"Cheksiz mehr bilan birlashaylik"
32 subscribers
45 photos
9 videos
67 files
8 links
"Nuron" cheksiz mehr bilan birlashaylik
Erkin volontyorlik harakati!
Nuron so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib muruvvat ko‘rsatish, birlashish degan ma'noni anglatadi!
Download Telegram
#volontyor #mehr #birlashaylik

🦋 #Sadoqat

Sadoqat - naqadar oliyjanob hislat ekanligini bilasizmi?
Bu hislat hammada ham yo‘q ekanliginichi?
Sadoqat bu noyob fazilat - bebaho axloq, ko‘pincha biz sadoqatni insonlargagina xos bo‘lgan tuyg‘u ifodasi deb tushunamiz. Aslini olganda esa, inson hayoti davomida o‘zi sevgan, o‘zi istagan jarayonga, hodisaga shaxsga va borliqdagi har bir voqelikka nisbatan ifodalab beradi bu kechinmani!!!
Demak, sadoqat biz uchun qadrli bo‘lgan insonlarimizga, biz uchun tanish tuyulgan narsa va hodisalarga nisbatan ham botiniy olamimizning aynan aksi ifodasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ammo biz bugun sizlar bilan insonlarga sadoqat mavzusida gaplashamiz🕊
Sadoqat ikki insoning bir -biriga bo‘lgan cheksiz hurmati.O‘zaro mehr - muhabbat va albatta mustahkam ishonch, metin iroda !!!! Bu xoh do‘stlik bo‘lsin xoh sevgi xoh qarindoshlik va hokazo.
Inson hayoti davomida juda ko‘p qiyinchiligu, sinovlarga duch keladi mana shunday vaqtlari hamisha yaqinlarining ko‘magiga, ularning ishonchiga va noyob sadoqatiga muhtojlik sezadi. Xuddi shunday sinovlar sizni sinagan vaqtda siz sadoqat nima ekanligini va unga kimlar munosib, kimlardir esa nomunosib ekanligini anglab yetasiz. Sadoqat bu - har qanday vaziyatda ham shunchaki kechib ketmaslik, insoning qadriga, mehr - muhabbatiga, e'tiboriga umuman olganda esa butun- bir shahsiyatga sodiq qolmoqlikdir!!!
Adabiyot so‘z san'ati bebaho - xazina ramziy ma'nolarni, tasviriy va tavsifiy jarayonlarni ifodalab berishda biz albatta unga murojaat qilamiz!!! Bugun ham sadoqat mavzusida unga murojaat qildik va quyidagicha javob oldik 🕊
Sadoqat va vafo kuychisi Zulfiyaxonim Isroilova ustoz shoira barchamizga tanish, bugun aynan ustozning nomida iqtidorli qizlarimiz uchun Zulfiyaxonim davlat mukofoti mavjud.
U kishi taniqli shoir Hamid Olimjon bilan turmush qilganliklarini ham barchamiz bilamiz albatta. Afsuski, baxtsiz falokat tufayli Zulfiya ustozning turmush o‘rtoqlari Hamid Olimjon avtohalokatga uchrab 34 yoshida olamdan o‘tdilar🥲
Bu payt ustozning boshiga turli qiyinchiliklar, ketma -ket sinovlar yog‘ildi. Zulfiyaxonim qaytib turmush qurmadilar, chunki ularda Hamid Olimjon xotirasiga bo‘lgan cheksiz mehr - muhabbat, sadoqat hali ham yashamoqda edi!!!
O‘sha vaqtlari ustoz, o‘z mehnatlari bilan o‘z mashavqatlari bilan farzandlarini bir o‘zi tarbiyalab halol yedirib o‘stirdilar. Bu uncha -muncha ayolning bardoshi yetmaydigan, uddasidan chiqa olmaydigan jarayon. Demak, mana sadoqat nima ekan?
Sadoqat, jins tanlamaydi u ayolga ham, erkakka ham tegishli bo‘lgan tushuncha sifat.
Biz buni faqat sizlarga yanada tushunarli bo‘lishi uchungina misol tariqasida keltirib o‘ttik😌
🕊 quyida shoiramizning ajoyib quyma satrlarini siz azizlarga ulashdik🙈


Hayot kitobimni varaqlab,
Men o‘tgan umrimga achinmay quydim.
Tabbassum o‘rnida kuldim charaqlab,
Suyish kerak bo‘lsa telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi, chunki yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.
Men o‘tgan umrga achinmay quydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash.
Suydim erkalandim, ayrildim kuydim
Izzat nima bildim - shuda bir yashash.

Zulfiyaxonim Isroilova

Tayorladi : Loyiha volontyori Mirzayeva Sug‘diyona

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik