngli keng ayol mehribonlik uyidan jajji qizaloq asrab olibdi. Ayol unga g‘amxo‘rlik qilib yaxshi qarabdi va bolalar bog‘chasiga joylashtiribdi. Kunlarning birida bog‘chadagi boshqa bolalar qizni «yetimcha, asrandi», deb masxara qilishibdi (Aslida, bolalarning pok fikrida bunday masxaralash odati bo‘lmaydi, oilasidan o‘rganib qiladi).
Kechki vaqt qizni olgani onasi kelganida, qizaloq ko‘zlarida jiqqa yosh bilan onasidan so‘rabdi: «Oyijon, asrandi nima degani?»
Ona mehr to‘la ko‘zlari bilan qiziga qarab, shunday debdi: «Boshqa bolalar kabi onasining qornida emas, qalbida katta bo‘lgan deganidir, qizim». Qizaloq quvonib ketib onasini quchoqlabdi.
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik