Buxoro viloyati Ta’lim va ilm-fan boşqarmasi | Rasmiy kanal
25.3K subscribers
60.9K photos
5.19K videos
443 files
21.7K links
Buxoro viloyati Ta’lim va ilm-fan boşqarmasi rasmiy sahifasi
Boşqarma boşliğining fuqarolar murojaatlarini qabul qiliş boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
🟢HUQUQIY-MA’RIFIY BILIMDON” TANLOVINING KOGON TUMAN BOSQIÇI BÖLIB ÖTDI

🔆Kogon tumanida yoşlarning huquqiy bilim va savodxonligini oşiriş, qonun ustuvorligiga hurmat ruhida tarbiyalaş hamda faol fuqarolik pozisiyasini şakllantiriş maqsadida “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi.


➡️Tanlovda iştirokçi jamoalar Konstitutsiya va qonunçilikka oid bilimlari, mantiqiy fikrlaş qobiliyati, huquqiy vaziyatlarni tahlil qiliş hamda öz bilimlarini amaliy jihatdan qöllaş könikmalari bilan bellaşdilar.

🔵Murosasiz va qiziqarli keçgan tanlov yakunlariga köra, faxrli 1-örin Kogon tumanidagi 18-umumta’lim maktabining “Adolat” jamoasiga nasib etdi.

⚡️Bunday intellektual bellaşuvlar yoşlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlaş, qonunlarga hurmat va mas’uliyat tuyğusini oşiriş, şuningdek, jamiyat hayotida faol iştirok etadigan, öz huquq va burçlarini anglagan barkamol avlodni tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅Buxoro viloyati Ta’lim va ilm-fan boşqarmasi sahifalariga a’zo böling👇
✅Telegram | ✅Facebook |
📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2
#viloyat_seminari
🟢VARIATIV TA’LIM — ÖQUVÇILAR IQTIDORINI RÖYOBGA ÇIQARIŞ VA ULARNI KELAJAKKA MAQSADLI YO’NALTIRIŞ IMKONIYATI

🔆Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazida “Öquvçi qobiliyatini yuzaga çiqarişda variativ ta’limning pedagogik imkoniyatlari” mavzusida viloyat amaliy seminari bölib ötdi.

➡️Seminar umumta’lim maktablarida variativ ta’limni samarali taşkil etiş, öquvçilarning individual qobiliyati, qiziqişi va salohiyatini röyobga çiqariş, ularni oliy ta’limga maqsadli tayyorlaşda zamonaviy pedagogik yondaşuvlardan foydalaniş masalalariga bağişlandi.

🔵Amaliy seminar davomida filologiya hamda moliya-iqtisodiyot yönalişlaridagi variativ sinflarda ta’lim sifatini oşiriş, öquvçilarning bilim va kompetensiyalarini rivojlantiriş, ularning kelgusidagi ta’lim va kasbiy yönalişini belgilaşda variativ ta’limning imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi, ilğor tajribalar almaşildi.

📎Tadbirda Buxoro va Kogon şaharlari, Buxoro, Şofirkon hamda Ğijduvon tumanlaridagi umumta’lim maktablarining matematika, ingliz tili, ona tili va adabiyot fanlari öqituvçilari iştirok etdi.

🔹Seminar pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltiriş, variativ ta’limni taşkil etiş böyiça metodik yondaşuvlarni takomillaştiriş hamda har bir öquvçining qobiliyatini aniqlaş va rivojlantirişga xizmat qiladigan samarali tajribalarni ommalaştirişga qaratildi.

⚡️Ta’limning asosiy maqsadi — har bir öquvçining imkoniyatini kaşf etiş, salohiyatini rivojlantiriş va kelajakdagi muvaffaqiyatiga mustahkam poydevor yaratişdir.

✅Buxoro viloyati Ta’lim va ilm-fan boşqarmasi sahifalariga a’zo böling👇
✅Telegram | ✅Facebook |
📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Suyukli nabiram Shavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤1🥰1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Iordaniyaga keldi. Malika Aliya nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali nehmonlarni Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn va Malikasi Raniya al-Abdulla kutib oldilar.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с супругой прибыл в Иорданию с государственным визитом. В международном аэропорту имени Королевы Алии высоких гостей встретили Король Иордании Абдалла II ибн аль-Хусейн и Королева Рания аль-Абдалла.

#Mirziyoyev #tashrif #Iordaniya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz rafiqasi bilan birgalikda Iordaniya poytaxti Ammanga keldi. Oliy martabali mehmonlarni Podshoh Abdulla II ibn al-Husayn va Malika Raniya al-Abdulla kutib oldilar.
—
Президент нашей страны вместе с супругой прибыл в столицу Иордании Амман. Высоких гостей встретили Король Абдалла II ибн аль-Хусейн и Королева Рания аль-Абдалла.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1