CanadAli πŸ‡¨πŸ‡¦πŸ€πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
8.78K subscribers
374 photos
317 videos
2 files
467 links
Kanada davlatiga o'qish, ishlash va yashash istagida bormoqchi bo'lgan yurtdoshlarimiz uchun...
Menga shaxsan bog'lanish uchun: @Mr_Ali_Canada
Xizmatlar: www.canadali.net
Instagram: https://instagram.com/kanadalik_uzbek
Download Telegram
Nomzodni ko'chma ma'noda πŸ‡¨πŸ‡¦Kanadaga "sota olsangiz", unga viza berishlari ehtimoli yuqori bo'ladi. Mana yaqqol misol! 😎Xo'sh, student viza olish sirlaridan eng muhimi qaysi? πŸ€”

Avvalgi o'qigan sohasi, hozirgi kundagi kasbi va umuman olganda nomzodning o'tmishda bosib o'tgan yo'li va kelajakdagi rejalariga moslab o'qish va dastur tanlash student viza olishda katta ahamiyat kasb etadi. Ofitserlar ham ma'no va mantiq izlaydi baribir. "Nima uchun aynan hozir Kanada davlatida aynan shu o'qishda va shu yo'nalishda ta'lim olishni xohlab qoldingiz?" degan savol bo'ladi hujjat ko'rish jarayonida viza ofitserida.

E'tibor bering "svejiy" natijalarimizdan birining o'qigan universiteti va hozirgi kasbiga qanchalik mos tushgan tanlagan programmasi.

Viza olgan ushbu mijozimiz keysi haqida qisqacha ma'lumot:
Ta'lim muassasasi: Centennial college. Toronto shahri, Ontario provinsiyasi.
Tanlagan yo'nalishi: Construction Project Management. (1 yillik, 3 semester, Post Graduate Certificate dasturi)
Avval tugatgan o'qish joyi: Samarqand Arxitektura va Qurilish universiteti (bakalavr, Dizayn Interyerni Loyihalash yo'nalishi)
Kasbi: Arxitektor-interyer dizayner
Yoshi: 23
Til bilish darajasi: TOEFL 82 ball
Asli qayerdan: Samarqand

Vizaga topshirgan 16-iyun, natija 13-avgust, jami 2 oy ketdi.
Biz bilan ishni boshlagan: (2026-yil mart, o'qishga kirgan 2026-yil aprel, vizaga hujjat yig'gan: may-iyun oylari 2026-yil.

Yana bir yosh va istiqbolli yurtdoshimizning Kanadaga kelishida hissa qo'shganimizdan mamnunmiz. ✌️ Sizga yoki farzandingizga ham Kanada student vizasida amaliy yordam zarur bo'lsa, bizga qanday aloqaga chiqishni bilsangiz kerak! Unutmang: "Natijalar gapiradi!" 😎

Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman.

Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
πŸ‘‰ @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam uchun:
πŸ‘‰ www.canadali.net

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
πŸ‘‰ https://t.me/CanadAli
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘32πŸ”₯9πŸ‘5πŸŽ‰3🀩3
"Hamma chetga β€œsurishi” kerakmi? Chet elga ketmang, yaxshisi vatanda qoling agar siz…" deb nomlangan mavzuda YouTube platformasida batafsil video joyladik.

Bor yo'g'i 7 minutlik video davomida bu boradagi fikrimni to'liq yoritib berishga harakat qildim. Mazkur videoda Kanadaga yashash uchun kelganimdan keyin nimalarni his qilganimni va hozirga kelib qanday xulosa qilganimni shaxsiy tajribamdan yoritib berishga intildim. O'ylaymanki, bu fikrlar chet elga ketish yoki vatanda qolish qaroringiz uchun ancha foydali bo'ladi.

Ko'rib "like" tugmasini bosish va izohlarda savollar yoki fikrlarni qoldirish orqali "prosmotr" oshirishda bizga yordam bersangiz xursand bo'lamiz. Raxmat kattakon! 🀝

Videoni mana bu havoladan ko'rish mumkin:πŸ‘‡

https://youtu.be/NQl9blEqj7o?si=YIG5Hjpiu9PIU7Kj

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
πŸ”₯38πŸ‘17πŸ‘3πŸ€”1πŸŽ‰1πŸ‘€1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ball keskin pastladi. 382 ball bilan yana 5 mingta odam taklif oldi. πŸ˜ŽπŸ›«πŸ‡¨πŸ‡¦
@CanadAli
πŸ‘61πŸ”₯28πŸ‘12πŸŽ‰2πŸ€”1
Mana shunday email olish nasib qilsin barcha Kanadaga harakat qilayotganlarga! πŸ‡¨πŸ‡¦

Kanada doimiy yashovchisi statusingiz tasdiqlanganidan so’ng, sizga mana shunday mazmundagi eng so’nggi email keladi va hayotingizda yangi sahifa boshlanadi! 😎

@CanadAli 🍁
🀩109πŸ”₯70πŸ‘47πŸ‘17πŸŽ‰6
"Kanadaga borish qiyinmi? Chekkaroq hududlariga immigratsiya osonroqmi?" deb nomlangan mavzuda YouTube platformasida batafsil video joyladik.

3 daqiqalik video davomida bu mavzudagi faktlarni to'liq yoritib berishga harakat qildim. O'ylaymizki, bu imkoniyat Kanadaga borish uchun yo'l qidirib yurganlarga ancha foydali bo'ladi.

Ko'rib "like" tugmasini bosish va izohlarda savollar yoki fikrlarni qoldirish orqali "prosmotr" oshirishda bizga yordam bersangiz xursand bo'lamiz. Raxmat kattakon! 🀝

Videoni mana bu havoladan ko'rish mumkin:πŸ‘‡
https://youtu.be/rcSiDeovQ-w?si=0M5w1xl92TgXalhp

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
πŸ”₯38πŸ‘24πŸ‘2πŸŽ‰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingiz πŸ‡¨πŸ‡¦Kanada yoki πŸ‡ΊπŸ‡ΈAQSHda tugβ€˜ildi.
πŸ‡ΊπŸ‡ΏOβ€˜zbekiston pasportini ham olsa bo'ladimi? Qay tartibda?

Maqolani yaxshi niyatda saqlab qo'yavering: kelajakda asqotib qolar balki. πŸ˜‰

Kanada yoki AQSH hududida tugβ€˜ilgan bolalar ushbu mamlakat qonunchiligiga koβ€˜ra tugβ€˜ilish boβ€˜yicha avtomatik ravishda mahalliy fuqarolikni oladi. Biroq, agar ota-onaning ikkalasi (yoki ulardan biri) Oβ€˜zbekiston fuqarosi boβ€˜lsa, bola Oβ€˜zbekiston fuqaroligini ham olish huquqiga ega.

Quyidagi ketma-ketlikka rioya qilish zarur bu borada:

1. Tugβ€˜ilganlik haqida guvohnoma (Birth Certificate) apostil qilinadi. Kanadaning Ottava shahrida joylashgan Global Affairs Canada tashkiloti buni bepul amalga oshiradi. Metrikani pochtadan yuborish kerak xolos. Lekin Ontario, BC, Alberta, Saskatchewan va Quebec provinsiyalarida o'zining alohida apostil qiluvchi tashkiloti bor.

2. Vatanga qaytish guvohnomasini (Sertifikat) olish.
Bola Oβ€˜zbekistonga kirib kelishi uchun "Vatanga qaytish guvohnomasi" rasmiylashtirilishi kerak. Kanadada Oβ€˜zbekiston elchixonasi (hozircha) yoβ€˜q, shuning uchun bu hujjatni Kanadada yashaydigan Oβ€˜zbekiston fuqarolariga AQSHning Vashingtondagi Oβ€˜zbekiston Elchixonasi beradi. Mana bu saytda ushbu hujjatni olishga talablar belgilangan:
πŸ‘‰ Vatanga qaytish guvohnomasi

Zaruriy hujjatlar:
Bolaning metrikasi apostil qilingani hujjati.
Ota-onaning amaldagi Oβ€˜zbekiston pasportlari nusxasi va nikoh guvohnomasi;
Bolaning 3.5x4.5 sm oβ€˜lchamdagi fotosuratlari;
Belgilangan shakldagi ariza hamda konsullik yigβ€˜imi toβ€˜lovi.
Guvohnoma ma’lum bir muddatga (3 oygacha) Oβ€˜zbekistonga bir martalik kirish uchun beriladi.

3. Oβ€˜zbekistonda biometrik pasport rasmiylashtirish.
Bola Vatanga qaytish guvohnomasi bilan Oβ€˜zbekistonga olib kelingandan soβ€˜ng, doimiy roβ€˜yxatda turgan hududdagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boβ€˜limiga (OVIIR) murojaat qilinadi.

U yerda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi:
Bolaning AQSH/Kanada tugβ€˜ilganlik guvohnomasi (apostil va o'zbek tiliga tarjimasi bilan) va konsullikdan berilgan sertifikat taqdim etiladi. Bola Oβ€˜zbekiston fuqarosi sifatida doimiy roβ€˜yxatga (propiska) qoβ€˜yiladi. Fuqarolik tasdiqlangach, bolaga Oβ€˜zbekiston Respublikasining xorijga chiqish biometrik pasporti beriladi.

Shu tarzda, bola har ikkala davlat hujjatlariga ega boβ€˜lgan holda qonuniy ravishda Oβ€˜zbekiston fuqaroligini rasmiylashtirishi va Oβ€˜zbekiston pasportini olishi mumkin.

Diqqat bu muhim: Agarda bola O'zbekistonga xorijiy davlat pasporti bilan kirib kelsa unga fuqarolik berilmaydi. Boshqatdan, kelasi safar vatanga qaytish sertifikati bilan kirib kelishga majbur bo'ladi. Ovoragarchilik bo'lmasligi uchun o'sha sertifikatga ancha oldindan topshirib qo'yish tavsiya qilinadi, agar farzandingizga O'zbekiston pasportini ham olmoqchi bo'lsangiz. Ya'ni vatanga borishingizdan 2-3 oy avval harakatni boshlang.

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
πŸ‘23πŸ”₯19🀩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Moddiy toβ€˜kinlikdan ham muhimroq: πŸ‡¨πŸ‡¦Kanada hayotining oilaga beradigan eng katta tuhfasi. Ish va oila oβ€˜rtasidagi oltin muvozanat.

Chet elga, xususan Kanadaga koβ€˜chib o'tgan ko'plab insonlar uchun eng katta yutuq bu moddiy farovonlik emas, balki oilaga ajratish uchun vaqtning yetarli ekani. Ish soati tugagach, hayot toβ€˜xtab qolmaydi. Kanadadagi mehnat qonunchiligi va madaniyati insonning o'z oilasiga vaqt ajratishiga imkon beradi. Axir, hayot faqat ishdan iborat emasligi aniq, aynan mana shu holat bu davlatda yaqqol seziladi.

Dam olish kunlarini shunchaki divanda, ijtimoiy tarmoqlarda yoki televizor qarshisida emas, balki oila bilan birga tabiat qo'ynida, parklarda va ochiq havoda mazmunli o'tkazishga sharoit yaratib qo'yilgan.

Kuzatuvlarimga ko'ra mahalliy aholi o'zini mutlaqo ishga bag'ishlab yubormagan. Farzandining hayotida toβ€˜liq ishtirok etadi. Chunki bunga vaqti yetarli, sababi qilayotgan ishi yashash uchun yetarlicha daromad keltirishi sababli qo'shimcha ishlashiga ehtiyoj kam. Bolalarining qiziqishlari, hobbilari, sport va boshqa ko'ngilochar tadbirlarida ota-onasi ham birday qatnashadi ishidan ortib.

To'g'rida, ishdan keyin boshlig'i qachon uyga ketishini kutib o'tirmaydi. Ish soati tugashi bilan erkin uyiga keta oladi. Chala qolgan ishni ertasi kuni ham davom ettiraveradi. Chunki bosim mavjud emas, tizim asta-sekinlik bilan, shoshilmay harakatlanadi. Dam olish kunlari va ta'tillarda ish joyidan qo'ng'iroqlar yoki topshiriqlar bo'lmasligi, vaqtni to'liq oilaga bag'ishlashga imkon beradi.

Shahar va shaharchalarda har bir mahalla uchun moβ€˜ljallangan bogβ€˜lar, bolalar maydonchalari va xavfsiz piyodalar yoβ€˜lakchalari mavjud. Kanadaning betakror tabiati (koβ€˜llar, milliy parklar, togβ€˜lar) hafta oxirida oila bilan kemping, baliq ovlash yoki shunchaki sayr qilayotganlar bilan to'la bo'ladi.

Ertangi kunga, xavfsizlikka va ijtimoiy himoyaga boβ€˜lgan ishonch insondagi doimiy stress va xavotirni kamaytiradi. Natijada, ruhiy xotirjam inson oβ€˜z yaqinlariga sifatli e’tibor va samimiy mehr bera oladi.

Bugungi shiddatli dunyoda eng qimmatli resurs - bu vaqt. Shunday ekan, vaqtimizdan ma'lum bir qismini albatta oila va yaqinlarga sarflashni esdan chiqarmaylik. Agarda aynan hozir buni uddalay olmayotgan bo'lsangiz, balki nimanidir o'zgartirish vaqti kelgandir.

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
πŸ‘90πŸ”₯20πŸ‘8πŸŽ‰6🀩2πŸ‘€2πŸ€”1
Bugungi kun qanday voqealarga boy bo'ldi?
Kanada sari dadil qadam qo'yayotgan yurtdoshlarimizning mehnati tahsinga loyiq. πŸ‘

Mana bu 4 ta qisqa epizod bilan tanishib ko'ringda. Balki sizga ham ilhom manbayi bo'lar...πŸ€—

Shaxsan bog'lanish uchun:
πŸ‘‰
@Mr_Ali_Canada

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
πŸ‘‰
https://t.me/CanadAli
πŸ”₯50πŸ‘15πŸŽ‰7πŸ‘3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har doim ham emas, lekin ba'zi holatlarda yosh farzandiga student viza olishni πŸ‡¨πŸ‡¦Kanada hukumatidan so'ragan ota yoki onasi ham viza olishi mumkin bu davlatga. Mana bitta misol. πŸ₯³

Aslida sizda Kanadaga kelish uchun imkoniyat kamroq bo'lsada, ingliz tilini yaxshi biladigan farzandingiz kelajakda siz uchun bu davlatga "eshik ochishi" mumkin.

Ushbu mijozlarimiz bizga bog'lanib, onasi ham qizi bilan birga vizaga topshirishini taklif qilganida, dastlab biz bunga rozi bo'lmadik. Sababi, farzandi bahona Kanadaga kelib olib qolib ketishi mumkin degan shubha uyg'onadi viza ofitserida deb. Biroq, barcha riskni tushunib harakat qilyapmiz, urinib ko'raylik degan qat'iy qarorini amalga oshirishda yordam berishga oxir oqibat rozi bo'ldik. O'xshadi, berdi onasiga ham viza. Nasib ekanda...

To'g'ri, hammaga ham bunaqa usulda viza beraverishmaydi, rad ham qilib turishadi. Lekin peshonada bu ham, oldindan taxmin qila olmaysiz ofitserning qarorini.

Farzandi Kanadaga o'qishga kelib, bitirib ishlab qolsa va doimiy yashash huquqini olsa, ota-onasini ham ushbu davlatga olib kelish huquqi bor albatta. Lekin buni kamida 5 yillik reja deb hisoblash zarur uzoqroq kelajak uchun. Ammo, o'qishga yuborish chog'ida birga borishi kabi mana shunaqa holatlar ham uchrab turadi amaliyotda.

Viza olgan ushbu mijozimiz keysi haqida qisqacha ma'lumot:
Ta'lim muassasasi: OCAD - Ontario Art and Design University. Toronto shahri, Ontario provinsiyasi.
Tanlagan yo'nalishi: Design - Experimental Animation. (4 yillik bakalavr dasturi)
Avval tugatgan o'qish joyi: O'rta ta'lim maktabi, 11 yillik.
Yoshi: 17
Til bilish darajasi: IELTS 7.5 ball
Asli qayerdan: Toshkent

Vizaga topshirgan 12-may, natija 7-iyul, jami 2 oy ketdi.
Biz bilan ishni boshlagan: 2026-yil mart, o'qishga kirgan 2026-yil aprel, vizaga hujjat yig'gan: aprel-may oylari 2026-yil.

Yana bir yosh va istiqbolli yurtdoshimizning Kanadaga kelishida hissa qo'shganimizdan mamnunmiz. ✌️ Sizga yoki farzandingizga ham Kanada student vizasida amaliy yordam zarur bo'lsa, bizga qanday aloqaga chiqishni bilsangiz kerak! Unutmang: "Natijalar gapiradi!" 😎

Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman.

Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
πŸ‘‰ @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam uchun:
πŸ‘‰ www.canadali.net

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
πŸ‘‰ https://t.me/CanadAli
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯48πŸ‘17🀩11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ming-minglab odamlar orzu qiladigan va mashaqqat chekib qo'lga kiritadigan o'sha πŸ‡¨πŸ‡¦Kanada "doimiy yashovchisi" hujjati ko'rinishi qanaqa bo'ladi o'zi?

Bolalarga ham beriladimi? Bu hujjat bilan bemalol kelib-ketib yursa bo'ladimi O'zbekistonga ham? Keyin hech qanday viza kerak emasmi shunda?

Ushbu videoda shu haqda ko'rsatib berishga harakat qildim.

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish yo'llari aynan shu kanalda πŸ‘‰ https://t.me/CanadAli
πŸ‘61πŸ”₯16πŸ‘3🀩3
Bizda navbatdagi xushxabar! Yana bir O'zbekistonlik oila Kanadaga πŸ‡¨πŸ‡¦ fransuz tili yordamida PR, ya'ni "doimiy yashash" huquqini oldi.
πŸ₯³πŸŽ‰πŸ˜Ž

Shu yilning aprel oyida fransuz tilidan TCF B2 sertifikati yordamida tanlovda (ITA) tanlanib, iyun oyida barcha hujjatlarni jamoamiz yordamida topshirgan edi. Yakuniy natija esa juda tez, ya'ni 3 oyda chiqdi.

Hujjat topshirganidan keyin, javobni kutish jarayonida farzandli bo'lishdi va farzandi uchun ham alohida ariza berishga to'g'ri keldi. Bu biroz qo'shimcha ish, lekin qonunan shunday qilish mumkin.

Endi esa pasportlarini "immigrant" vizasini olish uchun pochta orqali yuborishadi va uzog'i bilan 1-2 oy ichida Kanadaga kirib kelishlari mumkin istashsa. Viza berilganidan keyin bemalol 12 oy ichida Kanadaga kirish mumkin va kirgandan keyin o'rtacha 1 oy ichida PR kartalari beriladi. Shu bilan hech qanday vizasiz Kanada hududida yashayveradi va O'zbekistonga ham borib kelib yuraveradi cheklovlarsiz.

Mazkur keys haqida qisqacha ma'lumot:
To'plagan bali: 466
Asosiy nomzod yoshi: 29
Ta'lim darajasi: Bakalavr
Til bilish darajasi: TCF B2, IELTS ham bor
Ish tajribasi: 2,5 yil
Asli qayerdan: Toshkent
Fransuz tilini "0"dan o'rgangan.
AQSHdan oldin 2 ta "otkaz"i bo'lgan.

Timeline:
Express Entry akkaunt ochilgan: 1-aprel
Taklif olgan: 16-aprel
Hujjat topshirgan: 14-iyun
Biometrika: 22-iyul
Yakuniy natija: 14-sentyabr

Hujjatlarni ko'rib chiqish jarayonida IRCC tomonidan turli "zapros"lar keldi. Jumlada: turmush o'rtog'ining harbiy xizmat holati, o'zining fransuz tilini o'rganish tarixi kabi. Barchasiga o'z vaqtida va puxta javoblar taqdim qilindi. Yuqorida yozilganidek orada farzandi tug'ilgani uchun farzandi hujjatlari ham keysga qo'shildi.

Xullas hammasi ijobiy yakun topdi va jamoamiz bilan yana bir O'zbekistonlik oilaning rejasi amalga oshishida hissa qo'shganimizdan xursandmiz. Aynan shu yo'nalishda harakat qilayotganlarga kuch-quvvat bersin va shu usulni boshlasakmikan deb o'ylab yurganlarga esa kichik bir hayotiy motivatsion misol. Barchaga omad! Nasib qilsin niyat qilgan boshqalarga ham.

Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman.

Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
πŸ‘‰ @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam uchun:
πŸ‘‰ www.canadali.net

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
πŸ‘‰ https://t.me/CanadAli
πŸ‘70πŸ”₯26πŸ‘7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KanadaπŸ‡¨πŸ‡¦ YevropaπŸ‡ͺπŸ‡Ί Ittifoqiga a'zo bo'ldimi? Yevropada yashayotganlar Kanadaga vizasiz bora oladimi endi? Shengen vizasi borlar uchun qanday yengilliklar bor?

So'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda "Kanada Yevropa Ittifoqiga qo'shilibdi, endi Shengen vizasi bilan Kanadaga borish mumkin ekan" degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Biroq bu ma'lumot haqiqatga mutlaqo to'g'ri kelmaydi.

Kanada Yevropa ittifoqining to'laqonli a'zosi emas, shunchaki assotsiatsiyalangan a'zosi. Yevropa Ittifoqi - faqat Yevropa qit'asida joylashgan davlatlarni birlashtiruvchi tashkilot. Kanada Shimoliy Amerikada joylashgan va geografik hamda siyosiy jihatdan YEIga to'liq a'zo bo'la olmaydi. Hozirgi a'zolik esa faqatgina ilmiy, texnologik, xavfsizlik, energiya va savdo masalalarida hamkorlikni nazarda tutadi.

Hozirda Shengen vizasi o'tmaydi Kanadaga kelish uchun, sababi Kanada Shengen hududiga kirmaydi. Shu sababli, Shengen vizasi yoki Yevropada yashash guvohnomasi (VNJ) borligi Kanadaga vizasiz kirish huquqini bermaydi.

O'zbekiston fuqarolari Yevropada Shengen yoki VNJ bilan yashasa ham, Kanadaga borish uchun baribir alohida viza talab qilinadi.

Hozirgi holatdan "vahima" yasab, endi Kanadaga borish uchun Yevropa vizasini oling deb "vasvasa" qilayotganlar ham rasmiy manbalar, yoki hech bo'lmasa "sun'iy intellekt" (AI) dan bu haqda to'liq bilib, keyin ma'lumot tarqatsalar to'g'ri bo'lar edi.

Kanadaga kelishni rejalashtirishda faqat rasmiy manbalarga va elchixona ma'lumotlariga tayanishingizni tavsiya etamiz!

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
πŸ‘‰ https://t.me/CanadAli
πŸ‘20πŸ”₯6πŸ‘€1
Bu safar rekord yangilandi. 2 oyda yakuniy natija! Bunaqasi 1-marta. Sentyabr oyini o'zida 2-oila ham Kanadaga fransuz tili yordamida PR, ya'ni "doimiy yashash" huquqini olmoqda.
πŸ‡¨πŸ‡¦πŸ₯³πŸŽ‰πŸ˜Ž

Mazkur oila vakili (ayoli) shu yilning aprel oyida fransuz tilidan TCF B2 sertifikatini qo'lga kiritdi. Avvaliga "hujjatlarni o'zim mustaqil qilib ko'rmoqchiman, nima deysiz?" deb taklif qilishdi. Biz aytdikki, "aslida o'zi ham qilsa bo'ladi hujjatni, lekin hujjat yig'ish jarayonida murakkab muammoli vaziyatlarda tajriba o'z so'zini aytadi", deb ogohlantirdik. "Shuncha qilgan mehnatim havoga uchmasin, yoshim ham 35 dan oshgan, bunaqa imkoniyat boshqa bo'lmasligi mumkin" deb oxir-oqibat baribir biz bilan oxirigacha ishlashga qaror qilishdi.

May oyida tanlovda (ITA) tanlanib, iyul oyida barcha hujjatlarni jamoamiz yordamida topshirgan edi. Yakuniy natija esa juda tez, ya'ni 2 oyda chiqdi.

Mazkur keys haqida qisqacha ma'lumot:
To'plagan bali: 489
Asosiy nomzod yoshi: 37
Ta'lim darajasi: Magistratura
Til bilish darajasi: TCF B2, IELTS ham bor
Ish tajribasi: 9 yil
Asli qayerdan: Toshkent
Fransuz tilini "0"dan o'rgangan.
Kanada student vizasidan 1 marta, AQSHdan 2 marta "otkaz" olgan ekan oldin.

Timeline:
Express Entry akkaunt ochilgan: 2-may
Taklif olgan: 28-may
Hujjat topshirgan: 23-iyul
Biometrika: 4-avgust
Yakuniy natija: 17-sentyabr

Hujjatlarni ko'rib chiqish jarayonida IRCC tomonidan turli xil "zapros"lar keladi odatda. Lekin qiziq tarafi bu oila hujjatlarida hech qandayqo'shimcha o'rganishlar bo'lmadi. Bittada ijobiy xulosa berishdi. Hujjatlarni puxta qilish uchun rosa "yugurtirish"ga to'g'ri keldi o'ziyam. πŸ˜† Asabiylashib, charchab ham ketishdi, "hali u kerak hali bu kerak" degan talablarimizga.

Xullas hammasi ijobiy yakun topdi va jamoamiz bilan yana bir O'zbekistonlik oilaning rejasi amalga oshishida hissa qo'shganimizdan xursandmiz. Aynan shu yo'nalishda harakat qilayotganlarga kuch-quvvat bersin va shu usulni boshlasakmikan deb o'ylab yurganlarga esa yana bir hayotiy motivatsion misol. Barchaga omad! Nasib qilsin niyat qilgan boshqalarga ham.

Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman.

Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
πŸ‘‰ @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam uchun:
πŸ‘‰ www.canadali.net

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
πŸ‘‰ https://t.me/CanadAli
🀩60πŸ‘46πŸ”₯30πŸ‘19πŸŽ‰6