Markaziy Osiyo
15.3K subscribers
7.66K photos
2.23K videos
726 files
7.07K links
Канал - жаҳон сиёсати, тарих ва халқаро алоқалар бўйича сизга ҳамрох. Баъзида янгиликларга шарҳ берилади.

Мурожаат учун - @markazga_murojaat_bot
Download Telegram
Типичный ўзбекистонлик юқори мансабдаги чиновник — италянский костюм-шим, француз атири, швейцария соати, америка телефони, германия машинаси... Лекин эрталабдан кечгача маҳаллий ишлаб чиқаришни ривожлантириш бўйича йиғилиш қилади

@centerasiastudy
Расмга қаранг! Жонини сақлаш учун антилопа тимсоҳдан қочмоқда. Қирғоқда антилопа боласи онасини кутиб турибди. Онани ҳайвон бўлсада кўзи ғамгин ва ёшга тўла.

Тимсоҳ барибир етиб олиб антилопа бўйнидан тишлаб олиши муқаррар бўлсада бу манзарани кузатиб турган инсон хаёлидан кўп нарса ўтади. Қани эди тимсоҳ чангалидан қутулиб қолса! Бир мўжиза бўлсаю сувдан эсон омон антилопа чиқса. Қани эди тимсоҳга бирор нарса халақит берса? Тўғрими?

Мабодо тимсоҳни бошига шу пайтда катта харсангтош тушиб кетса, беихтиёр қувонасиз? Тўғрими? Қалбида заррача инсоний раҳм шавқат бор инсон шундай фикрлайди.

Шунинг учун ҳам ўз Ватанини ҳикоя қилаётган украин аскарларига раҳмим келади. Босқинчи рус аскарлари вагонлаб портлаб кетса, баттар бўл деб қўяман! Факт шуки руслар украин ерларига биринчи бўлиб ҳужум қилди. Қолган барча гаплар бефойда!

Яшасин мустақиллик! Яшасин Ватанпарварлик!

Фейсбукдан олинди.

Каналга уланиш
@centerasiastudy
Book UZB ishchanlik.docx
4.1 MB
ЗАМОНАВИЙ ИШЧАНЛИК ПРОТОКОЛИ ВА ЭТИКЕТИ.

Китобда халқаро протокол ва этикетнинг асосий тушунчалари ва қоидалари, уларнинг меъёр ва қоидаларини хорижий шериклар билан мулоқот ва алоқалар пайтида амалий қўллаш тушунарли ва қисқа шаклда баён қилинган.

Ps: бизнингча ўқув қўлланмада барча билиши керак бўлган этикет қоидалари жамланган.

Каналга уланиш
@centerasiastudy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
De Beer конида ишчилар ҳар смена охирида олмос конларини тарк этишдан олдин рентген қилинган. Кимберли, Жанубий Aфрика, 1954-йил октябрь.

Library @centerasia_library

Каналга уланиш👇
@centerasiastudy
Бирваракайига тенглик ва озодлик ваъда қилаётган қонун чиқарувчилар ё инқилобчи, ё хаёлпараст ёки фирибгарлардир.

© Вольфганг Гёте

Markaziy Osiyo | Library | Science
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tramp yana Zelenskiyni Rossiyaga qarshi urush ochganlikda aybladi

«O‘zingdan 20 barobar katta davlatga qarshi urush ochib, kimdir senga raketalar berishidan umid qilmasliging kerak», dedi u Oq uyda.

Markaziy Osiyo | Library | Science
Буюк Британия ҳам қонунлар ғалатилиги бўйича бошқа мамлакатлардан қолишмайди.

2004 йилда бир қонун кучга кирди. Унга кўра расмийларни олдиндан огоҳлантирмасдан мамлакатга помидор олиб кириш мумкин эмас. Британ ботаник олими Этел Саржант уни қуйидагича тушунтиради: "Ушбу қонун қабул қилинишига Полшадан келган помидорларда замбуруғ топилганлиги сабаб бўлди. Қонун ҳанузгача амал қилади ва Полшадан помидор олиб кириш учун тегишли тартиб бажарилиши керак".

Яна бир қонунга кўра, хавфсизлик сигнализациясини сизнинг йўқлигингизда ўчириб қўядиган масъул шахсни тайинламасдан фаоллаштириш тақиқланади.

Маҳаллий аҳолининг фикрига кўра Британиянинг энг аҳмоқона қонуни парламент биносида ўлиш мумкинмаслигидир. Қонун 1313 йилда қабул қилинган ва қуйидагича изоҳланади: "Агар шахс Парламентда вафот этса, давлат уни ўз маблағлари ҳисобига дафн этишга мажбурдир. Бунинг олдини олиш учун шу қонун ўйлаб топилган".

Library @centerasia_library

Каналга уланиш
@centerasiastudy
‼️Жиззахда мини АЭС қурилишига старт берилибди.

Library @centerasia_library

Каналга уланиш
@centerasiastudy
#Bugun_vebinar

🌟 Rus tilidan A1 daraja uchun onlayn kurs! 🌟

Sizni rus tili bo'yicha maxsus tayyorlangan onlayn kursimizga taklif etamiz!

📚 Nima kutishingiz mumkin?

Asosiy grammatik qoidalar va so'z boyligi
Kundalik suhbatlarda qo'llanishi mumkin bo'lgan iboralar
Interaktiv video darslar va audio materiallar
O'qituvchi bilan jonli muloqot va amaliy mashg'ulotlar

📅 Kurs davomiyligi:

Har bir daraja uchun 1 oy. Umumiy davomiylik 3 oy davom etadi.

Dars vaqti:

Ertalab

💻 Texnik talablar:

Kompyuter yoki smartfon
Tezkor internet
Quloqchin

‼️Rus tilini o'rganishni xohlaysizmi? Bizning kursimiz siz uchun!

📌 Ro'yxatdan o'tish uchun: @Yulduz_Ahmedova

‼️Bugun soat 21:00 da Vebinar bo‘lib o‘tadi! Faqat 1 ta guruh ochiladi, joylar soni cheklangan!

подпишитесь на канал👇
@rustili_yulduz
Hammomdagi tahqirlov. Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi nota berdi

10-aprel kuni Moskvadagi "Бодрость" hammomida qirg‘izistonlik migrantlarning ommaviy tahqirlanishi sababli Qirg‘iziston Rossiyadan rasman izoh talab qildi.

14-aprel kuni Bishkekda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Almaz Imangaziyev va Rossiya elchisi Sergey Vakunov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Rossiya tomoniga muhojirlarning tahqirlanishi, qo‘lga olinishi sabablari va nima uchun kuch ishlatilgani izohlab berilishi talabi bilan nota topshirildi, deb yozadi 24.kg nashri.

Qirg‘iziston tomoni Rossiyadan politsiyachilarining xatti-harakatlariga qonuniy baho berilishi, aybdorlar jazolanishi, shuningdek, kelajakda bunday hodisalarning oldini olishni so‘ragani aytilmoqda. Bishkek mamlakatlar o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarining oqibatlaridan xavotir bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatuv kamerasidan olingan dahshatli kadrlar paydo bo‘ldi. Ularda xavfsizlik kuchlari hammomda markaziy osiyolik erkaklarga kuch ishlatib, baqirayotganini ko‘rish mumkin. O‘sha hammomga tushib qolgan muhojirlardan biri jurnalistlar bilan suhbatda kuch ishlatilgani va tahqirlanganini tasdiqladi va voqea tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Moskvada bir oyga yaqin taksi haydovchisi bo‘lib ishlaydigan Alixon 10-aprel kuni kechqurun amakisi va amakivachchasi bilan hammomga borgan. Yarim soatlar o‘tib, hammom eshigi buzilayotganining ovozi eshitilgan va binoda vahima boshlangan.

- Odamlar vahima qilib, qocha boshladi. Biz ham qochishga urindik, lekin hech kimni chiqarishmadi. Keyin hammani ura boshlashdi. Kim va nima uchun urayotgani umuman tushunarsiz, ko‘rib bo‘lmasdi. Qo‘llarida dubinka va elektroshokerlari bor edi. Hammani oshxonaga kiritishdi. Baquvvat erkaklarni ozg‘in va kuchsizroq erkaklardan ataylab ajratishdi. Soqoli borlarni umuman alohida olib ketishdi. Kimdir qarshilik ko‘rsatsa, qattiq kaltaklashdi, yuzga urishdi. Biz nega kaltaklanayotganimizni tushunmadik. Hech kim hujjat so‘ragani yo‘q. Bir erkak turib, bu holat sababi nimada deb so‘ragandi, “sizlar bizga shunchaki yoqmaysizlar” deb javob berishdi.

Alixonning aytib berishicha, kaltaklanish 5 soat davom etdi. Bu vaqt davomida politsiyachilar muhojirlarni turli yo‘l bilan tahqirlab borishgan.

- Bir muhojirda nos idishini topishdi. Shundan keyin hammani o‘sha idishni chaynashga majburlashdi. Ba’zilarni armrestlingga chiqarishdi, yutkazganlarni kaltaklashdi. Ba’zilarning hujjatlarini yirtib tashlashdi. Kimlarnidir kiyimi bilan basseynga sakrashga majburlashdi. Ba’zilarning cho‘ntaklaridagi pullarini olib qo‘yishdi. Bir erkakni yarim kilo achchiq qalampir yeyishga majburlashdi, - deydi Alixon.

Uning so‘zlariga ko‘ra, besh soatdan keyingina voqea joyiga politsiyaning katta xodimlari yetib kelgan. Ular vaziyatni o‘rganib chiqquncha, zo‘ravonlik to‘xtatilgan. Alixonning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda hammomda Qirg‘izistonning 60 ga yaqin fuqarosi bo‘lgan. Keyinchalik hammani turli bo‘limlarga olib ketishgan. Alixonni politsiya bo‘limidan bir-ikki soatdan keyin qo‘yib yuborishgan. Tog‘asi Baynazar esa hech qanday tushuntirishlarsiz jarima to‘lashga majbur bo‘lgan.

Qirg‘izistonning bir qator siyosatchilari va rasmiylari sodir bo‘lgan ommaviy tahqirlanish bo‘yicha munosabat bildirishdi. Joqorg‘u Kengesh deputati Janarbek Akayev Qirg‘iziston Moskvadagi hammomda sodir bo‘lgan tahqirlanish voqeasiga munosabat bildirishi kerakligini aytgan.

- Biz axir YeOII a’zosimiz, ittifoqchilarmiz, strategik hamkorlarmiz - shunday ekan, yuzlab vatandoshlarimizni kaltaklashga yo‘l qo‘yib, jim turamizmi? Zudlik bilan chora ko‘rish kerak! Rossiya kuch ishlatar tizimlari aybdorlarni javobgarlikka tortishi, xalqimizga rasmiy ma’lumot berishi kerak! Kompensatsiya to‘lash, barcha zararni qoplash va aybdorlarni kechirim so‘rashga majbur qilish kerak!," – degan deputat.
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi elchixona tomonidan jabrlangan fuqarolar bilan aloqa o‘rnatilgani va hozirda tegishli yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qilgan. Ma’lumotlar va zo‘ravonlik holatlari tekshirilayotgani, masala TIV nazoratiga olingani aytilmoqda.

@centerasiastudy
Rus tili bo‘yicha dars shu guruhda onlayn bo‘lib o‘tmoqda.

https://t.me/+kohMCRyY5EQ1MGYy
Vebinar boʻlib oʻtadigan guruh!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
АҚШ БМТда Россиянинг Украинага қилаётган босқинини қораловчи резолюцияга қарши овоз берди

Ҳужжатни Россия, Беларусь, Мали, Конго Демократик Республикаси, Никарагуа, Нигер, Судан ва Эритрея ҳам қўллаб-қувватламаган. Ўзбекистон вакили овоз бериш жараёнида иштирок этмаган.

Markaziy Osiyo | Library