U zotning ummati ommaviy halok qilinmasligi
Alloh taolo Nabiyyimiz sollallohu alayhi vasallam ummatini ommaviy halok boʻlib ketmasligi bilan xoslab qoʻydi. Ular qiyomatga qoim boʻlgunicha yer yuzida qoladilar.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Albatta Alloh menga yerni jamlab berdi. Men uning mashriqu magʻriblarini koʻrdim. Yaqinda ummatimning mulki menga jamlab berilgan yerlargacha yetib boradi. Va menga qizil va oq xazinalar berildi. Va men Robbimdan ummatimni ommaviy ocharchilik bilan halok qilib yubormasligini va musulmon jamoatining qonini halol sanaydigan, oʻzlaridan boshqa bir dushman ularga bosh boʻlib qolmasligini soʻradim. Robbim dedi: “Ey Muhammad, agar Men bir hukm qilsam, u rad qilinmaydi. Albatta Men senga va ummatingga ommaviy ocharchilik bilan halok qilmasligimni, musulmon jamoatining qonini halol sanaydigan, oʻzlaridan boshqa bir dushman ularga bosh boʻlib qolmasligini (kafolatini) beraman. Garchi ularga atroflaridagi dushmanlar yigʻilib kelsa ham – yoki atrofidagilar orasidan dushmanlar yigʻilib kelsa, dedi – (musulmonlarning) baʻzilari baʻzilarini halok qilmagunicha va baʻzilari baʻzilarini asir olmagunicha (dushmanlarni hukmron qilmayman)””.
U zotning ummati zalolat ustida jamlanmasligi
Alloh taolo Nabiyyimiz ummatini dinning kattayu kichik ishlarda zalolat ustida jamlanishdan saqlab turishi bilan boshqalardan xoslab qoʻydi. Shu sababli ummatning bir narsaga kelishib ijmoʻ qilishi hujjat sanaldi. Ixtiloflari esa rahmat sanaldi.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Alloh taolo ummatimni – yoki Muhammad ummatini dedilar – zalolat ustida jamlamaydi. Va Allohning qoʻli jamoat bilan birga”.
U zotning ummati qiyomat kuni tahorat asaridan porlab kelishi
Alloh taolo Nabiyyimiz sollallohu alayhi vasallam ummatini boshqa ummatlardan xoslab qoʻygan jihatlaridan yana biri, ular qiyomat kuni tahorat izlaridan peshona va qoʻl-oyoqlari porlagan holda kelishlaridir. Mana shu belgi bilan Nabiy sollallohu alayhi vasallam ummatlarini qiyomat kuni tanib oladilar.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Mening ummatim qiyomat kuni tahoratning asaridan peshona va oyoq-qoʻllaridan oppoq nur taralib turgan hollarida chaqiriladi”.
Yana aytadilarki: “Ummatim havzi kavsar oldida men tomon keladilar. Men boʻlsam xuddi bir kishi boshqaning tuyasini oʻzining tuyasidan qaytarib turganidek, boshqa odamlarni undan (havzi kavsardan) qaytarib turaman.
Ular: “Ey Allohning rosuli, bizni (oʻshanda) taniysizmi?” deyishdi. U zot: “Ha, sizlarda boshqa biror kishida boʻlmaydigan bir siymo (belgi) boʻladi. Sizlar men tomon tahoratning asaridan peshona va oyoq-qoʻllaridan oppoq nur taralib turgan holda kelasizlar”..!
U zotning ummati qiyomatda boshqalarga guvoh boʻlishi
Alloh taolo Nabiyyimiz sollallohu alayhi vasallam ummatini boshqalardan xos tarzda afzal qilgan jihatlaridan yana biri, qiyomatda ular xuddi qozi oldidagi guvoh kabi boʻlishlaridir. Alloh taolo bandalari orasida hukm chiqargan payt, baʻzi ummatlar ularga daʻvat-risolat yetib kelganini inkor qilishadi. Yaʻni, biz bularni bilmagandik, deyishadi. Shunda Alloh Nabiyyimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ummatini keltiradi. Ular barcha insonlarga paygʻambarlari haqni yetkazganiga guvohlik berishadi. Mana shu xususiyat u zot sollallohu alayhi vasallamdan boshqa paygʻambarga berilmagan. Alloh taolo aytadi: “Shuningdek, sizlarni odamlar ustidan guvoh bo`lishingiz va Payg`ambar sizlarning ustingizdan guvoh bo`lishi uchun o`rta millat qildik”. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Bir paygʻambar (qiyomat kuni) ikki kishi bilan birga keladi. Va yana bir paygʻambar uch kishi bilan, bundan koʻproq va bundan kamrogʻi bilan (kelishadi). Unga: “Qavmingga yetkazdingmi?” deyiladi. U: “Ha”, deydi. Shunda qavmi chaqiriladi va ularga: “U sizlarga yetkazdimi?” deyiladi. Ular: “Yoʻq”, deydilar. Unga: “Senga kim (yetkazganingga) guvohlik beradi?” deyiladi. U: “Muhammad va uning ummati”, deydi.Shunda Muhammad ummati chaqirilib: “Bu yetkazdimi?” deyiladi. Ular: “Ha”, deyishadi. “Buni qayerdan bildingiz?” deydi. Ular: “Nabiyyimiz bizga rosullar yetkazganligini xabar qilgan va biz u zotni tasdiqladik”, deyishadi. Alloh taoloning: “Shuningdek, sizlarni odamlar ustidan guvoh bo`lishingiz va Payg`ambar sizlarning ustingizdan guvoh bo`lishi uchun o`rta millat qildik”, degan gapi ham shu sabablidir”.
Sirotdan birinchi boʻlib u zot va ummatlari oʻtadi
Alloh taolo Nabiyyi sollallohu alayhi vasallamni xoslagan afzalliklaridan yana biri, u zot va ummati qiyomat kuni koʻprikdan birinchi boʻlib oʻtishlaridir. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Jahannam uzra sirot-koʻprik qoʻyiladi. Shunda men va ummatim undan birinchi boʻlib oʻtadi”. Sirot bu, doʻzax ustiga oʻrnatilgan koʻprikdir. U soch tolasidanda ingichka, qilichdanda oʻtkir. Qiyomat kuni odamlar uning ustidan oʻtishadi.
Jannatga birinchi u zot va ummatlari kiradi
Alloh azza va jalla Nabiyyimiz sollallohu alayhi vasallamni xoslab qoʻygan afzalliklaridan yana biri, u zot va ummati jannatga eng birinchi boʻlib kirishlaridir.Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Biz (dunyoda) oxirgilarmiz, Qiyomat kuni peshqadamlarmiz. Va biz jannatga eng birinchi kiruvchilarmiz. Biroq ularga bizdan oldin kitob berilgan. Bizga esa ulardan keyin berilgan. Ular ixtilof qilishdi. Ular ixtilof qilib talashib tortishgan narsada esa, Alloh bizlarni haqqa hidoyat qildi. Ushbu kunlari ularga farz qilingan boʻIib, ular u haqda ixtilof qilishdi. Alloh bizni unga hidoyat qildi – juma kuniga, dedi – . Bugun biznikidir. Erta yahudlarniki, indin esa nasorolarniki”.
Buxoriy rivoyatida: “Odamlar esa bunda bizdan keyindalar: ertasiga yahudiylar, indiniga nasorolar", deydilar.
U zotning ummati jannat ahlining aksariyatidir
Alloh azza va jalla Nabiyyimizni boshqalardan xoslab afzal qilganliklariga yana bir misol, jannat ahlining aksariyati u zotning ummatidan ekanligidir. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam bir payt sahobalariga: «Jannat ahlining toʻrtdan biri boʻlishga rozi boʻlarmidingiz?" dedilar. "Ha", deyishdi. U zot: "Jannat ahlining uchdan biri boʻlishga rozi boʻlmaysizlarmi?" dedilar. Ular: "Albatta", deyishdi. U zot: "Muhammadning joni qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, men jannat ahlining yarmi boʻlasizlar, deb umid qilaman", dedilar. Yana aytadilarki: “Jannat ahli bir yuz yigirma safdan iboratdir. Ularning saksontasi mana shu ummatdan boʻladi. Qolgan qirqtasi boshqa ummatlardan”.
Mana shu hadis Muhammad alayhissalom ummati jannatiylarning uchdan ikki (2/3) qismini tashkil qilishiga dalildir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam avvaliga ular jannatiylarning yarmi boʻlishlari haqida aytadilar. Keyin Alloh taolo koʻprogʻini fazl qilib beradi va saflar haqidagi hadisni u zotga bildiradi. Shundan keyin u zot sollallohu alayhi vasallam ummatlariga buni yetkazadilar..!
Momin kishi 5ta narsadan ehtiyot bo'lishi kerak...
- Kofir odamdan
- Munofiq odamdan
- Xasad qiladigon odamdan
- Adashtiradigon shaytondan
- Halokatga boshlaydigon nafsdan..!
- Kofir odamdan
- Munofiq odamdan
- Xasad qiladigon odamdan
- Adashtiradigon shaytondan
- Halokatga boshlaydigon nafsdan..!
1
How beautiful Islam is when you fall again and again, but Allah still waits for you with open arms to come back.
Islom naqadar gozal, sen qayta-qayta xato qilsang ham, Alloh seni qaytishingni kutadi..!
Islom naqadar gozal, sen qayta-qayta xato qilsang ham, Alloh seni qaytishingni kutadi..!
Namoz o'qimagan holatda o'lib qolishdan ehtiyot bo'l.
Allohga qasam, gunohing zino qilishdan ham kattaroq.
Namozni tark etishing ota-onasiga itoatsizlik qilgan kishining gunohidan ham kattaroq.
Ey namoz o'qimaydigan kishi, sening gunohing - sudxo'rlik bilan shug'ullangan odamning gunohidan ham ancha kattaroq.
Sudxo'rlik haqida Qur'onda: ( Agar Alloh qaytargan narsadan tiyilmasangiz, Alloh va Rasuliga qarshi urishga (kirganingizga) aniq ishonaveringlar ) deb aytilgan tasavvur qil.
Bilgin, namoz tark qilgan kishi eng katta jinoyatni qilgan bo'ladi.
Shuning uchun tavba qil, Allohga qayt va bil - seni kechiradigan Robbing bor..!

Payg'ambarimiz Muhammad ﷺ ko'p uxlashlik haqida shunday deganlar...
- Tong uyqisi insonni zaiflikka, dangasalikka, irodasizlikka va xotiraning susayishiga olib keladi.
- Ko'p uyqu insonni oxiratda kambag'al qiladi.
- Ovqatdan keyingi uyqu insonni qo'pol qildi..!
- Tong uyqisi insonni zaiflikka, dangasalikka, irodasizlikka va xotiraning susayishiga olib keladi.
- Ko'p uyqu insonni oxiratda kambag'al qiladi.
- Ovqatdan keyingi uyqu insonni qo'pol qildi..!
Qachonki muammolar girdobida qolganingda va o'ylaysanki endi hech qanday yechim qolmadi degan chog'ingda.
Katta baliqni qornida qolgan Yunus a.s haqida o'ylab ko'r. Baliqni qornida qolishiga qaramay Allohga zikr aytdi va iltijo qildi.
Va Alloh uning duosini qabul qildi, uni zulmat ichidan najot qildi. Demak, sen ham qanchalik og'ir ahvolda bo'lma, Allohdan umidingni uzma. Chunki U Zot dardni ham, shifoni ham O'zi beradi. Shuni bilginki, Yunus a.s ni qutqargan Zot seni ham qutqarishga qodir..!

Hayot – kechagi xatolardan ibrat, bugungi sabr, ertangi umid bilan chiroyli bo'ladi..!
Rasululloh ﷺ dedilar...
Mo'minlarning iymonda eng mukammali – axloqi eng go'zali bo'lgandir.
Sizlarning eng yaxshilaringiz – ayollariga eng yaxshi muomala qiluvchilardir..!
Mo'minlarning iymonda eng mukammali – axloqi eng go'zali bo'lgandir.
Sizlarning eng yaxshilaringiz – ayollariga eng yaxshi muomala qiluvchilardir..!
Namozning 5 foydasi...
- Qalbni poklaydi.
- Ruhga osoyishtalik beradi.
- Hayotga baraka keltiradi.
- Rizqiga baraka tushadi.
- Bandani Robbiga yaqinlashtiradi..!
- Qalbni poklaydi.
- Ruhga osoyishtalik beradi.
- Hayotga baraka keltiradi.
- Rizqiga baraka tushadi.
- Bandani Robbiga yaqinlashtiradi..!
Hakimlar aytadi: To'rt o'rinda viqoringni saqla...
Ilmli kishi bilan bahs yoki savol-javob qilganda hurmat va odob saqlash kerak. Agar kimdir sendan ko'proq bilsa, u bilan tortishish emas, foydalanish maqsad qilinadi. Bu kamtarlik va ilmga hurmat belgisidir.
Yoshi katta, tajribali odamga biror narsa o'rgatish oson emas. Shu paytda ham xudbinlik yoki manmanlikka yo'l qo'ymay, odob bilan so'zlash, izzatini saqlash lozim.
Jismonan yoki mansab jihatidan kuchli odam bilan tortishish o'zingni qiyin holatga qo'yishi mumkin. Bunday paytda ehtiyotkorlik va hikmatli so‘z bilan viqorni asrash talab etiladi.
Nodon bilan bahs qilish odatda uning darajasiga tushib qolishga olib keladi. Shuning uchun ortiqcha tortishmasdan, o'z so'zingni tartib bilan aytsang, viqoring saqlanadi..!
Bilimlidan foydalanish.
Ilmli kishi bilan bahs yoki savol-javob qilganda hurmat va odob saqlash kerak. Agar kimdir sendan ko'proq bilsa, u bilan tortishish emas, foydalanish maqsad qilinadi. Bu kamtarlik va ilmga hurmat belgisidir.
Kattaga hurmat.
Yoshi katta, tajribali odamga biror narsa o'rgatish oson emas. Shu paytda ham xudbinlik yoki manmanlikka yo'l qo'ymay, odob bilan so'zlash, izzatini saqlash lozim.
Kuchliga ehtiyotkorlik.
Jismonan yoki mansab jihatidan kuchli odam bilan tortishish o'zingni qiyin holatga qo'yishi mumkin. Bunday paytda ehtiyotkorlik va hikmatli so‘z bilan viqorni asrash talab etiladi.
Nodon bilan tortishmaslik.
Nodon bilan bahs qilish odatda uning darajasiga tushib qolishga olib keladi. Shuning uchun ortiqcha tortishmasdan, o'z so'zingni tartib bilan aytsang, viqoring saqlanadi..!
1