Genomika va bioinformatika markazi!
214 subscribers
615 photos
31 videos
1 file
139 links
O’zR FA Genomika va bioinformatika markazining rasmiy telegram kanali.

🔗Web sayt: https://uz.genomics.uz/

🔗Facebook: https://www.facebook.com/genomics.uz
Download Telegram
Forwarded from by Shukrullo Foziljonov
#useful #wikipathways

Wikipathways haqida eshitmaganmisiz: unda biolog emassiz!

📱WikiPathwaysning asosiy vazifalari:
Biologik yo‘llarni vizual va tushunarli ko‘rinishda taqdim etish
Genlar, oqsillar, metabolitlar, RNKlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatish
Kasallik mexanizmlarini o‘rganishda yordam berish
Big Data (RNA-Seq, Microarray, Metabolomics, Proteomics) natijalarini yo‘l darajasida talqin qilish
Bioinformatika dasturlari bilan integratsiyada ishlash.


👉
@byshukrullo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Forwarded from by Shukrullo Foziljonov
#useful #galaxy

Katta genomik ma'lumotlarni ularni yuklab olmasdan tahlil qilish mumkin!

Genomika sohasidagilar uchun eng katta muammolardan biri — katta hajmdagi ma’lumotlarni yuklab olish, saqlash va qayta ishlash. Ayniqsa, sequencing datalari gigabaytlab joy egallaydi va kuchli kompyuter talab qiladi. Galaxy Project bu muammoni hal qiladi. -Galaxy to‘g‘ridan-to‘g‘ri NCBI, ENA, UCSC yoki boshqa manbalardan faylni o‘zi yuklaydi va tahlil qiladi

-Barcha hisob-kitoblar serverda bajariladi (yuklash shart emas) -FastQC, Trimming, Alignment, Variant Calling, Visualization — hammasini yuklab olishsiz bajarish mumkin.


👉@byshukrullo
2
Assalomu alaykum!

Sizni kirib kelayotgan 2026-yil bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etaman. Yangi yil siz va oilangiz hayotiga fayz-baraka, tinchlik va osoyishtalik olib kelsin. Sizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va doimiy omad tilayman.

Yangi yilda barcha ezgu va xayrli rejalaringiz amalga oshsin, boshlagan ishlaringiz muvaffaqiyat bilan yakun topsin. Qalbingiz quvonchga to‘lsin, dasturxoningizdan qut-baraka arimasin, xonadoningizda esa mehr-oqibat va shodu-xurramlik hukm sursin.

Doimo yuksak marralarni ko‘zlab, katta maqsadlar sari dadil odimlab borishingizni, yangi cho‘qqilarni zabt etib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib borishingizni tilayman.

🌟 Yangi yil qutlug‘ bo‘lsin! 🌟

Hurmat bilan,
Genomika va bioinformatika markazi direktori
Zabardast Buriev
🔥11
#tabrik

🇺🇿14-yanvar - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni muborak bo’lsin!

Genomika va bioinformatika markazi
jamoasi ushbu bayram munosabati bilan vatan himoyachilarini samimiy qutlaydi.

Markaz jamoasi nomidan barcha vatan himoyachilariga, harbiy xizmatchilarimizga va ularning oilalariga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyat tilaymiz. Barcha yoshlarimizni tinchlik va xavfsizlikni qadrlashga, Vatan ravnaqi va taraqqiyoti uchun munosib hissa qo’shishiga chaqirib qolamiz.

Yurtimiz doimo tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

🧬Genomika va bioinformatika markazi: @centerofgenomics
👍2
Forwarded from by Shukrullo Foziljonov
#news #science

AlphaFold ortidan AlphaGenome


Kechagina yani 28.01.2026 kuni Nature jurnalida bir maqola nashr etildi, unda Google DeepMind AlphaGenome nomli yangi AI tool — DNKni chuqur tahlil qiladigan sun’iy intellekt modelini yaratgani haqida yozilgan! U 1 million baza juftigacha bo‘lgan DNK ketma-ketligini o‘qib, mutatsiyalar gen ifodasi, splicing va regulyatsiyaga qanday ta’sir qilishini bashorat qiladi.

Sodda qilib tushuntirsam: AlphaGenome genomda bitta nukleotid o’zgarsa nimalar bo’lishini bashorat qiladi - bu juda kuchli vosita!


🔗Maqolani albatta o’qib chiqing: https://doi.org/10.1038/s41586-025-10014-0

👉@byshukrullo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ilmiy-tadqiqot

☄️ Ilk bor oʻzbek uzumining genomi toʻliq tadqiq etildi

O‘zbekiston qadimdan uzum yetishtirish bilan mashhur bo‘lib, dunyoda uzum xonakilashtirilgan eng qadimgi hududlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda esa yurtimiz Markaziy Osiyoda uzumchilik bo‘yicha yetakchi o‘rinda turadi.


Asrlar davomida mamlakatimizda uzumchilik Yevropadagidan boshqacha yo‘l bilan rivojlangan. Bu yerda asosan shirin, xushbo‘y, yirik mevali va mayiz uchun qulay uzum navlariga katta e’tibor berilgan.

Zamonaviy bozor talabi o‘zgarib bormoqda. Bugun uzum nafaqat mazali, balki:
⭐️ uzoq masofaga tashishga chidamli;
⭐️ uzoq saqlanadigan;
⭐️ urug‘siz va sifatini yo‘qotmaydigan bo‘lishi kerak.

Shu sababli uzumzorlar maydoni kengaytirilmoqda. Lekin buning uchun avvalo mahalliy uzum navlarining genetik imkoniyatlarini chuqur o‘rganish juda muhim.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi olimlari 10 ta mahalliy uzum navining genomlari o‘rgandi. Ulardan Parkent navi asosiy namuna sifatida tanlandi.
Eng muhimi — O‘zbekistonda ilk bor mahalliy uzum navining genomi to‘liq yig‘ilib, ilmiy jihatdan izohlandi.


Parkent uzumining genetik ma’lumotlari bugun dunyodagi eng yirik ilmiy baza — NCBI (National Center for Biotechnology Information) ga joylashtirildi va u yerda uzum genomining qariyb 98 foizi qamrab olingan.


Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi fondi ko‘magida Markaz NextSeq 2000 keyingi avlod ketma-ketlik platformasi va zamonaviy yuqori samarali hisoblash klasteri bilan jihozlandi, bu esa ushbu tadqiqotlarda muhim omil bo‘ldi.

Bu tadqiqotlar:
✔️ o‘zbek uzumining noyob genetik boyligini saqlash;
✔️ iqlimga chidamli va serhosil navlar yaratish;
✔️ xalqaro bozorda raqobatbardosh uzum yetishtirish uchun mustahkam ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Mazkur tadqiqot o‘zbek ilm-fani va uzumchiligining kelajagi uchun muhim tarixiy qadam bo‘ldi.

☄️ Впервые полностью изучен геном узбекского винограда

Узбекистан по праву считается одним из древнейших центров вторичной доместикации винограда и сегодня занимает лидирующие позиции по его производству в Центральной Азии.


На протяжении веков виноградарство в нашей стране развивалось иначе, чем в Европе. Здесь большое внимание уделялось сортам винограда, которые в основном сладкие, ароматные, крупноплодные и пригодны для изюма.

Современный рыночный спрос меняется. Сегодня виноград должен быть не только вкусным, но и:
⭐️ устойчивым к транспортировке на большие расстояния;
⭐️длительным хранением;
⭐️ бессемянным и не терять своих качеств.

Поэтому площадь виноградников расширяется. Но для этого очень важно сначала глубоко изучить генетический потенциал местных сортов винограда.

Ученые из Центра геномики и биоинформатики Академии наук Узбекистана изучили геномы 10 местных сортов винограда. Из них в качестве основного образца был выбран сорт «Паркент».
Самое главное, впервые в Узбекистане геном местного сорта винограда был полностью собран и научно аннотирован.


Генетические данные винограда сорта «Паркент» на сегодняшний день размещены в крупнейшей в мире научной базе данных — NCBI (Национальный центр биотехнологической информации), где они охватывают около 98% генома винограда.


При поддержке Фонда Министерства высшего образования, науки и инноваций Центр был оснащен платформой секвенирования нового поколения NextSeq 2000 и современным высокопроизводительным вычислительным кластером, что стало важным фактором в этих исследованиях.

Эти исследования:

✔️ сохраняют уникальное генетическое богатство узбекского винограда;
✔️ создают климатоустойчивые и высокоурожайные сорта;
✔️ служат прочной научной основой для выращивания конкурентоспособного винограда на международном рынке.

Данное исследование стало важным историческим шагом для будущего узбекской науки и виноградарства.


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
2🔥1
E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Genomika va bioinformatika markazida 03.00.14 – Genomika, proteomika, bioinformatika ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) himoyasiga chiqish uchun talabgorlardan hujjatlar kelib tushganligi munosabati bilan mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon o‘tkaziladi.

🗓 Sana: 26-fevral
🕙 Vaqti: soat 10:00
📍 Joy: Markaz kichik majlislar zali

Barcha imtihon hay’ati a’zolaridan belgilangan vaqtda ishtirok etishlari so‘raladi.

🧬Genomika va bioinformatika markazi: @centerofgenomics
👍21
Mahalliy g‘o‘za navlarini genom texnologiyalari asosida takomillashtirish va ko‘sak qurti (Bt) hamda (Gt) glifosatga bardoshlilik genlarini joriy etish

Mahalliy navlarni ko‘sak qurti va begona o‘tlarga chidamli qilish maqsadida Genomika va bioinformatika yo‘nalishidagi zamonaviy yondashuvlar keng qo‘llanilmoqda. Xorijiy g‘o‘za navlaridagi ko‘sak qurti (Bt) hamda (Gt) glifosatga bardoshli genlarni mahalliy navlarga o‘tkazish orqali respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirishga mos, tezpishar, tola chiqimi va sifati yuqori yangi g‘o‘za navlarini yaratish hamda urug‘chiligini tashkil etish jarayonlari davom etmoqda.

Buxoro Agroklasterga qarashli G‘ijduvon paxta tozalash zavodi qoshidagi issiqxonada g‘o‘zaning Buxoro-10 naviga Genomika va bioinformatika markazi olimlari bilan hamkorlikda 3 ta gen kiritildi. Hozirgi holatda o‘simliklarda o‘rtacha 3–4 tadan to‘liq ko‘sak va 4–5 ta hosil elementi shakllangan.

🧬Genomika va bioinformatika markazi: @centerofgenomics
🔥1
🌍 Xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida muhim qadam

2026-yilning 12–25-yanvar kunlari Xitoy Xalq Respublikasida DUT-BGI International Winter School bo‘lib o‘tdi. Mazkur qishki maktab Dalian University of Technology hamda Beijing Genomics Institute hamkorligida tashkil etildi.

Ushbu nufuzli dasturda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Genomika va bioinformatika markazining Bioinformatika laboratoriyasi xodimlari munosib ishtirok etdilar:

🔹 katta ilmiy xodim — Yusupov Abduraxmonbek
🔹 kichik ilmiy xodimlar — Obidov Nurdinjon, Bashirxonov Ziyodulloxon
🔹 laborant — Mamadaliyeva Robiyaxon

Qishki maktab davomida ishtirokchilar zamonaviy genomika va bioinformatika yo‘nalishidagi ilg‘or texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar hamda xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.

Ilm-fan yo‘lidagi bunday xalqaro hamkorliklar yurtimizda genomika va bioinformatika sohalarining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. 🇺🇿

🧬Genomika va bioinformatika markazi: @centerofgenomics
👍61
#kadrlar_tayyorlash

☄️ G‘o‘za urug‘lik chigitlarining genetik tozaligini aniqlash bo‘yicha 14 kunlik o‘quv kursi tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-martdagi majlisi 58-sonli bayoni qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yilning birinchi choragida xorijdan import qilinayotgan g‘o‘za urug‘lik chigitlarining genetik tozaligini aniqlashga bag‘ishlangan 14 kunlik o‘quv kursi tashkil etildi.
Mazkur o‘quv kursida Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo hamda Toshkent viloyatlaridan tashrif buyurgan jami 12 nafar ilmiy xodim ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar zamonaviy laboratoriya uskunalarida ishlash, DNK ajratib olish va tahlil qilish, molekulyar markerlar asosida navlarning genetik tozaligini baholash bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlab, amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.

❗️ Ushbu o‘quv kursi respublikamizda g‘o‘za urug‘chiligi tizimini yanada takomillashtirish, import qilinayotgan urug‘lik materiallar sifatini xalqaro standartlar asosida nazorat qilish hamda sohada ilmiy salohiyatni oshirishga xizmat qiladi.



☄️ Организован 14 дневный учебный курс по определению генетической чистоты семян хлопка

В целях обеспечения выполнения Постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан № 58 от 24 марта 2025 года Центр геномики и биоинформатики Академии наук Республики Узбекистан организовал 14 дневный учебный курс по определению генетической чистоты семян хлопка, импортируемых из-за рубежа в первом квартале 2026 года.
В учебном курсе приняли участие 12 ученых из Хорезмской, Навоийской, Кашкадарьинской и Ташкентской областей.

В ходе обучения участники укрепили свои теоретические знания и приобрели практические навыки работы с современным лабораторным оборудованием, выделения и анализа ДНК, а также оценки генетической чистоты сортов на основе молекулярных маркеров.


❗️ Этот учебный курс послужит дальнейшему совершенствованию системы производства семян хлопка в нашей республике, контролю качества импортируемого семенного материала на основе международных стандартов и повышению научного потенциала в этой области.

Bizni kuzatib boring👇

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
🌷 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin! 🌷

Aziz va muxtaram opa-singillar,
aziz va munis onaxonlar hamda dilbar opa-singillar!

Genomika va bioinformatika markazining barcha muhtaram ayollari va go‘zal qizlarini nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilalaringizda tinchlik va to‘kin-sochinlik, baxt-saodat, shodu-hurramlik tilaymiz. Sharafli mehnat faoliyatingizda yangi-yangi yutuqlar va zafarlar doimo hamrohingiz bo‘lsin.

Ayollik baxti, bekalik taxti va onalikning ulug‘ martabasi Sizlarga hamisha yor bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Genomika va bioinformatika markazi direktori,
professor Z.T. Buriyev

🧬Genomika va bioinformatika markazi: @centerofgenomics
5👍3🔥2