"Cheksiz mehr bilan birlashaylik"
37 subscribers
45 photos
9 videos
67 files
8 links
"Nuron" cheksiz mehr bilan birlashaylik
Erkin volontyorlik harakati!
Nuron so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib muruvvat ko‘rsatish, birlashish degan ma'noni anglatadi!
Download Telegram
Saodat asri qissalari. 1-kitob.pdf
2 MB
Саодат асри қиссалари.
1-китоб...

©️Аҳмад Лутфий

Manzlimiz 》

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Saodat asri qissalari 2-kitob.pdf
2.1 MB
Саодат асри қиссалари.
2-китоб...

©️Аҳмад Лутфий

Manzlimiz 》

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Saodat asri qissalari. 3-kitob.pdf
2.2 MB
Саодат асри қиссалари.
3-китоб...

©️Аҳмад Лутфий

Manzlimiz 》

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Saodat asri qissalari . 4-kitob.pdf
2.1 MB
Саодат асри қиссалари.
4-китоб...

©️Аҳмад Лутфий

Manzlimiz 》

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
MEHR UCHUN BIRLASHMOQCHIMIZ

🤝Biz bilan birga bo‘ling

"Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik" erkin volontyorlik harakati

Har kim savob ish qilish kerak, savob ishni har kim har kuni qilish kerak!

🤲
#muruvvat #mehr #birdamlik

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Azizlar yuqorida "SAODAT QISSALARI" nomli kitobning jamlanmasi bor sizga maqulmi!
SHUKRONALIK


Shukronalik eshitilishidan oddiy so'zdek tuyular lekin juda katta ma'no kuchini o'zida mujassam aylaydi.

Biz o'z hayotimizdagi arzimas xafagarchiliklar uchun umrimizni, go'zal vaqtlarimizni behuda siqilishlar uchun o'tkazmasligimiz kerakligini kunda ko'p marotabadan shukrona aytishimiz bizni muammolarimiz kaliti ekanligini esimizdan chiqarmagan holda duo qilishimiz kerak.
Xatto atrofdagi barcha bizga qarshi tuyulganida ham, olamimiz rangsiz bo'lib ko'ringanida ham, hafagarchilik bizni qurshab olganida ham, ko'zlarimiz ko'rmay qolganida ham, yurolmay qolganimizda ham, gapirolmay qolganimizda ham biz duo qila olishimiz mumkinligini esdan chiqarmasligimiz shart.

🤲Ikki qo'limiz orasida qanchadan- qancha duolar yashiringanligini yodga olib shukronalik ila duo qilib Yaratgandan so'rashimiz mumkin.

Tayyorladi Gulsanam Mirzaliyeva
Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

👆Do‘stlaringizga ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕰️ Vaqt-oliy hakam...

Agar bir umrning qadrini bilmoqchi boʻlsangiz- kapalakdan soʻrang ...

Agar 10 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsangiz-20 yoshida nogiron boʻlib qolgan 30 yoshli odamdan soʻrang ...

Agar 1 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsangiz- imtihondan yiqilgan talabadan soʻrang ...

Bir kunning qadrini bilmoqchi boʻlsangiz- hosili kuz yomgʻirida qolgan dehqondan soʻrang ...

Bir soatni qadrini bilmoqchi boʻlsangiz-uyiga bir soat kech qolgan tarbiyali farzanddan soʻrang ...

5 daqiqaning miqdorini bilmoqchi boʻlsangiz- poyezdga kech qolgan yoʻlovchidan soʻrang ..

Bir daqiqaning qadrini bilmoqchi boʻlsangiz- mehmon kutayotgan yolgʻizdan soʻrang ...

Bir daqiqaning oʻndan bir miqdorini bilmoqchi boʻlsangiz- bemorni kasalxonaga olib kelayotgan haydovchidan soʻrang ...

  Shunchaki mulohaza qilamiz...

💌 Doʻstlarga ulashing, mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Tinchlik Alhamdulillah

Tinchlik bu insonga Alloh tomonidan berilgan eng katta ne'matlardan biri hisoblanadi. Biz bazan bu so'z qanchalar katta ma'noni anglatishini shu tinchlikni qanchalar qadirlashimiz kerakligini unutib qo'yamiz.

Shunday joylar bor bir kun ham tinch kuni yo'q lekin ular shunda ham shukur qilib tinchlik bo'lishiga umid bilan yashashadi. Biz esa dunyodegi eng tinch davlatlardan birida yashab kelishimiz va erta tongda onajonimiz bizni erkalab uyg'otishi har kuni toza havodan to'yib nafas olish yaqin insonlarimizni sog' salomat ko'rish bularning barchasi eng katta baxt emasmi aslida.

🤲Har kuni va har soniya Allohdan tinchligimizi so'rab barcha bizga bergan ne'matlari uchun shukur qilib faqat yaxshilik qilishga harakat qilishimiz, betob insonlar uchun davo so'rab duo qilishimiz kerak.

Tayyorladi Ruhshona Po'latova Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

👆Do'stlaringizga ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊mativatsiya

🕰Har qanday maqsadga erishish uchun vaqt talab etiladi. Baʼzan yillar talab qilishi ham mumkin!

👏Sizning qoʻllaringiz hech qachon pastga tushmasligi uchun har kuni sizni oruzlaringizga yaqinlashtiradigan yutuqlarni nishonlashingiz kerak.

🎉Bu qiyin yoʻlni oxirigacha davom ettirishning yagona usuli - bu sizning kichik yutuqlaringizni nishonlashdir.
Yaʼni har bir sizni xursand qiladigan vaziyatlar uchun minnatdorlik bilan borliqqa sevgi hislarini yuborishdir.

👧🧒Kichik gʻalabalarni muntazam ravishda nishonlayotib, siz oʻzingizni kelajakda harakatlanish va rivojlantirish uchun har kuni turtki beruvchi gʻayrat bilan taʼminlaysiz.

Shunday ekan faqat olgʻa yuring! Toʻxtab qolmang!
Oʻzingizni oʻzingiz ruhlantiring va ragʻbatlantiring.

😊Har doim oʻzingizga oʻzingiz ayting!

- “Meni hech kim maqsadim yoʻlida toʻxtatib qololmaydi”
- “Men kuchliman”
- “Men albatta gʻalaba qozonaman”

Agar maqsadingiz aniq boʻlsa unga kuchli shijoat bilan yondashing. Faqat ojizlargina yengiladi. Siz esa ojiz emassiz.

👆Unutmang!

Oʻtmishda yoki hozirda kim boʻlganingiz muhim emas. Kelajakda kim boʻlishingiz muhimdir. Kelajagingiz esa oʻzi qoʻlingizda va u bugundan boshlanadi, olgʻa!

Tayyorladi Farangiz Sulaymonova Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

👆Do'stlaringizga ulashing  mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
😇 Baxt

🙂 Shunchaki bir so'z. Bir qarashda oddiy ko'rinishi mumkin bo'lgan bu so'z. Ammo uning tag zamirida xursandchilik, xotirjamlik, vafo, sadoqat, mehr va muhabbat kabi ilohiy tuyg'ularni yotadi.

🥹To'rttagina harfdan iborat bo'lgan bu so'zga dunyoning har bir kishisi muhtoj. Dunyo boyliklari qo'lida bo'lsa ham, yurtning egasidan tortib, egnida ust-boshidan ortiq hech vaqosi bo'lmagan inson ham baxtga muhtojdir.

🧐Savol tug'iladi? Nega endi hamma insonlar baxtga oshiqishadi-intilishadi? Uni butun dunyodan qidirishadi. Topish uchun bor buduni, bor umrini berishadi. Nima ular bilmaydimi? Yoki his qilishmaydimi? Axir, baxt boylikda yoki obro'-e'tiborda emas, balki o'z qo'llarida-ku.

👆Unutmang!

Baxt - uni yarata olganlar uchundir.

🕊 Baxt - bu o'zida bor narsalar ila shodlik ulashishdir. Siz yaqinlaringizni baxtli qiling, shunda baxt sizni o'zi topadi. Baxtning asl mohiyati ham ana shundadir.

Siz baxtli bo'lishni istaysizmi? Unda avvalo oynada o'zingizga boqing. Sizda nimalar borligiga qarang. Yaqinlaringiz, oila a'zolaringizga qarang. Ularning ko'zlaridagi ishonch va mehrga qarang. Siz albatta ana shu yerdan baxtni topasiz.

🤗Ha aytgancha yana bir gap. Sizning oilangiz bormi? Shirindan shakar farzandlaringiz bobo-buvilarining oldida chopqillab yurishibdimi? Unda siz allaqachon baxtli insonsiz. Baxtingizni asrang yaqinlarim!

Tayyorladi Jahongir Maxsutaliyev Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

👆Do'stlaringizga ulashing  mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Baxtli hayot sari.pdf
1.4 MB
Бахтли ҳаѐт сари.

Зиѐвуддин Раҳим


Manzlimiz 》
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊Mehr uchun birlashaylik!

Azizlar safimizga ikkilanmay qo‘shiling!

Mehrga muhtoj qalblarga birgalikda mehr ulashamiz!

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
👨‍👩‍👧‍👦Oila

😇Bizga azal azaldan yani bolaligimizdan oila muqaddas dargohligi unda hamjihatlikda mehr muhabbatda yashab hayot kechirishligimiz uqtirilib kelinadi.

🔥Ba'zan biz pulimiz, yangi mashinamiz, uyimiz, qimmat baxo narsalarimiz bo'lsagina baxtli bo'lib yashaymiz deb o'ylaymiz.
Yo'q aslida esa oilada bizni yaqinlarimiz borligi ota-onamiz aka-uka, opa-singlimiz borligi ularni sog' salomat ekanligi bizni baxtimiz.

💕Biz mehrni ko'chadan begona insonlardan emas o'z oilamizdagi insonlardan izlashimiz kerak, ular beroladi eng kerakligi bizni dardimizga da'vo bo'ladigon mehrni, yonimizda turoladi og'ir damlarimizda. Har ne kelsa boshimizga faqatgina oldimizda oilamiz bo'ladi.

Oilani qadrlagan, oiladagi insonlarni himoya qilolgan odam, jamiyatni ham yetarlicha himoya qiloladi.

Tayyorladi Gulsanam Mirzaliyeva
Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

👆Do‘stlaringizga ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊Ona

😍Ona eshtilishidan judayam oddiy so'zdek tuyuladi lekin bu so'zning ma'nosi cheksiz mehr, minnatsiz yordam va shunga o'xshash judayam ko'p tuyg'ularni o'zida mujasamlashtirgan. Ona insonga bir marotaba beriladigon va qaytib topib bo'lmas boylikdir.

Ona bu farzandi dunyoga kelgan kundan toki o'zi vafot etkungacha umrini, yoshligini farzandiga bag'ishlaydigon yagona inson, biz uchun hayotini havfga qo'ygan, to'qqiz oy bizni vujudida ko'tarib yurgan biz toki o'zimizni eplay oladigon darajaga kelgunimizcha biz uchun qayg'urgan kechalari uyqusidan kechkan inson. Onamizni qadriga yeta olyabmizmi, bir kecha uyqusini buzub bizga kechasi bilan qarab chiqqan insonni rozi qila olyabmizmi shu xaqida hech o'zingizga savol berganmisiz?

🕰Vaqti kelsa ovozimizni ko'taramiz uyalmasdan yuziga qarab gap qaytaramiz bizni tergasa ho'rsinamiz ularga menga u kerak menga shu narsani olib berasiz deb shart qo'yamiz o'sha payt hayolimizda shuni olib berishka onamni imkoniyati bormikin deya o'ylaganmizmi. Ona bu hech qachon qaytib kelmas insonimiz o'sha biz yelib yugurib ishlab topayotkan mol dunyoyimiz, boyligimiz, pullarimiz hamma hammasini topa olamiz lekin onamizni topolmaymiz. Aslini olganda bizni shu darajada o'qitib katta inson qilib el oldida hurmatga erishkanimiz bularning barchasi onamiz qilgan duoda emasmikin aslida.

🌺Bizga umrini bag‘shida etkan jonini ham molini ham ayamagan inson Onalarimizni qadriga yetaylik barchamizni Onalarimiz sog' bo'lishsin. Onalaringizni ehtiyot qiling.

Tayyorladi Ruhshona Po'latova Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

👆Do'stlaringizga ham ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik