"Cheksiz mehr bilan birlashaylik"
37 subscribers
45 photos
9 videos
67 files
8 links
"Nuron" cheksiz mehr bilan birlashaylik
Erkin volontyorlik harakati!
Nuron so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib muruvvat ko‘rsatish, birlashish degan ma'noni anglatadi!
Download Telegram
🧔Haqiqiy qahramon bu — OTA

▪️ Soʻz bilan ifodalab boʻlmas fidokorlik, beminnat mehr, haqi olinmaydigan mehnatlarning nomidir – ota.
▪️ Otangdan meros istaysanmi? Unda bilimini ol, tajribasini oʻrgan.
▪️ Otasiz uyga tun tez keladi.
▪️ Ota toʻplaganini oʻgʻil sochar.
▪️ Ota jannat eshigidir.
▪️ Otaning fazilati – farzandning xazinasi.
▪️ Qanday unutaman? Koʻzim tushgan har joyda siz borsiz, otajon!
▪️ Bir ota yuz bolani eplaydi, yuz bola bir otani eplolmas.
▪️ Dunyoga qayta kelsam, yana sizning farzandingiz boʻlishni istardim, otajon!
▪️ Otangizga eʼtiborli boʻling. Uning tashvishlari siz oʻylaganingizdan ancha kattadir.
▪️ Ota chinor daraxti kabidir. Mevasi boʻlmasa ham, soyasining oʻzi yetarli.
▪️ Otalar sovuq koʻrinadi, issiqligi vafot etganda bilinadi.
▪️ Otaning qadrini ota boʻlganda bilasan.
▪️ Bolalarini sevmagan ota boʻlishi mumkin, lekin nevaralarini sevmagan bobo yoʻq.

Otang senga bosim qilganida u seni oʻsishingni istaydi.

Otangni jim turganini koʻrganingda u seni kelajaging haqida bosh qotirayotgan boʻladi.

Otang iqtisod qilgan paytda bilib qoʻy, u oʻz nafsini butunlay mahrum qilgan boʻladi.

Otang hansirab qolganini koʻrsang bilib qoʻy, u sen sababli shunday boʻlgan.

Otang kulgan paytida bilib qoʻy, buning ham sababchisi sensan.

Otang qattiq qoʻl boʻlib qolsa bilib qoʻy, sen uning koʻrsatmalariga yurmagan boʻlasan.

Otang eshik xonasini qulflab olgan paytida bilib qoʻy, u yigʻlayotgan boʻladi.

Otangga nisbatan ovozingni balandlatsang uni tiriklayin goʻrga tiqqaningni bilib qoʻy.

🔥Sen oʻzingni darbadar va sargardon holda koʻrsang bilib qoʻy, otang sendan gʻazablangan boʻladi.

Otang toʻshakka choʻzilib olib, gapirmayotganini koʻrsang bilib qoʻy, sen ulkan suyanchiq togʻni yoʻqotib, boʻshliqqa yuz tutgan boʻlasan. U boʻshliqni hech qanday xotira toʻldira olmaydi.

🕊Oʻzi haloskorlar bu – otalardir aslida! Farzandlarga yoshligidan otasi u uchun qanchadan-qancha mashaqqatli va qiyin yoʻllarni bosib oʻtishi haqida koʻproq gapirib turish kerak. Juda koʻp maqtovlar onalarga qaratilgan. Otalarni ham esdan chiqarib qoʻymaslik kerak!

Tayyorladi Farangiz Sulaymonova Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

👆Do'stlaringizga ulashing  mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Yaxshi insonlar yaxshiliklar hamrohingiz bo‘lsin!

🤲
#muruvvat #mehr #birdamlik

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Do‘stimga maktub.pdf
1.5 MB
Yaqin doʻstlaringizga ilining)

Biz bilan birga bo‘ling!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#виждон

Тан олиш керак сиз иродасизсиз, ишончсиз инсонсиз!

Яшаш учун ҳаракат қилмайсиз!

Ўзингизга савол беринг!

📌Бахтлимисиз?
Нималарга улгурмадингиз?
Нималарга эришдингиз?
Мақсадингиз аниқми?

Юқоридаги саволларга жавобни ўзингиздан бугун сўранг!

Сизга ҳавола қилаётган ролигимни кўринг ва бугун ШУКУР қиляпманми? деган саволни ҳам беринг ўзингизга!

🙏Азизлар яшашдан мақсадимиз яқинларимизни асраш уларни кўнглини олиш комил инсон бўлиб етишишдир!

🔥Мехр билан
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🙋‍♀Hayot

⛅️Hayot-bu Olloh tomonidan bizga berilgan eng qadrli ne'matdir. Dunyoga kelibmizki qaysi oilada kimning farzandi ekanligimizni faqat yaratgan egam biladi.

🔥Hayotda yagona baxt bu doimo olģa intilish. Oila va yaqinlar mehrini his etib yonida bòlish.

❤️Hayotda eng yaxshi maslahatchi bu bizning "Yuragimiz" uni asrang. Hayotda eng yaxshi yòldosh "Vijdonimiz" uni yòqotmang.

Hayotda orzularga beriling va qiziqing. Qiziqishlaringiz doirasini kengaytiring. Hayotda chinakam baxtga erishish uchun yetarlicha harakat qiling. Yon atrofdagi insonlaraga yaxshilik qiling va mehringizni ayamang

Tayyorladi Dilafruz Akbarova
Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

👆Do‘stlaringizga ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊Qadr qimmat

🤔Siz qadrlash deganda nimani tushunasiz?

🙏Asosan insonlar bir birini qadrlashi yaqin insonlarini oila a'zolarini qadriga yetishi lozim.

😔Hozirgi kunda shunday insonlar borki ular o'zida bor narsani qadriga yetishmaydi va yana shunday insonlar borki ular nafaqat insonlarni balkim unga berilgan barcha ne'matlarni qadirlay olishadi. Biz ya'ni siz qanday insonman deb hisoblaysiz o'zingizga berilgan ne'matlarni va Ota Onangiz, yaqinlaringizni qadrlay olasizmi?

🔥Ko'pchilik insonlar borligida qadriga yetmasdan o'sha narsasini yo'qotkandan so'ng afsuslanishadi, qaniydi hozir bo'lganda shu darajada qadrlagan bo'lardimki hammani havasi kelardi. Undan tashqari bizni insonlar hozirda va keyinchalik qadrlashi uchun shunday inson bo'la olyabmizmi?

Amir Temur, Alisher Navoiy va shunga o'xshash buyuk ajdodlarimizni elimiz yilar davomida qadrlab kelishadi sababi ular judayam buyuk ishlarni amalga oshirishkan Yurti uchun jonini fido qilishkan. Bizni ham shunday qadrlashlarini yillar davomida yaxshi xotira bilan eslashlari bu qanday buyuk baxt to'g'rimi.

Inson hamisha bir birini qadriga yetib, unga berilgan ne'matlarga shukur qilib yashasagina barchasi yaxshi bo'ladi hamisha bir birimizni e'zozlab yashaylik azizlarim.

Tayyorladi Ruhshona Po'latova Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

Do'stlaringizga ham ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
"KO‘NGIL"

🏞 Har bir millatning o‘zligini anglatuvchi xush kalomi uning tilida bayon etiladi. Ko‘ngil boyligini asrash shu xalqning kelajagini asrash demakdir. Ko‘ngil-qalb ko‘zgusi.

Darhaqiqat, muhabbat bayonimizni faqat ko‘ngil, qalb orqali so‘zlash barobarida ifoda etamiz.

O‘z qalbini anglagan inson o‘z eli ko‘ngliga e'tiborli boladi.

Birinchi navbatda ko‘nglimiz pokligini yorqin namoyon eta olishimiz uchun qalbimiz boyligini ko‘paytira borishimiz zarur.

Ko‘ngil eng avvalo madaniyat bilan birga yuksaladi. Uning ta'sirchan kuchi beqiyosdir.

Ko‘ngil xalqning tarixi, madaniyati, uning bosib o‘tgan yolidir. Shu aziz, qalbimiz shu mukarram Ko‘ngil sabab ellar birlashib, do‘stlik rishtalari bog‘langan.

Buyuk bobomiz Alisher Navoiy aytganidek, «Kongul maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalidin so‘z bil». Aytayotgan so`zimiz fikrimiz ifodasi, xush zabonimiz esa xushxulqlik ifodasidir.

❤️ Payg‘ambarimiz (S A V) vasallam. Ibrohim alayhissalom qurgan Ka‘bani buzsang buzgil Insonni qalbini buzmagin deganlar. Insonning qalbi, ko‘ngli Allohning nazari hisoblanadi.

🥳 Inson hamisha bir biriga mehrli bo‘lsa Yaratgan egam bizlarga mehrli bo‘ladi. Bir birimizdan muhabbatimizni qizg‘onmay yashaylik azizlarim.

Tayyorladi Anvarbek Abdullayev Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati Buloqboshi tuman lideri

Do'stlaringizga ham ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊Qariyalar

Insonni yoshligi emas eng gullagan, navqiron payti bu  yoshi ulg'aygan, nabira va bollalar bilan  bag'ri to'lib toshgan keksalik vaqti eng mazmunli umri, eng go'zal vaqti bo'ladi.

🤲Qariganida yaxshi xurmat va e'tibor mehr topishi insonni o'ziga bog'liq bo'ladi yani yoshlik vaqtida insonlarga qilgan yaxshiligi bolalarga ajratgan vaqti, mehri albatta qariganida o'ziga qaytadi.

😇Hayot qonuni shunday kim yoshligida kattalarga qanday munosabatda bo'lsa, u ulg'ayganidan keyin ham xuddi o'sha munosabat boshqalar tomonidan qaytadi.

💕Aytishadiku "Qarisi bor uyning parisi bo'ladi" deb. Albatta yoshi ulug' qariyasi bo'lgan uy fayzli barakotli bo'ladi.


Tayyorladi Gulsanam Mirzaliyeva Nuron erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

👆Do‘stlaringizga ulashing mehr uchun
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
"DO'STLIK"

Do'stlik bu insonlar o'rtasidagi maqsadlar intilishlar qarashlar va manfaatlar yaqinligi, o'zoro bir biriga ishonishga asoslangan bebaxo nematlardan biri hisoblanadi.

Hayotda xaqiqiy sadoqatli do'st topish inson uchun katta baxtdir Darhaqiqat : dunyodagi eng yaqin do'st bu bizning ota- onamiz aka ukamizdir, lekin shular qatorida chin do'stimiz bo'lishini xam xoxlaymiz sababi xech kimga aytolmagan gaplaringni dardlaringni do'sting bilan birga baham ko'rganga ne yetsin

Do'stlik bu tog'lardan baland zilol suvidek toza tuyg'ulardan biri xisoblanadi .


Do'stlikni Umar Xayyom shunday tariflaydi yani : Eng yaqin do'st bu sizga yoqmaydigon hamma narsani yuzinga aytadigon va hammaga dunyodagi eng ajoyib inson ekanligingni aytadigon odam dep ta'riflab o'tgan

Shunday ekan“Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib”, “Dushman siringni o‘g‘irlaydi, do‘st xatongni to‘g‘irlaydi”, “Do‘st kuyinar, dushman suyunar”, “Do‘sting bilan dildosh bo‘l, qilar ishda qo‘ldosh bo‘l” kabi xalqimizning ibratli maqollari mavjud. Do‘stlar ko‘p bo‘lsa, turmush xam yaxshi o‘tadi va,aksincha, do‘stsiz kechirilgan hayot bema’ni o‘tadi.shundok ekan xamamizni yaxshi kunimizda xam yomon kunimizda xam yonimizda bo'ladigin mehribon yelkadosh insonimiz do'stlarimiz bo'lgani yaxshi Albatta
Yomon kunida yonida dalda bo‘ladigan, dardini tushunadigan do‘st bilan hamma ham faxrlansa kerak. Men ham o‘z do‘stim bilan faxrlanaman, chunki u har qanday vaziyatimda menga hamroh bo‘ladi va o‘z maslahatlarini mendan ayamaydi. Dardlarimni xuddi o‘zining dardidek tushunadi, menga yelkadosh men do'stim bilan faxrlanaman. U men uchun juda qadrli aziz inson sanaladi.

Do'st bilan obod uying
Gar bo'lsa u vayrona xam
Do'st qadam qo'ymas kishi vayronadur kovshona xam


Tayyorladi Shoxrux Xamdamov Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati Baliqchi tuman lideri

Do'stlaringizga ham ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Xorijiy tillarni o‘rganish — oson, qulay va mutlaqo bepul! #repost

Tashabbuskor yoshlar “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali o‘zbek, ingliz, nemis, turk, rus tillari bo‘yicha bepul darslarni yo‘lga qo‘yishdi.

Darslar:
Ingliz tilini 0 dan o‘rganish
Nemis tilini 0 dan o‘rganish
Turk tilini 0 dan o‘rganish
Rus tilini 0 dan o‘rganish
O‘zbek tili (xorijliklar uchun)

👉 Kuzatib boring: @ibratfarzandlari
🕊Dóstlik

🤔Dóstlik deganda siz nimani tushunasiz? Bu hayotda bizga Dóst kerakmi? Qanday insonni Dóst deya olamiz?

Hayotimizda hammamiz turli xil qiyinchiliklarga uchrashimiz bu realistik holat. Shu vaqtda yordam qólini chózgan odamni siz dóst deya olishingiz mumkin, haqiqatdan ham shunday góyo. Lekin dóstlar faqat qiyin kunda esga olinmaydi. Ularni har doim, har daqiqa yodda tutishimiz kerak.

Dóstlik  haqidagi bir iqtibos esimga tushib qoldi. Siz bilan baham kórmoqchiman

Nomimizning buyukligi dóstlarimizni buyukligidandur.
Go‘yoki Do‘stlik ikki shaxsning  bir shaxs sifatida birlashib ketishi va yagona fikrni o‘zida tashimog‘idir.

👥dóstlik haqidagi bir nechta iqtiboslarni sizga ham ilindim.

- Do‘stlik shunday bir daraxtdirki, urug‘i vafo, shohlari umid, yaproqlari saodatdir.

- Do‘stlik bir shahardirki, kaliti vafo, aholisi esa vafodorlardir.

- Do‘stlik usiz inson yashay olmaydigan kuch-quvvat manbaidir.

- Do‘stlik u orqali kishi o‘z dardini chiqarib yuborib, yengil nafas oladigan bir tuynukdir.

- Do‘stlik o‘zga uchun o‘z manfaatlarini qurbon qilish, fidokor bo‘lish hamda xudbinlik illatidan ozod bo‘lishdir.

Do‘stlik va sadoqat vafodorlik va fidokorlik tushunchalariga tutash bo‘lgan tuyg‘udir. Xiyonat unga butkul begona. Haqiqiy do‘st do‘stiga hech qachon xiyonatda bo‘lmaydi.

😇  Bir kam dunyoda dóst topishga ulgurdingizmi?

Biz sizga doim dóstlik qólini chózishga tayyormiz. Keling hammamiz bir bólaylik va barchani dóstlik mehri bilan yuraklarini zabt etaylik!!

Tayyorladi Nuron cheksiz mehr bilan bilashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi Boqiyev Xalilillox

Do'stlaringizga ham ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
"INSONIYLIK"🇺🇿

🇺🇿Maʼlumki, mamlakatimizda yashayotgan har bir inson qalbida insoniylik, mehr-muruvvat, bagʻrikenglik kabi ijobiy xislatlar joy olgani hech kimga sir emas. Ha, albatta, qaysi yurt vakili boʻlishimizdan qatʼi nazar tangri tomonidan yaratilgan har bir inson uchun oʻz muruvvatimizni ayamasligimiz ham ijobiy xislatlarimizdandir.

Bir mayizni qirq boʻlib yegan xalqmiz. Bagʻrikenglik, insonparvarlik qon-qonimizga singib ketgan. Ayniqsa, el uchun ogʻir, mashaqqatli va sinovli kunlarda xalqning saxovatpeshaligi, insonparvarligi, mehr-oqibati yanada yaqqol namoyon boʻladi. Tarix bunday voqeliklarga koʻp guvoh boʻlgan.


Biz nega bugun insoniylik mehr-oqibat, halollik, ezgulikdan gap ochdik? Gap shundaki, oramizda birovlar tashvishidan, qaygʻusidan pul ishlamoqchi, manfaat koʻrmoqchi boʻlganlar uchrab turibdi. Maqsad ularni yaxshilikka, ezgulikka daʼvat etish. Agar jamiyatdagi shunday kamchiliklarni davolamasak, yara yanada kattalashadi. Bu har qanday jamiyatni maʼnaviy tanazzulga olib boradi. Shunday ekan, odamlarni yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytarish, dinimizning talabi. Zero, dunyoni insoniylikni va yaxshilik obod etadi.



Tayyorladi: Jabaraliyev Jasurbek
😄▶️Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati 👇
Qoʻrgʻontepa tuman lideri

Do'stlaringizga ham ulashing mehr uchun
!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🏛Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati o'zgacha tanlov e'lon qiladi!

🫂
#mehrli_qalblar  challenge ostida birlashamiz

🎟Chellengeda ishtirok etish uchun namuna:

-
#mehrli_qalblar ostidagi iqtiboslaringiz (qisqa fikrlar)
- Ism-sharifingiz
-Kanalimiz manzili

Ushbu ma'lumotlarni taqdim eting va siz ham bizning challenge ishtirokchisiga aylaning!

📝Chellenge
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik kanalida 30-yanvargacha bo'lib o'tadi!

📥Iqtiboslarni yuborish uchun:
@Maxsutaliyev

Eslatma:
1)Imlo xatosi bo'lgan hamda yuqoridagi tartibda yuborilmagan iqtiboslar joylanmaydi.

G‘oliblar ikki bosqichda aniqlanadi!

1-Eng ko'p like to‘plagan iqtibos
2-Hakamlar hay'ati orqali tanlangan iqtibos

🏆G'olib bo'lgan ikki nafar birinchi o'rin sohiblari maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanadilar!

🌐 Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati.

Do‘stlar mehr uchun birlashaylik!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik

📌Tashkilotchilar
1️⃣Farangiz Sulaymonova
2️⃣Jahongir Maxsutaliyev
🕊1-ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Qalbning eng goʻzal musiqasi - mehr.

Kimsanboyeva Husnora

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊 2-shtirokchi

#mehrli_qalblar

Yumshoq qalb va mehribonlik bilan siz, filni ham ip bilan boshqara olasiz!

Oybekova Aziza

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊 3-shtirokchi

#mehrli_qalblar

Mehr bu – ota-onaning farzandini oʻzidanda koʻproq yaxshi koʻrishidir.

Hayitboev Sirojbek

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#volontyor #mehr #birlashaylik

❤️Qalb

Inson yaralibdiku undagi mehr, ko'ngil, har qanday tuyg'ular mujjasamligi qalbga borib taqaladi. Hayotda inson yoshligida olgan tarbiyasi, ota-onasining o'gitlari, atrof muhitning ta'siri uning qanday qalb egasi ekanligini anglatib turadi.

Misol uchun: Qandaydir vaziyatga duch kelsangizu undan chiqish uchun ikkilanoyatgan bo'lsangiz yaqinlaringizni "Qalbinga quloq sol" degan so'zlari sizni yuragingiz, qalbingiz qaysini to'g'ri deb bilsa ana shu sizga vaziyatdan chiqib ketishingizga birozgina yordam beradi!

Yuqorida ta'kidlanganidek tarbiya, oilada siz erka, sho'x, shaddod bo'lib o'sgan bo'lsangiz sizdagi qalb o'ta nozik, sal narsaga sinuvchan bo'lib qoladi. Bunday insonlar bilan zinxor qo'pol, do'q holatda gaplasha ko'rmang! (Bunday insonlar asosan ayollar xisoblanadi)

Yana shunday turdagi insonlar bor ular ko'pincha bag'ritosh deb atalishadi. Yo'q bunday insonlar hayotda maqsad qo'yishib, maqsadiga yeta olmaganlar. Ko'pincha hayotning o'nqir- cho'nqir yo'llarida qolib ketganlar yoki hayotdan ma'ni topmay zerikkan insonlardir. Bularga faqatgina mehr berish eng katta yutuqdir!

❤️ Zero hayotga keldikmi, Qalb eshiklarimizni mehr ila to'ldiraylik!

Mirjalol To‘lqinjonov loyiha volontyori